🔴Mazkur universitet vakillari joriy yilda O‘zMU bilan hamkorlik qilish taklifi bilan tashrif buyurishgan edi. Bugungi uchrashuvda ikki oliygoh o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
🔴Unga asosan Xorijiy filologiya fakultetining ingliz tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar amaliyoti, yozgi maktab tashkil etish va kelgusida ikki tomonlama diplom dasturlari ustida ishlash kabi hamkorliklarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
🔴Uchrashuvdan so‘ng esa, bugungi kunda mazkur universitetda ikki tomonlama diplom magistratura mutaxassisligida tahsil olayotgan o‘zbek talaba yoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur xalqaro qo‘shma diplom dasturi Samarqand davlat chet tillar instituti bilan yo‘lga qo‘yilgan.




