
Ayni damda Germaniya davlatining Berlin shahrida joylashgan Berlin ozodlik universitetida (Freie Universität Berlin, QS-97) “Xalqaro xodimlarni tayyorlash treyningi” (“Erasmus+ International Staff Training Week, FUB International Staff Week”) bo’lib o’tmoqda.
Ushbu treyningda dunyoning 51 ta mamlakatidan oliy ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan 300 dan ortiq mutaxassislar jamlangan bo’lib, asosiy maqsad bilim almashinuvi, hamkorlik va tarmoq tuzishni rivojlantirishga qaratilgan.
Mazkur tadbirda, O’zMUning Ta’lim infratuzimasini transformatsiya qilish bo’limi boshlig’i Nodir Narziyev ham xorijiy olimlar hamda professor-o’qituvchilar bilan tajriba almashish maqsadida Erasmus+ ICM / KA171 / Erasmus+ Worldwide colleagues-lohiyasining “Empowering Postdoc Support: Innovative Strategies and Global Collaboration” dasturi doirasida ishtirok etmoqda. Nodir Narziyev Markaziy Osiyo davlatlari ichida mazkur loyiha doirasida ishtirok etayotgan yagona nomzod hisoblanadi.
Treyning haftaligi davomida tadbir ishtirokchilariga universitetning markaziy-ma’muriy bo‘limlari mas’ullari tomonidan Xalqaro talabalarning akademik muvaffaqiyati va karyeraga integratsiyasi, Talabalar mobilitetining turli yo‘llari, Hududiy hamkorliklar va xalqaro tarmoqlarni boshqarish, Doktorantlarni qo‘llab-quvvatlash: innovatsion strategiyalar va global hamkorlik hamda boshqa interaktiv yo‘nalishlarda treninglar o’tkazilmoqda.
Shuninkdek, mazkur tadbirda nafaqat ta’lim, balki sport sohasida ham e’tibor qaratilgan bo’lib, 5 km, 7.5 km va 10 km masofalarda yugurish hamda eshkakli qayiqda suzish, pedal boshqaruvi va boshqa xildagi suzish marafonlari ham bo’lib o’tmoqda.
Ta’kidlash joizki ushbu Erasmus dasturi Xalqaro aloqalar bo’limi tomonidan qo’lga kiritilgan. Bu dastur doirasida xalqaro bo’lim xodimlari grant asosida bir qancha davlatlarda o’z bilim va konikmalarini oshirib kelishmoqda.
Xalqaro aloqalar bo’limi