
Bugun, 29 aprel kuni, Boku Biznes universitetining Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Gulshan Bayramova, Ijtimoiy ishlar bo‘yicha prorektori Javidan Heydarov hamda Iqtisodiyot fakulteti dekani Shahin Mousaev O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdilar.
Mazkur tashrifdan asosiy maqsad — ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik o‘rnatishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuvda asosan quyidagi masalalar muhokama qilindi:
– akademik o‘qituvchilarni o‘quv jarayoniga jalb qilish;
– talabalarning akademik mobillik jarayonlarini rivojlantirish;
– yozgi va qishki maktablar tashkil etish;
– professor-o‘qituvchilarning hamkorlikda ilmiy maqolalar nashr etishi;
– ilmiy loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlari.
Shuningdek, Iqtisodiyot fakulteti dekani Shahin Mousaev iqtisodiyot fakulteti talabalari amaliyotini Boku universiteti bilan hamkorlikdagi ishlab chiqarish korxonalarida tashkil etish taklifini bildirdi. Bundan tashqari, Erasmus dasturi doirasida ham hamkorlik qilish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Uchrashuv so‘ngida tomonlar yuqoridagi masalalarni memorandumga kiritish va uni imzolash borasida kelishib oldilar.
Xalqaro aloqalar bo’limi