Belgiyaning Mons universiteti talabasi Oʻzbekiston Milliy universi
Bugungi kunda xorijiy universitetlaridan talabalarni jalb qilish boʻyicha bir qancha ishlar olib borilmoqda.
Bugun OʻzMUga Belgiyaning Mons universiteti tarjima nazariyasi va amaliyoti yoʻnalishining 3-kurs talabasi Timoty Wattiez bir semetsrga oʻqish uchun tashrif buyurdi. Mazkur universitet bilan uch yildan buyon hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan va bu hamkorlik natijalari oʻlaroq, shu kungacha 7 nafar Mons universiteti talabasi Oʻzbekiston Milliy universitetida tahsil olib ketishdi.
Timoty Wattiez Oʻzbekiston Milliy universitetida tahsil olish jarayonida, bizning talabalar uchun oʻzining universiteti hamda Belgiya davlati madaniyati va urf-odatlari haqida prezintatsiya qilib berishini universitet jamoasiga bildirdi.
Xalqaro aloqalar bo`limi