
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetida Talabalar festivali doirasida “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari ishtirokida navbatdagi o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Biz bor joyda jinoyat yo‘q – biz bor joylar xavfsiz hudud” shiori ostida tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Milliy universiteti “Qalqon” jamoatchilik guruhi vakillari faol ishtirok etib, o‘z taqdimotlari bilan seminar ishtirokchilarida katta taassurot qoldirishdi. Ular yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, xavfsiz muhit yaratish borasidagi ish tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.






Yakunda Respublika “Qalqon” jamoatchilik guruhi rahbari Anvarmirzo Qudratov o‘quv seminarni yakunlab, barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyatlar tiladi.


Tadbir doirasida O‘zbekiston Milliy universiteti “Qalqon” guruhi a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Vazirining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
O‘zMU Axborot xizmati