Amaliy ingliz tili va adabiyotshunoslik kafedrasi 2021 yil 6 sentabrda ingliz filologiyasi kesimida tashkil qilindi. Hozirgi vaqtda kafedrada asosiy shtatda 20 ta o‘qituvchi bo‘lib, 3 nafar PhD, 2 nafar katta o‘qituvchi, 4 nafar stajyor-o‘qituvchi, 9 nafar o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda.
O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti “Amaliy ingliz tili va adabiyotshunoslig” kafedrasida zamonaviy o‘qitish usullari, yangi pedagogik va axborot-innovatsion texnologiyalar, soha fanlariga oid videokurs, elektron qo‘llanma, slayd-taqdimot, multimediali ta’lim resurslardan foydalanib, bakalavrlar uchun ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlari olib borilmoqda.
Kafedrada quyidagi fanlar bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni olib boradi:
Bakalavriatda – “O‘qish va yozma nutq ko‘nikmalari”, “Og`zaki nutq ko`nikmalari”, “Tinglab tushunish kompetensiyasi”, “O`ranilayotgan amaliy til aspektlari”, “Kommunikativ grammatika”, “Mustaqil ta`lim ko`nikmalari”, “Madaniyatlararo muloqot”, “O‘rganilayotgan til nazariy aspektlari”, “Tilshunoslikka kirish”, “O‘zbekiston o‘lkashunosligi”, “Mamlakatshunoslik”, , “Ommaviy axborot vositalari tili”, “Leksikologiya”, “Umumiy tilshunoslik”, “Adabiyotshunoslik va jahon adabiyoti”.
Ushbu fanlardan barcha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni kerakli tarzda jihozlangan auditoriyalarda multimediya ta’lim resurslaridan keng va unumli foydalangan holda elektron taqdimotlar, vaziyat taqozo qilganda esa online yoki offline shaklida olib borilmoqda.
Kafedra mudiri Bolibekova Mavjuda Mardievna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b.
Bolibekova Mavjuda Mardievna 1970-yil 30-avgustda Samarqand viloyatining Qo‘shrobot tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek.
1992-yil F.Engels nomidagi Toshkent davlat chet tillar pedagogika institutini ingliz tili ixtisosligi bo`yicha tamomlagan.
Umumiy ish staji: 31 yil, ilmiy pedagogik ish staji – 31 yil, bo‘lib, 1999 yildan O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakultetida faoliyat ko‘rsatmoqda:
- 1987-1992 yy. – Toshkent davlat chet tillar instituti, ingliz tili fakulteti talabasi;
- 1990-1993 yy. – Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumani, 49- o‘rta maktab ingliz tili o‘qituvchisi;
- 1993-1999 yy. – Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumani 34- o‘rta maktab ingliz tili o‘qituvchisi;
- 1999-2005 yy. – O‘zbekiston Milliy universiteti, ijtimoiy – siyosiy va falsafa fakultetlari uchun chet tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi;
- 2005-2008 yy. – O‘zbekiston Milliy universiteti, fakultetlararo ijtimoiy-siyosiy fanlar, biznes va huquqshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha chet tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi;
- 2008-2010 yy. – O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti ijtimoiy-siyosiy fanlar, biznes va huquqshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha chet tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi;
- 2010-2013 yy. – O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlari bo‘yicha chet tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi;
- 2014-2016 yy. – O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlari bo‘yicha chet tillari kafedrasi mudiri lavozimini bajaruvchi;
- 2016-2020 yy. – O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti ingliz tili kafedrasi katta o‘qituvchisi;
- 2020-2021 yy. – O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti ingliz filologiyasi kafedrasi PhD, dotsent v.b.;
- 2021y.- x.v. – O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Amaliy ingliz tili va adabiyotshunoslik kafedrasi mudiri v.b. PhD, dotsent v.b.
2019-yilda filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olgan. Dissertatsiyani 2019-yil O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc. 26.04.2018.Fil.01.10 raqamli Ilmiy kengashda “Kesim va gapning o‘zbek va ingliz tillaridagi lingvistik talqini” mavzusida 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha himoya qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasi tomonidan 31.05.2019 yildagi 265/1 qaroriga ko‘ra filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasi berilgan (diplom 01 № 001589).