⏺ Bugun, 3-oktyabr kuni O’zbekiston Milliy universitetida Jizzax viloyatida faoliyat yurituvchi «JinTing Automobile Electrics” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
⏺ Qo‘shma korxona – Jizzax viloyatida joylashgan avtomobil elektr komponentlarini ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniya hisoblanadi. Kompaniya jahonning yirik avtosanoat korxonalariga avtomobil jgutlari, akkumulator ichki kabel tizimlari yetkazib beradi hamda elektromobillar va gibrid avtomobillari uchun elektr kabellari ishlab chiqaradi.
⏺ Uchrashuvda universitet bitiruvchi talabalarini kompaniyaga ishga qabul qilish, ularga amaliyot o‘tash va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.
⏺ Ushbu hamkorlik universitet bitiruvchilari uchun yangi ish o‘rinlari, zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarida ishtirok etish hamda xalqaro standartlarga mos tajribaga ega bo‘lish imkoniyatini taqdim etadi.

