Bugun, 23 oktyabr kuni Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor va Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti dekani Akrom Umarovlar Hanseo universiteti vakillari bilan magistratura mutaxassisligida qo‘shma dastur yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilishdi.

🔴 Professor Jun San mazkur ixtisoslikning o‘quv rejalari, kreditlar hamda fanlarning o‘qitilish talablari haqida to‘liq ma’lumot berdi.

🔴 Tomonlar mazkur yo‘nalishda ishlash uchun ishchi guruh tashkil qilish hamda me’yoriy hujjatlar ustida batafsil ishlashga kelishib oldilar.