“Davlat va korporativ strategiyalari” kafedrasi (sobiq “Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment”) O‘zbekiston Milliy universitetining Iqtisodiyot fakulteti tarkibida kafedra 1991 yilda “Iqtisodiyot va ishlab chiqarishni boshqarish” nomi bilan tashkil etilgan va 1998 yilda kafedraning nomi “Menejment” deb o‘zgartirilgan.
1991–2002 yillarda “Menejment” kafedrasiga respublikada taniqli iqtisodchi i.f.d., prof. R.M.Muhiddinov, 2002-2005 yillarda i.f.n., dos. I.A.Sodiqova, 2006-2011 yillarda i.f.d., prof. A.A.Mamatov rahbarlik qilgan. “Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment” kafedrasi 2011 yilda “Mintaqaviy iqtisodiyot” va “Menejment” kafedralarini birlashtirish natijasida tashkil etilgan. “Mintaqaviy iqtisodiyot” kafedrasiga 2002-2011 yillarda g.f.d., prof. Qayumov A.A. rahbarlik qilgan.
2011-2012 yillarda kafedraga i.f.n., dos. N.G.Muminov, 2012-2016 yillarda g.f.n., dos. A.A.Xalmirzayev, 2016-2017 yillarda i.f.n., dos. R.N.Raxmonov, 2017–2018 yillarda i.f.n., dos. P.Z.Xashimov, 2018 – 2021 yillarda i.f.d., prof. A.M.Sodiqov, 2022 yildan i.f.d., prof. B.E.Tagayev rahbarlik qilmoqda.
Kafedra “Inson resurslarini boshqarish”, “Menejment”, “Mintaqaviy iqtisodiyot” yo‘nalishli bo‘yicha bakalavr va magistrlarni hamda 2024-2025 yil o‘quv yilidan “Davlat va korporativ strategiyalari” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlamoqda.
Bugungi kunda kafedrada 4 ta fan doktori, professorlar, 5 ta fan nomzodi, dotsentlar hamda 2 ta PhD va 4 ta katta o‘qituvchilar hamda xorijlik yuqori malakali pedagog xodimlar faoliyat olib bormoqda.
“Davlat va korporativ strategiyalari” kafedrasida falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash bo‘yicha “Menejment”, “Mintaqaviy iqtisodiyot” ixtisosliklari mavjud bo‘lib, bugungi kunda mahalliy tadqiqotchilar bilan bir qatorda 6 ta xorijlik mustaqil izlanuvchilar ilmiy tadqiqot olib borishmoqda.
Kafedrada iqtidorli talabalar uchun “Iqtisodchilar uchun menejment” to‘garagi tashkil etilgan bo‘lib, to‘garak aʼzolari respublika va xalqaro olimpiadalarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Kafedra dunyoning yetakchi oliy taʼlim muassaslari, shu jumladan, Germaniya, Rossiya, Belarus, Malayziya, Yaponiya, Xitoy va boshqalar bilan xalqaro aloqalar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Davlat va korporativ strategiyalari
Kafedra tarixi
Kafedra tarkibi
Ilmiy faoliyat
O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti «Davlat va korporativ strategiyalari» kafedrasi ilmiy-tadqiqot faoliyati davlat va korporativ boshqaruv sohasida strategik boshqaruvning nazariy va amaliy jihatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Kafedrada 4 ta fan doktorlari professorlar va 7 ta fan nomzodlari, dotsentlar faoliyat olib boradi.
«Davlat va korporativ strategiyalari» kafedrasi ilmiy-tadqiqot faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
- “Mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishning ilmiy-amaliy asoslari”;
- Davlat boshqaruvi tizimida strategik rejalashtirish;
- Davlat va korporativ boshqaruvda raqamli transformatsiyalar;
- Barqaror rivojlanishning milliy va mintaqaviy strategiyalari;
Kafedraning ilmiy faoliyat shakllari: Ilmiy maqolalar, monografiyalar va tahliliy hisobotlar tayyorlash va chop etish; Grantlar va ilmiy loyihalarda ishtirok etish; Ilmiy konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar tashkil etish; O‘qituvchilar uchun ilmiy stajirovkalar tashkil etish; Talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish, ilmiy ishlar tanlovlari va konferensiyalarda qatnashish.
Kafedra ilmiy faoliyati o‘quv jarayoni bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, turli boshqaruv darajalarida samarali strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qodir mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga kafedra mutaxassis tayyorlovchi kafedralar qatorida ekanligi sababli va tegishli ishlab chiqarish korxonalari, oliy taʼlim muassasalari, o‘rta maxsus taʼlim tizimi muassasalari o‘rtasida ikki tomonlama manfaatli shartnomalari mavjud va yangi shartnomalar tuzish ishlari olib borilmokda.
Kafedrada 70410111-“Davlat va korporativ strategiyalari” ixtisosligi bo‘yicha magistratura faoliyat olib boradi. Magistrlar ilmiy-tadqiqot ishlariga kafedraning fan doktorlari va fan nomzodlaridan tashqari respublikaning yetakchi vazirlik, idora, kompaniyalari, ilmiy-tadqiqot muassasalarining yetakchi olimlari ilmiy maslahatchi sifatida ishtirok etadilar.
Kafedrada ilmiy-tadqiqotlarni olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va magistrantlar ishtirokida dissertatsiya mavzulari bo‘yicha ilmiy seminarlar tashkil etilgan. Kafedra davlat idoralari, hududiy boshqaruv organlari, yirik kompaniyalar, ilmiy-tadqiqot institutlari, ekspert markazlari va xalqaro tashkilotlar bilan faol hamkorlik qiladi. Tashqi buyurtmachilar uchun amaliy loyihalar ishlab chiqiladi.
Kafedrada yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga alohida eʼtibor qaratiladi. Kafedraning professor-o‘qituvchilari rahbarligida strategik boshqaruv, davlat rivojlanishi, korporativ boshqaruv, menejment, marketing va boshqa tegishli yo‘nalishlarda ilmiy dissertatsiyalar ustida ishlayotgan doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar faoliyat olib borishmoqda. Bugungi kunda kafedrada 08.00.12-Mintaqaviy iqtisodiyot, 08.00.13-Menejment, 08.00.10-Demografiya. Mexnat iqtisodiyoti, ixtisosligida tayanch doktorantlar (PhD) va mustaqil tadqiqotchilar ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.
Shuningdek, iqtidorli talabalar bilan tizimli ilmiy ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Talabalar ilmiy loyihalarda ishtirok etishadi, konferensiyalarda qatnashadi, maqolalar va tahliliy sharhlar tayyorlaydi, grant tanlovlarida ishtirok etishadi. Ular uchun ilmiy seminarlar, mahorat darslari tashkil etilgan. Kafedra talaba va doktorantlarning akademik mobilligini qo‘llab-quvvatlaydi, ularni amaliyot, almashinuv dasturlari va xalqaro ilmiy forumlarda qatnashishga rag‘batlantiradi.
Xalqaro hamkorlik
Davlat va korporativ strategiyalari (sobiq Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment) kafedrasi akademik va ilmiy tashabbuslar doirasida xalqaro hamkorlikni faol rivojlantirmoqda. Xorijiy mamlakatlarning yetakchi universitetlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik qilib, qo‘shma ta’lim dasturlari, qo‘sh diplom loyihalari, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun amaliyot o‘tashda ishtirok etmoqda. Bunday hamkorlik o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish, ta’lim sifatini oshirish va bo‘lajak menejerlarning kasbiy dunyoqarashini kengaytirish imkonini bermoqda.
Kafedra muntazam ilmiy bilimlar va ilg‘or menejment tajribasini almashishga qaratilgan xalqaro konferensiyalar, seminarlar va forumlar tashkil etib, ularda faol ishtirok etadi. Bunday tadbirlarda ishtirok etish jahon ta’lim makoniga integratsiyalashuvga, ilmiy maktablarning rivojlanishiga, xalqaro akademik hamjamiyat va biznes tuzilmalari bilan mustahkam aloqalar o‘rnatilishiga xizmat qiladi. Bularning barchasi universitetning jahon miqyosidagi nufuzini mustahkamlaydi va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.
Xorijiy yetakchi universitetlar bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Kafedraning asosiy hamkorlari qatorida Freie Universität Berlin (Germaniya), M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (Rossiya), Universiti Sains Malaysia va Kyushu universiteti (Yaponiya). Hamkorlik doirasida o‘qituvchilar uchun akademik almashinuv dasturlari, stajirovka va malaka oshirish, qo‘shma ta’lim loyihalari, jumladan, qo‘sh diplom dasturlari amalga oshirilmoqda. Bu o‘quv jarayoniga xalqaro standartlarni joriy etishga ko‘maklashmoqda, talaba va tadqiqotchilar imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Bundan tashqari, kafedra universitetda va xorijda tashkil etilayotgan xalqaro ilmiy konferensiyalar, seminar va forumlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Bunday tadbirlar o‘qituvchi va talabalarga xorijlik hamkasblari bilan tajriba almashish, xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish va boshqaruvning zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etish imkonini beradi. Freie Universität Berlin, Moskva davlat universiteti, Universiti Sains Malaysia va Kyushu universiteti bilan hamkorlik ham ilmiy maktablarning rivojlanishiga, nashriyot faolligini oshirishga va universitetning global akademik maydondagi nufuzini mustahkamlashga yordam beradi.