Kafedra mudiri

RO‘ZIBOYEV XAYDARALI SOBIRJONOVICH
RO‘ZIBOYEV XAYDARALI SOBIRJONOVICH

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi:

Fan nomzodi, PhD

Ilmiy unvoni:

Datesent

Qabul kunlari:

Manzil:

Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

Kafedra tarixi

1962 yilda taniqli olim Yolqin Xolmatovich To‘raqulov tomonidan Biokimyo va biofizika kafedrasining tashkil qilinishi mamlakatimizda biofizika fani rivojlanishiga qo‘yilgan ilk qadam edi. 1962 yilda Bekjon Oybekovich Toshmuxamedov ToshDU biofizika kafedrasiga kichik ilmiy xodim, keyinchalik  1963 yilda shu kafedrada dotsent lavozimiga tayinlandi. O‘zbekistonda Biofizika maktabining yaratilishi bevosita uning nomi bilan bog‘liq. 1979 yilda Biokimyo va biofizika kafedrasi ikkita mustaqil: Biokimyo hamda Biofizika va atrof muhitni muhofaza qilish kafedralariga bo‘lindi. 1988 yilda biofizika kafedrasining biotexnologiya guruhi asosida alohida Biotexnologiya va hujayra biologiyasi kafedrasi tashkil etildi va unga professor M.M. Raximov rahbarlik qildi. Keyinchalik biofizika va atrof  muhitni muhofaza qilish kafedrasi  biofizika kafedrasi deb qayta nomlandi.
    Kafedra tashkil etilgan vaqtdan 1986 yilgacha uni professor, keyinchalik esa O‘zR FAning akademigi B.O. Toshmuxamedov boshqardi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, B.O. Toshmuxamedov ensiklopedik bilimlarga ega, prinsipial va iqtidorli tadqiqotchi olimdir. Ular bilimdon tashkilotchi va ilmni ommalashtiruvchi serharakat fan arbobi bo‘lib, ulaning ilmiy faoliyatlarini yetishib chiqqan shogirdlari davom ettirdilar. 1985-2001 yillarda kafedrani B.O. Toshmuhamedovning shogirdi, bioenergetika va ion transporti sohasining taniqli mutaxassisi b.f.d., professor A.I. Gagelgans boshqardi. 2001-2005 yillarda biofizika kafedrasini b.f.d., professor M.V. Zamaraeva, 2005-2008 yillarda b.f.d. professor R.Z.Sabirov, 2008-2013 yillarda b.f.n., dotsent v.b. Yu.V. Leviskaya, 2013-2018 yillarda b.f.n., dotsent G.G‘. Radjabova, 2018-2019 yilda professor U.Z.Mirxodjaev boshqardilar. 2020 yil dekabrdan boshlab Biofizika kafedrasiga b.f.f.d. (PhD) X.S.Ro‘ziboev boshchilik qilmoqda.
    Biofizika kafedrasida 20 dan ortiq fan doktorlari:  Z.U. Bekmuxametova, A.K. Qosimov, A.I. Gagelgans, P.B. Usmonov, N.M. Mirsalixova, M.X. Gaynutdinov, M.U.To‘ychiboev, R.N.Axmerov, O.V.Krasilnikov, U.Z. Mirxodjaev,  R.Z. Sabirov, D. Kalikulov, E.M. Maxmudova, I.G. Axmedjanov, B.U. Otaqo‘ziev, M.I. Asrorov, Z.Z. Gizzatulina va boshqalar, shuningdek, 50 ga yaqin fan nomzodlari yetishib chiqdi.
    Bir qator xorijiy davlatlarning ilmiy markazlarida faoliyat yuritayotgan kafedraning turli yillardagi bitiruvchilari bilan hamkorlik, o‘zaro ilmiy aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.
    Kafedraning ilmiy yo‘nalishi “Membranafaol birikmalar ta’sirining ion mexanizmlarini o‘rganish” deb nomlangan bo‘lib,   shu mavzu asosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Kafedra tarkibi

MIRXODJAYEV ULUGBEK ZAKIROVICH

Mirxodjayev Ulugbek Zakirovich

Professor(1,00 stavka)

Batafsil
POZILOV MA’MURJON KOMILJONOVICH

Pozilov Ma’murjon Komiljonovich

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
MURATOVA DILNOZA XASANOVNA

Muratova Dilnoza Xasanovna

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
KOMILOVA NAFISA RAJABOVNA

Komilova Nafisa Rajabovna

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
BERDIYEVA XABIBA YAKUBOVNA

Berdiyeva Xabiba Yakubovna

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
MALIKOVA DURDONA ZOKIRJON QIZI

Malikova Durdona Zokirjon qizi

Stajer-o‘qituvchi(0,75 stavka)

Batafsil

Ilmiy faoliyat

Uzbek Content

Xalqaro hamkorlik

Uzbek Content