O`zbekistonda ehtimollar nazariyasi va matematik statistika bo`yicha butun dunyoga mashhur ilmiy maktabning poydevor maskani O`zbekiston Milliy universiteti bo`ldi. Matematikaning bu sohasiga doir nazariy va amaliy tadqiqotlar universitet tashkil etilganidan boshlangan bo`lib, unga atoqli matematik olim Vsevolod Ivanovich Romanovskiy (1879-1954) asos solgan.
Mashhur akademik olimlar Toshmuhammad Alievich Sarimsoqov (1915-1995), Sa`di Hasanovich Sirojiddinov (1920-1988) o`zining ehtimollar nazariyasi va matematik statistika ilmiy maktabini yaratgan.
Akademik S.X.Sirojiddinovning ehtimollar nazariyasi va matematik statistika ilmiy maktabining keyingi yillardagi faoliyati O`zbekistonda uning shogirdlari-akademiklar T.A.Azlarov va Sh.Q.Farmonov nomlari bilan bog`liqlikda rivojlanib kelmoqda.
Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi mutaxassislar tayyorlash bo`yicha respublikada etakchi hisoblanadi. Har yili kafedrani 12-13 nafar bakalavr, hamda 8 nafar magistrant bitiradi.
Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika
Kafedra mudiri
SHARIPOV OLIMJON SHUKUROVICH
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Fan doktori, DSc
Ilmiy unvoni:
Katta ilmiy xodim
Qabul kunlari:
Manzil:
Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
Kafedra tarixi
Kafedra tarkibi
Ilmiy faoliyat
Uzbek Content
Xalqaro hamkorlik
Mahalliy va xorijiy hamkorlar:
- Moskva davlat universiteti va Rossiya FA Steklov nomidagi Matematika instituti (Moskva).
- Moskva davlat texnika universiteti (Rossiya).
- Nijniy Novgorod davlat universiteti (Rossiya).
- Perm davlat universiteti (Rossiya).
- Novosibirsk davlat universiteti, Novosibirsk davlat texnika universiteti, Rossiya FA Matematika institutining Sibir bo`limi (Novosibirsk, Rossiya).
- Qozog`iston Respublikasi ta`lim va fan vazirligi Matematika instituti (Olmaota).
- Belorussiya davlat universiteti (Minsk).
- Limburg universiteti (Belgiya).
- Stenford universiteti (AQSh).
- Sibir Federal universiteti (Krasnoyarsk, Rossiya).
- Segolen universiteti qoshidagi Matematiki instituti (Bordo, Frantsiya).
- Amerika statistika jamiyati (AQSh).