
Har yili 25 noyabrda jahon hamjamiyati ayollar va qizlarni har qanday turdagi zo‘ravonlikdan himoya qilish muhimligini eslatadi. Bu sana xavfsizlik, qadr-qimmat va teng huquqlar jamiyat taraqqiyotining asosiy sharti ekanini ko‘rsatadi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi har uchinchi ayol umrida kamida bir marta zo‘ravonlikka duch kelgan. Ko‘plab holatlar qo‘rquv, iqtisodiy bog‘liqlik va stereotiplar sabab yashirin qoladi. Bu yo‘nalishda kurash davlat, jamiyat, oila va har bir insonning birgalikdagi harakatlarini talab qiladi.
Shu munosabat bilan, Ijtimoiy fanlar fakulteti “Ijtimoiy ish” kafedrasi tomonidan mazkur mavzu doirasida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda ayollarning huquqiy himoyasi, zo‘ravonlikning oldini olish, jabr ko‘rganlarga yordam ko‘rsatish mexanizmlari ва jamiyatning mas’uliyati haqida axborot berildi.
Zo‘ravonlik — yo‘q!
Ayollar xavfsizligi — barqaror kelajak garovi.