Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Kafedra mudiri

BABABEKOV AKBAR DAVURBAYEVICH
BABABEKOV AKBAR DAVURBAYEVICH

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi:

Darajasiz

Ilmiy unvoni:

Unvonsiz

Qabul kunlari:

Manzil:

Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

Kafedra tarixi

Dastlab, prof. I.M. Jabborovning sa’i-harakatlari bilan 1983 yili, qadimgi dunyo va o‘rta asrlar tarixi kafedrasi nomiga, Oliy ta’lim vazirligi ruxsati bilan etnografiya atamasi qo‘shildi. Kafedrada elshunos olimlardan I.M.Jabborov, G.B.Nikolskayalar faoliyat ko‘rsatganlar, o‘qituvchi T.O‘.Salimovga etnografiyadan nomzodlik dissertatsiyasi mavzusi berilib,  u 1986 yilda yoqlaydi.  Tarix fakulteti kafedralari soni  14 taga yetgan  80-yillar oxirida  “Etnografiya”  alohida faoliyat olib borib, so‘ng arxeologiya kafedrasiga qo‘shiladi.
    Tarix fakulteti o‘quv fanlari va rejalari “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qabul qilinishi, ayniqsa O‘zbekiston respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 1998 yilning 26 iyunda   bir guruh tarixchi olimlar, jurnalistlar bilan uchrashuvlarida  o‘zbeklar etnik tarixini chuqur o‘rganish va targ‘ib qilish haqidagi fikrlaridan kelib chiqib, “O‘zbeklar etnologiyasi”, “O‘zbeklarning etnogenezi va etnik tarixi”, “Etnologiya asoslari” fanlarini bakalavrlar o‘quv rejalariga kiritdik va bu ishlar 1999 yildan “Etnologiya” kafedrasini tiklash imkonini berdi. Ammo, 2010 yildan  2020 yilga qadar fakultetning arxeologiya kafedrasi bilan qo‘shilishi natijasida etnologiya fanlariga e’tibor kamayib, yo‘qolib ketish darajasiga kelib qoldi.
    Nihoyat, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 5 fevraldagi 14-07/1-3796-sonli topshirig‘iga binoan “Millatlararo munosabatlar sohasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan majorali va ixtiloflarning barvaqt oldini olish va ularni profilaktikasi holati monitoringini tizimli tashkil etish bo‘yicha 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan amaliy chora-tadbirlar rejasi”ning 8-bandiga muvofiq 2020 yil  30-avgustda O‘zbekiston Milliy universiteti Kengashining 1-sonli majlisi qaroriga ko‘ra kafedra “Antropologiya va etnologiya” nomi bilan yangidan tashkil etildi.
    Kafedraning umumiy loyiha mavzusi: “O‘zbekiston raqamli “I-ETNOATLAS” etnografik atlasini yaratish” deya nomlanib, mazkur mavzu  millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni mustahkamlash, millatlararo totuvlikni ta’minlashga doir tahliliy ma’lumotlar, takliflar va tavsiyalartayyorlashda, “yo‘l xaritalari” ishlab chiqishda, yurtimizda yashayotgan etnik guruhlar va diasporalar tarixi, madaniyati, etnik nizolar va ularning oldini olish, nizolarni bataraf qilishga oid ilmiy va ilmiy-ommabop nashrlar tayyorlashda hamda “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” mavzusida loyihalar, tadbirlar va festivallar o‘tkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
    “Antropologiya va etnologiya” kafedrasi O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti  “Etnologiya va antropologiya” markazi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, O‘zMU qoshidashi “Amaliy etnologiya” laboratoriyasi bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib bomoqda. Kafedra a’zolari qator darsliklar, ilmiy monografiyalar ustida ish olib bormoqdalar.  Jumladan, kafedra professori bo‘lgan T.U.Salimov tomonidan,  “Etnografik tadqiqotlar o‘tkazish usullari”. Toshkent, ToshDU, 1993, “Drevniy Zaamin” (kollektivnaya monografiya). Tashkent, Fan. 1994, “Avstraliya va Okeaniya xalqlari”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, O‘zMU resurs markazi, 2003. -40 b., Vsemirnaya istoriya (7-klass).Uchebnik. Tashkent, 2004. 18 p.l., Jahon tarixi. 7-sinf. umumta’lim maktablari uchun darslik. Toshkent, 2009. 10 b.t., Jahon tarixi. 7-sinf. umumta’lim maktablari uchun darslik. Toshkent, 2013. 10 b.t., Jahon tarixi. Yevropa mamlakatlari  V-XV asrlarda. Darslik. Toshkent, “Universitet” nashriyoti.  2014. 25 b.t., Jahon  tarixi (umumta’lim maktablari 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik). Toshkent, “O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2017. 10 b.t., Vsemirnaya istoriya (7-klass). Toshkent, “O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2017. 10 p.l., Qadimgi Zomin (Tarix, arxeologiya, numuzmatika, etnografiya) jamoaviy monografiya. “Muharrir” nashriyoti, -Toshkent, 2018. 0,8 b.t., Nurota va nurotaliklar (monografiya). “Universitet”, Toshkent, 2019. 10 b.t., Jahon xalqlari etnologiyasi.  O‘quv qo‘llanma. Toshkent, “Fan” nashriyoti,  2019. 10 b.t.,

Kafedra tarkibi

UBAYDULLAYEVA BARNO MASHRABJONOVNA

Ubaydullayeva Barno Mashrabjonovna

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
ABDUSATOROV SHERZOD MAVLONJON O‘G‘LI

Abdusatorov Sherzod Mavlonjon o‘g‘li

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
ANARKULOV SAYFIDDIN MUXITDINOVICH

Anarkulov Sayfiddin Muxitdinovich

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
ABDURAXMONOVA KAMOLAXON RAVSHANJON QIZI

Abduraxmonova Kamolaxon Ravshanjon qizi

Stajer-o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
ULUG‘BEKOV OYBEK OTABEK O‘G‘LI

Ulug‘bekov Oybek Otabek o‘g‘li

Assistent(1,00 stavka)

Batafsil
ABDULLAYEVA MUSHTARIY MOXMUD QIZI

Abdullayeva Mushtariy Moxmud qizi

Assistent(1,00 stavka)

Batafsil
BABARAXIMOV TURON G‘ULOMNAZAR O‘G‘LI

Babaraximov Turon G‘ulomnazar o‘g‘li

Assistent(1,00 stavka)

Batafsil
ABDUZOHIROV RAVSHAN HAMDAMOVICH

Abduzohirov Ravshan Hamdamovich

Assistent(1,00 stavka)

Batafsil

Ilmiy faoliyat

   Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh Ilmiy darajasi, unvoni   Dissertatsiya ishi mavzusi
1 Bababekov Akbar Dovurbaevich T.f.f.d. PhD, Katta o‘qituvchi “XX asrda O‘zbekistonning tog‘li tumanlarida etnoiqtisodiy jarayonlar” (Sangzor-Zomin mintaqasi misolida)
2 Ubaydullaeva Barno Mashrabjonovna T.f.d., dotsent “O‘zbeklarning bola tarbiyasiga doir an’analari va innovatsiyalar” (XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asrning boshlari)
3 Ashirov Adham Azimbaevich T.f.d., professor “O‘zbek xalqi an’anaviy tumush tarzi qadimiy diniy e’tiqodlar” (Farg‘ona vodiysi materiallari asosida.
4 Narziev Nabijon Narzullaevich Katta o‘qituvchi “O‘zbeklarning  an’anaviy muloqot madaniyati” (tarixiy-etnologik tadqiqot)
5 Abduzohirov Ravshan Hamdamovich O‘qituvchi “Globallashuv davrida migratsion jarayonlar (Qashqadaryo viloyati misolida)”
6 Babaraximov Turon G‘ulomnazarovich O‘qituvchi “Zamonaviy o‘zbek madaniyatining vizual antropologik qiyofasi (Toshkent shahri misolida)”
7 Anorqulov Sayfiddin Muxitdinovich T.f.f.d. PhD., O‘qituvchi “Toshkent vohasi sanoat shaharlarida ijtimoiy madaniy jarayonlar”

Xalqaro hamkorlik

Mahalliy va xorijiy hamkorlar :

  • Kafedra O‘zRFA Tarix instituti.
  • Janubiy Korea Xankuk universiteti.
  • Yaponiyaning Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar instituti.
  • Yaponiyaning Chubu.
  • AQShdagi Kaliforniya universitetlari bilan o‘zaro hamkorliklar o‘rnatgan.