BERLIN SHAHAR PARLAMENTI TADQIQOTLAR JAMG‘ARMASI STIPENDIYASI

Berlin Shahar Parlamenti huzuridagi Tadqiqotlar Jamg‘armasi ittifoqdosh davlatlardan kelgan magistratura va doktorantura bosqichidagi talabalar hamda postdoktorantlar uchun 2026-2027 o‘quv yili uchun stipendiyalar e’lon qiladi.


📌 Dastur haqida:
Ushbu stipendiya Berlin shahridagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish yoki ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish istagida bo‘lgan xorijiy talabalar va olimlar uchun mo‘ljallangan. Barcha sohalar vakillari ariza topshirishlari mumkin.

✔️ Stipendiya miqdori:
Magistratura va doktorantura talabalari uchun: oyiga 1 100 yevro
Postdoktorantlar uchun: oyiga 1 630 yevro

🎯 Umumiy kvota: 15 nafar nomzodga stipendiya ajratiladi.

🗓 Dastur muddati:
Boshlanishi: 2026-yil 1-oktabr
Tugashi: 2027-yil 31-iyul

📅 Ariza topshirish muddati:
2025-yil 15-dekabrgacha

🌐 Batafsil ma’lumot va ariza topshirish:
http://www.parlament-berlin.de/de/Das-Parlament/Studienstiftung