Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Biz — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlarimiz!

O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazida davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan «Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!» shiori ostida talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda ilm-fan va sport sohalarida salmoqli yutuqlarga erishib kelayotgan, universitetning iqtidorli talabalari ishtirok etdilar. Uchrashuv «Biz — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlarimiz!» mavzusida davra suhbati tarzida o‘tkazilib, unda yoshlarning Vatanga sadoqati, millat taqdiri va xalq manfaatlari yo‘lida xizmat qilish kabi yuksak qadriyatlar haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, talabalar Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi faoliyati, o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy uslub va uskunalar bilan yaqindan tanishdilar.