Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Kafedra mudiri

MATYAKUBOV ALISHER SAMANDAROVICH
MATYAKUBOV ALISHER SAMANDAROVICH

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi:

Fan doktori, DSc

Ilmiy unvoni:

Dotsent

Qabul kunlari:

Dushanba-Juma, 09:00 – 17:00

Manzil:

Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

Kafedra tarixi

      Mazkur kafedra prof. M.Aripov tashabbusi bilan 1978 yilda “EHM va dasturlash” nomli kafedra sifatida tashkil topgan bo‘lib, keyinchalik “Informatika va tatbiqiy dasturlash” (1995-2016-yillar) va hozirda universitet Kengashining 2016-yil 25-maydagi qaroriga muvofiq – “Amaliy matematika va kompyuter tahlili”  nomi bilan faoliyat olib bormoqda. Hozirgi kunda kafedrada asosiy shtatda 3 ta fan doktori, 8 ta fan nomzodi va bir qator yosh o‘qituvchilar ishlamoqda.
Kafedrada chiziqsiz muhitda jarayonlarning tadqiqoti (sonli, avtomodel), axborot tizimlari, axborotlarni himoya qilish, nokorrekt masalalar, informatika o‘qitish metodikasi va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha izlanishlar olib boriladi. Kafedra qoshida “Matematik modellashtirish va axborot texnologiyalarining zamonaviy muammolari” mavzusida ilmiy seminar va talabalar uchun to‘garaklar muntazam ishlab turibdi.
Kafedrada 40 dan ortiq darslik va o‘quv qo’llanmalar, 100 dan ortiq boshqa o’quv adabiyotlari nashr qilingan.
Kafedrada ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga ham katta e’tibor berilmoqda. Kafedra a’zolari rahbarligida 40 dan ortiq tadqiqotchilar nomzodlik (PhD) dissertasiyalarini hamda 10 dan ortiq doktorlik (DSc) dissertasiyalarini himoya qilishgan.


Kafedra tarkibi

Abduraximov Baxtiyor Fayziyevich

Professor

Batafsil

Aripov Mersaid Xxx

Professor

Batafsil

Muhammadiyev Jabbor O’roqovich (Fizika-Matematika Fanlari Nomzodi, Professor)

Professor

Batafsil
PAROVIK ROMAN IVANOVICH

Parovik Roman Ivanovich

Professor

Batafsil

Raxmonov Zafar Ravshanovich

Professor

Batafsil

Xodiyev Shuxrat Ilxamovich

Dotsent

Batafsil

Kabiljanova Firuza Azimovna

Dotsent

Batafsil
XAYDAROV ABDUGAPPAR XXX

Xaydarov Abdugappar Xxx

Dotsent

Batafsil

Mamatkulova Muyassar Shavkatovna

Dotsent

Batafsil
XAYDAROV ABROR XXX

Xaydarov Abror Xxx

Dotsent

Batafsil

Saymanov Islambek Mi‘rzabaevich

Dotsent

Batafsil
NORMATOV IBROXIMALI XOLMAMATOVICH

Normatov Ibroximali Xolmamatovich

Dotsent

Batafsil

Xajiyev Ikrombek Ozodovich

Dotsent

Batafsil

Muxammadiyev Feruz Gafurjonovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Allaberdiyev Bobur Baxtiyorovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Xudayberganov Yashin Kamilovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Tulaganov Zakir Shakirovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Nazirova Dilorom Xusnutdinovna

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Xojiyev Toji Koyirovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Axmedova Kunduz Samatovna

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Tillayev Azamat Ibragimovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil
BOBOQANDOV MAXMUD MAMARAXIM O‘G‘LI

Boboqandov Maxmud Mamaraxim o‘g‘li

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Nigmanova Dilobar Baxramovna

Katta o‘qituvchi

Batafsil
RAJABOV JALOLIDDIN SHAMSUDDIN O‘G‘LI

Rajabov Jaloliddin Shamsuddin o‘g‘li

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Navruzov Erkin Ravshanovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Muxammadiyev Ravshan Abdivali o‘g‘li

Katta o‘qituvchi

Batafsil
BOZOROV OBIDJON NORQOBILOVICH

Bozorov Obidjon Norqobilovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil
MAMATOV ABRORJON UYG‘UN O‘G‘LI

Mamatov Abrorjon Uyg‘un o‘g‘li

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Ro‘zimatov Jahongir Adham o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil

Kurbanov Farrux Uktamovich

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil

Murodillayev Islombek O‘tkir o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
UBAYDULLAYEVA GULNORA OLTINBEK QIZI

Ubaydullayeva Gulnora Oltinbek qizi

Assistent

Batafsil

Abdujabbarov Zafar Abdusattarovich

Assistent

Batafsil
SHOBDAROV ELBEK BEKKADIR ULI

Shobdarov Elbek Bekkadir Uli

Assistent

Batafsil

Ilmiy faoliyat

Kafedra a’zolari tomonidan xo‘jalik shartnomalari asosida bir qancha shartnomalar bajarilgan va ilmiy izlanishlar natijalari hayotga tatbiq etilgan. Masalan, TashTransGaz, Astronomiya instituti, Elektronika instituti, MDU,  Sankt-Peterburgdagi FOTON IChB,  ASU “Malika”, ASU “Tashgramplastinka” va boshqalar.

2003 yildan 2005 yilgacha – «WEB-mijoz-server texnologiyalariga asoslangan ta’lim gipertizimi» (rahbar M.Aripov);

2003 – 2007 yy. – «Multimedia texnologiyalaridan foydalangan holda diffuziya jarayonlarini kompyuter simulyatsiyasi» (rahbar prof. M.Aripov);

2003 – 2007 yy. – «Yuqori tartibli differensial-operator tenglamalari uchun nokorrekt qo’yilgan chegaraviy masalalar» (rahbar prof. Q.S.Fayazov);

2005 – 2008 yy. – Tempus JEP 25-221-2004COCUZ xalqaro granti – “O‘zbekiston universitetlarida kimyoga yo‘naltirilgan kompyuter ilmi asosida magistrlar tayorlash” – Vena instituti, Myunxen Texnika universiteti, DANUBE va Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan hamkorlikda (rahbar prof. M.Aripov);

2004 – 2006 yy. – “Diffuziya-reaksiya tipidagi masalalarni kompyuterda modellashtirish” (yoshlar granti, rahbar A.S.Matyakubov);

2007 – 2011 yy.– «Kompyuterda modellashtirish, reaksiya-diffuziya va Kleyn-Gordon kabi tenglamalar va tizimlar tomonidan tasvirlangan chiziqli bo’lmagan jarayonlarni vizualizatsiya qilish, differensial tenglamalar uchun nokorrekt va teskari masalalar» (rahbar – prof. M.Aripov) Rossiya-O‘zbekiston granti;

2009 – 2012 yy. – 158918-TEMPUS-12009-1-AT-TEMPUS-JPCR CANDI: “Elektron ta’lim va qayta tayyorlash uchun ta’lim kompetensiyalari va infratuzilmasi” xalqaro grant (rahbar prof. Aripov M.M.);

Hamkorlar – Angliya ochiq universiteti, Vena universiteti, Vena texnika universiteti, Myunxen texnika universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya  instituti, Urganch davlat universiteti, Qozog‘iston milliy universiteti, xalqaro Qozoq-Turk universiteti.

2012-2013 yy. –“Kоlmоgоrоv-Fishеr tipidаgi biоlоgik pоpulyatsiya sistеmаlаrini sоnli mоdеllаshtirish”. (rahbar dots. Sh.A.Sadullaeva) yoshlar granti;

2013 – 2015 yy. – UZWATER, Tempus granti (rahbar prof. Aripov M.M.);

2015-2017 yy.  А-5-44 “Kolmogorov-Fisher tipidagi nochiziqli biologik populyatsiya sistemalarini sonli modellashtirish” (rahbar prof. Aripov M.M.);

2014-2017 yy. F-4-30 “Operator tip koeffisientli differensial-operator tenglamalar uchun ichki va chegaraviy masalalar” (rahbar prof. K.Fayazov);

2015-2016 yy. I-2015-4-9 “E-HOSPITAL” Korporativ tibbiy axborot tizimi”. (rahbar prof. Aripov M.M.);

2015-2016 yy. I-2015-4-10/1 Oliy ta’lim muassasalari reytingini hisoblash axborot tizimini yaratish. (Rahbar: Matyakubov A.S.);

2017-2020 yy. Ikki marta nochiziqli kross-sistemaning manba, konvektiv ko‘chish, o‘zgaruvchan zichlik, manba yoki yutish ta’siridagi sifat xossalarini tadqiq qilish. (Rahbar: prof. Aripov M.).

2022-2024 yy. Jahon banki va Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan MUNIS loyihasi doirasida moliyalashtiriladigan Oʻzbekiston Milliy universiteti Amaliy matematika va kompyuter taxlili kafedrasi qoshida bajarilayotgan “REP-25112021/113, UzUDT: Oʻzbek tilida tabiiy tilni qayta ishlash uchun universal bogʻliqlik daraxti korpusi va uning semantik tahlili” (Rahbar: prof. Aripov M.).

2024-2026 yy. “AL-9224104601 raqamli “Nochiziqli, divergent va nodivergent koʻrinishdagi parabolik tenglama va sistemalar bilan tasvirlanuvchi jarayonlarni matematik modellashtirish ” (rahbar prof. Aripov M.M.);

2025-2027 yy. “Development and Application of Traditional Chinese Medicine Intelligent Platform for Four-Component Diagnosis and Differentiation of Syndromes Based on the Theory of Six Meridians” (rahbar prof. Aripov M.M.);

2025-2027 yy. “Kriptografik fani bo’yicha elektron o’quv qo’lanma yaratish” (rahbar prof. Aripov M.M.);

2025-2027 yy. “New Higher Education Model to Face the Generative AI Transformation Challenges for Education and Research Sectors in Uzbekistan” (rahbar prof. Aripov M.M.).

Xalqaro hamkorlik

     Kafedra professor-o‘qituvchilari xorijiy nufuzli ilmiy markazlar bilan ilmiy aloqalar qilish bilan bir qatorda, AQSh, Germaniya, Angliya va Yaponiya kabi juda ko‘p xorijiy mamlakatlarda malaka oshirish masalalariga ham e’tibor berib bormoqda. Bu borada Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Mets (Fransiya), Medison (AQSh), Belfast, London (Angliya) kabi xorij mamlakatlari bilan ham yaxshi aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.
     Kafedrada ilmiy izlanishlar bo‘yicha Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Mets (Fransiya), Medison (AQSh), Belfast, London (Angliya), Gettingen (GFR), Fukuoka (Yaponiya), Kuala-Lumpur (Malayziya), Firat (Turkiya), Piteshti (Ruminiya), Syurix (Shveysariya), Vena(Avstriya), Myunxen (GFR) va boshqa bir qancha shaharlardagi ilmiy markazlar bilan ilmiy aloqalar o‘rnatilgan. Prof. M.Aripov Piteshti (Ruminiya), Mes, Fransiya, Uxan (XXR), Medison (AQSh), Firat (Turkiya), Olmoniya, Putra (Malayziya), Syurix (Shveysariya) universitetlarida ilmiy ma’ruzalar qilgan. Matematiklarning butunjahon kongressida (Berlin) ilmiy ma’ruzalar bilan chiqqan va majlislarida raislik qilgan. U Amerika Qo‘shma Shtatlari va Yevropadagi “Matematika” hamda Germaniyadagi “Amaliy matematika va mexanika” jamiyatlarining a’zosidir. U “Who is Who” hamda “2000 butun dunyo intelektuallari” ro‘yxatiga kiritilgan.
       Kafedra faoliyati davrida prof. M.Aripov boshchiligida 10 ta xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlar (OS, EHMning o‘quv jarayonida qo‘llanilishi, Bosh konstruktorlar majlisi, Amaliy matematika va informatsion texnologiyalarning dolzarb muammolari – Al-Xorazmiy 2009, 2012, 2014, 2016, 2019, 2021,2023,2024) o‘tkazilgan.
Kafedra tomonidan 2024 yil 22-23 oktabr kunlari “Amaliy matematika va axborot texnologiyalarning dolzarb muammolari – Al-Xorazmiy 2024” nomli xalqaro ilmiy konferensiya yuqori darajada tashkilashtirilib o’tkazildi. Konferensiyada Saudiya Arabistoni, Misr, Rossiya, AQSh, Qozog‘iston, respublikadagi oliy o‘quv yurtlari va qator ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari, jumladan yosh olimlar, magistrant va talabalar ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar, ilmiy munozaralarda faol ishtirok etdilar. Jumladan, konferensiya ishida ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrlar va talabalari hamda ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari va doktorantlaridan 234 ta (jumladan 57 ta yosh olimlar va tadqiqotchilar hamda 31 ta magistr), Qozog‘iston Respublikasidan 4 ta, Rossiya Federatsiyasidan 4 ta, Saudiya Arabistonidan 2 ta, Misrdan 3 ta, AQShdan olimlar ishtirok etishdi.