Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Bugun, 17-oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetiga Italiyanning Ca’Foscari Venetsiya universiteti prorektori Antonio Marcomini tashrif buyurdi.

🔴Xabaringiz bor, O‘zbekiston-Italiya forumida O‘zbekiston Milliy universiteti Italiyaning bir qancha universitetlari bilan hamkorlik o‘rnatgan edi.

🔴Navbatdagi hamkorliklardan biri Ca’Foscari universiteti bilan hamkorlikda kimyo va iqtisodiyot yo‘nalishida ikkiyoqlama diplom magistratura dasturini yo‘lga qo‘yishdan iborat.

🔴Uchrashuvda asosan dasturni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha shartnoma namunasi hamda iqtisodiyot va kimyo yo‘nalishida o‘quv dasturlarini ko‘rib chiqish uchun ishchi guruh tuzish masalalari muhokama qilindi.

🔴Uchrashuv so‘ngida Ca’Foscari universiteti prorektori Antonio Marcomini hamkorlik memorandumi va boshqa hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun xalqaro aloqalar prorektori Raima Shirinovaga taqdim etdi hamda onlayn uchrashuv tashkil qilib, keyingi qadamlarni belgilab olishga kelishildi.