Budur Mehmet Akif Ersoy universiteti

2022-yil 23-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Birlashgan Millatlar tashkiloti Barqaror rivojlanish maqsadlari ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda xotin-qizlarning roli” mavzusida ilmiy amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur ilmiy-amaliy konferensiyada respublikada faoliyat yuritayotgan yirik olima ayollar bilan bir qatorda, xorijlik olima ayollar, jumladan, Turkiyaning Mehmet Akif Ersoy universiteti professori Dilek Erduran Avji, Marmara universiteti ijtimoiy fakultet dekani Sebaxat Deniz, Isroil Xolon texnologiya institutining xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Toni Levi, Immanuil Kant nomidagi Baltika federal universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori O.Kim,  Rossiya Federatsiyasi Qozon federal universiteti hududiy rivojlanish va boshqaruv instituti direktori, professor N.Bagautdinova, M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti rektori, professor D.Kojamjarova, “Ozarbayjon-O‘zbekiston” do‘stlik jamiyati ijrochi direktori, Boku davlat universiteti professori Z.Kadyrova, Strasburg universiteti tadqiqotchisi Klotild Brogniart hamda Meksika avtonom milliy universiteti professori Virna Velazkez Vilchis o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqdalar.