Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Baholash tizimi

Oliy ta’limda talabalar o‘zlashtirishini baholash

O‘zbekiston Milliy universitetida talabalar bilimini baholash tizimi xalqaro standartlarga mos holda ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda baholash 5 ballik tizim asosida amalga oshiriladi hamda bu ko‘rsatkich 100 ballik tizimga konvertatsiya qilinadi.

Mazkur baholash tizimi Yevropa kreditlarni transfer qilish va jamg‘arish tizimi (ECTS — European Credit Transfer and Accumulation System) asosida shakllantirilgan bo‘lib, xalqaro oliy ta’lim tizimlari bilan uyg‘unlashuvni ta’minlaydi. Bu esa talabalarimizga akademik mobillik imkonini beradi va ularning baholari xorijiy oliy ta’lim muassasalari tomonidan tan olinishini osonlashtiradi.

Yangi tizimni ishlab chiqish jarayonida Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Koreya kabi davlatlarning baholash tizimlari o‘rganilib, ularning ilg‘or tajribalari inobatga olindi. Shu orqali talabalarimiz bilim darajasi nafaqat milliy, balki xalqaro mezonlar asosida ham adolatli baholanadi.
https://lex.uz/docs/391679


 


5 baholik shkala
100 ballik shkala 5 ballik shkala 100 ballik shkala 5 baholik shkala 100 ballik shkala
5,00 — 4,96 100 4,30 — 4,26 86 3,60 — 3,56 72
4,95 — 4,91 99 4,25 — 4,21 85 3,55 — 3,51 71
4,90 — 4,86 98 4,20 — 4,16 84 3,50 — 3,46 70
4,85 — 4,81 97 4,15 — 4,11 83 3,45 — 3,41 69
4,80 — 4,76 96 4,10 — 4,06 82 3,40 — 3,36 68
4,75 — 4,71 95 4,05 — 4,01 81 3,35 — 3,31 67
4,70 — 4,66 94 4,00 — 3,96 80 3,30 — 3,26 66
4,65 — 4,61 93 3,95 — 3,91 79 3,25 — 3,21 65
4,60 — 4,56 92 3,90 — 3,86 78 3,20 — 3,16 64
4,55 — 4,51 91 3,85 — 3,81 77 3,15 — 3,11 63
4,50 — 4,46 90 3,80 — 3,76 76 3,10 — 3,06 62
4,45 — 4,41 89 3,75 — 3,71 75 3,05 — 3,01 61
4,40 — 4,36 88 3,70 — 3,66 74 3,00 60
4,35 — 4,31 87 3,65 — 3,61 73 3,0 dan kam 60 dan kam

 

 

Oliy ta’limda talabalar o‘zlashtirishini baholash tizimlarini qiyosiy taqqoslash JADVALI

 

Taklif etilayotgan O‘zbekiston tizimi

Rossiya tizimi

(MDU)*

Yevropa kredit transfer tizimi (ECTS — European Credit Transfer System) Amerika tizimi

(A- F)

Britaniya tizimi

(%)

Yaponiya tizimi

(%)

Koreya tizimi

(%)

O‘zbekiston tizimi

(%)

«5» «5» «A» «A+» 70 — 100 80 — 100 90 — 100 90 — 100
«A»
«A-» 65 — 69
«4» «4» «B» «B+» 60 — 64 70 — 79 80 — 89 70 — 89,9
«C» «B» 50 — 59
«B-»
«3» «3» «D» «C+» 45 — 49 60 — 69 70 — 79 60 — 69,9
«E» «C» 40 — 44
«C-»
«D+» 60 — 69
«D»
«D-»
«2» «2» «FX» «F» 0 — 39 0 — 59 0 — 59 0 — 59,9
«F»