Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Kafedra mudiri

SHERIMBETOV VAFABAY XALILULLAEVICH
SHERIMBETOV VAFABAY XALILULLAEVICH

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi:

Fan nomzodi, PhD

Ilmiy unvoni:

Dotsent

Qabul kunlari:

Dushanba-Juma, 09:00 – 17:00

Manzil:

Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

Kafedra tarixi

Ekologiya kafedrasi 1990 yildan boshlab Ekolog mutaxassislarini tayyorlash maqsadida tashkil etilgan, bu O‘zbekistonda ekologiya va atrof-muhitni o‘rganish davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ulkan ilm tarmog‘iga aylangaligidan dalolat beradi. Hozirgacha kafedrada Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, Hayot faoliyati xavfsizligi taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha baklavr, Ekologiya mutaxassisligi bo‘yicha magistratura va Ekologiya ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranturada o‘qish yo‘lga qo‘yilgan.

Kafedrada “Ekofidokorlar” to‘garagi faoliyat olib boradi.

O‘zbekiston Milliy universitetining Ekologiya kafedrasiga shu kungacha quyidagi olimlar mudirlik qilgan:

  • 1990-1995 yillarda – prof. G.K.Komilov
  • 1995-2008 yillarda – prof. T.U. Raximova
  • 2009-2010 yillarda – prof. X.Tursunov
  • 2010-2012 yillarda – prof. A. Nigmatov
  • 2016-2019 yillarda – dots. R.A. Allaberdiyev
  • 2020 yildan boshlab dots. V.X. Sherimbetov rahbarlik qilib kelmoqda.

Ekologiya kafedrasi faoliyati davomida tadqiqotlar bajarilgan:

  • Arid zonalarda toksik elementlarning atrof muhitga tarqalishi o‘rganilgan va asoslab berilgan.
  • Cho‘llashi jarayonlari bo‘yicha sabablari tadqiq qilingan.
  • O‘simliklaring tarqalishi geografik axborot tizimlari dasturlari orqali asoslab berilgan.
  • Yer osti suvlari sathi va minerallashuvi o‘zgarishlari aniqlangan va geografik axborot tizimlari dasturlari asosida elektron xaritalar ishlab chiqlgan.
  • Tuproqlarning ekologik holati va ularni rekultivatsiya qilish chora-tadbirlari ishlab chiqi
  • Shifobaxsh, dorivor, ozuqabop, efirmoyli o‘simliklar bioekologik xususiyatlari o‘rganilgan va yetishtirish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
  • Hashorotlarning bioekologik xususiyatlari o‘rganilgan.
  • Texnogen buzilgan yerlar rekultivatsiyasi texnologiyasi ishlab chiqilgan.
  • Yer va suv resurslaridan barqaror foydalanishning ekologik jihatlarini aniqlangan va baholangan.


Kafedra tarkibi

Komilova Nilufar Karshiboyevna

Professor

Batafsil

Yodgarova Dilfuza Shavkatovna

Professor

Batafsil
SULAYMANOV SUNNATULLA XXX

Sulaymanov Sunnatulla Xxx

Professor

Batafsil

Kulmatov Rashid Anarovich

Professor

Batafsil

Turabayev Akmal Normuminovich

Professor

Batafsil
NARZIYEV SHOVKIDDIN MURTOZAYEVICH

Narziyev Shovkiddin Murtozayevich

Professor

Batafsil

Raximova Tura Xxx

Professor

Batafsil
MIRZAYEVA GULNARA SAIDARIFOVNA

Mirzayeva Gulnara Saidarifovna

Professor

Batafsil

Jobborov Bahrom Turg‘unovich

Dotsent

Batafsil

Rustamova Rano Parpiyevna

Dotsent

Batafsil

Rasulova Marguba Ilxamovna

Dotsent

Batafsil

Oxunov Ravshan Zafarovich

Dotsent

Batafsil

Imirsinova Azizaxon Ashurovna

Dotsent

Batafsil

Kuchkarov Nurbek Yuldashevich

Dotsent

Batafsil

Eshmurodova Nargiza Sharofovna

Dotsent

Batafsil

Mirzayev Jasurbek Ashiraliyevich

Dotsent

Batafsil

Mamaraximov Oybek Muratovich

Dotsent

Batafsil

Kamalova Manzura Djamalovna

Dotsent

Batafsil

Nabiyev Utkur Abduxalilovich

Dotsent

Batafsil

Xalillayev Sherzod Alimboyevich

Dotsent

Batafsil
ABDUKADIROVA LOLA KABULOVNA

Abdukadirova Lola Kabulovna

Dotsent

Batafsil

Rasuleva Mavlyuda Abidovna

Dotsent

Batafsil

Azimova Dilbar Ortikovna

Dotsent

Batafsil

Allaberdiyev Rustamjon Xamrayevich

Dotsent

Batafsil

Atabayeva Nargis Karimovna

Dotsent

Batafsil

Abdurashidov Zafarjon Abdumajidovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Ismailova Arofat Mirzaxidovna

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Ziyadov Shuqurillo Rahmatulloyevich

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Parmanova Nigora Atabayevna

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Eshonkulov Otabek Doniyorovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Alikariyeva Durdona Mirmaxmudovna

Katta o‘qituvchi

Batafsil
ODILOV SARVAR AKRAMOVICH

Odilov Sarvar Akramovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil
SULTONOV RAVSHAN BURXON O‘G‘LI

Sultonov Ravshan Burxon o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
BAXROMBEKOVA SOJIDAXON SHERZODJON QIZI

Baxrombekova Sojidaxon Sherzodjon qizi

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
XOJIYEVA SHAXNOZA AKRAMKULOVNA

Xojiyeva Shaxnoza Akramkulovna

Assistent

Batafsil
BOBOYEV SADRIDDIN NURILLA O‘G‘LI

Boboyev Sadriddin Nurilla o‘g‘li

Assistent

Batafsil

Xaydarov Farrux Ma’mirjon o‘g‘li

Assistent

Batafsil

Xodjayev Azizxan Sotvoldiyevich

Assistent

Batafsil

Shadenov Risbek Isabekovich

Assistent

Batafsil
ALIMOV USMAN ISMAILOVICH

Alimov Usman Ismailovich

Assistent

Batafsil

Doniyorov Akbarali Narzillayevich

Assistent

Batafsil

Xurramov Nodir Norboy o‘g‘li

Assistent

Batafsil
RUZUMOVA GULNOZA KARIMOVNA

Ruzumova Gulnoza Karimovna

Assistent

Batafsil

Ilmiy faoliyat

Hozirda kafedrada O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida 03.00.10-Ekologiya ixitisosligi bo‘yicha biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasini beruvchi (DSc) 03/27.02.2020.V.01.15. raqamli Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Kafedra tomonidan Qoraqolpog’iston Respublikasining Mo‘ynoq tumani hududida O‘quv-ilmiy poligoni tashkil qilingan va ushbu poligonda bakalavr, magistrlar va doktorantlar o‘z ilmiy tadqiqotlarini olib bormoqda.

Kafedra olimlari tomonidan ko‘plab ilmiy, amaliy, fundamental va innovatsion loyihalar amalga oshirilgan, jumladan, 2022 yilda “Sho‘rlangan tuproqlarda o‘suvchi ayrim istiqbolli efir moyli o‘simliklarni Orolbo‘yi Mo‘ynoq tumani hududida yetishtirish va uni amaliyotga joriy etish”, 2022-2023 yillarda “Orol dengizining qurigan tubining sho‘rlangan maydonlarida Fabaceae oilasiga mansub ba’zi o‘simliklarni ko‘paytirish va ularning yangi plantatsiyalarini yaratish” mavzusilaridagi loyihalari bajarildi.

Hozirgi kunda “Orol dengizi va uning qurigan tubidagi suv havzalari gidrobiontlarining taksonomik tahlili va adaptatsion imkoniyatlari asosida istiqbolli suv o‘tlarini tanlash va ulardan foydalanish” mavzusida ilmiy loyiha bajarib kelinmoqda.

Kafedra olimlari tomonidan hozirgi kunda quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda:

  • atrof-muhit ekologik holatining monitoringi va optimizatsiyasi, atmosfera havosini tozalashda istiqbolli o‘simliklarni tanlash;
  • O‘zbekiston o‘simlik va hayvonot olamining bioxilma-xilligi va ularni saqlash;
  • istiqbolli efir-moyli va shifobaxsh o‘simliklarni madaniylashtirishni ilmiy asoslash;
  • tabiiy ekosistemalarning muhofazasi va barqaror rivojlanish;
  • texnogen buzilgan tuproqlarda ekosistemalarni qayta tiklash, turli darajadagi sho‘rlangan va degradatsiyaga uchragan tuproqlarni o‘zlashtirishda istiqbolli o‘simlik turlarini tanlash hamda uning ilmiy asoslash; chiqindilar muammolari;
  • O‘zbekiston tuproqlarining genezisi, geografiyasi, evolyutsiyasi va agromeliorativ xossalari, ularni tiklash, saqlash yo‘llari bilan unumdorligini oshirish va himoya qilish;
  • suv ekotizimlari muammolari, suvning sifati va uning ifloslanishi muammolarini yechish yo‘llarini ishlab chiqish;
  • iqlim o‘zgarishi muammolari: o‘simliklarning tashqi muhitga moslashuvchanlik mexanizmlarini ekologik nuqtayi nazardan asoslash;
  • ekologik halokat zonasi – Orol va Orolbo‘yi hududlarida istiqbolli o‘simliklarni madaniylashtirishning ilmiy asoslari;
  • biologik faol moddalar olishning resurs tejovchi va raqobatdosh texnologiyalarini yaratish, ularni qo‘llanilishining nazariy va amaliy aspektlari, tuproq mikroflorasiga antropogen omillarni ta’sirini o‘rganish.

Kafedra olimlari tomonidan bugungi kungacha 20 dan ziyod darslik, 60 dan ziyod o‘quv qo‘llanma, 10 ga yaqin intelektual mulk uchun guvoxnoma, 30 ga yaqin monografiya, Scopus va Web of Science xalqaro bazasidagi 100 ga yaqin nufuzli jurnallarda maqolalar e’lon qilingan.

 

Xalqaro hamkorlik

Ekologiya kafedrasi dunyoning bir qator rivojlangan davlatlarning 15 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Yaponiya, AQSH, Xitoy, Germaniya, Belgiya, Braziliya, Shvetsiya, Sloveniya, Rossiya, Belarusiya kabi xorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari va universitetlari bilan ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Rossiyaning M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Sankt-Peterburg shahridagi Rossiya davlat Gidrometeorologiya universiteti, Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti, Chelyabinsk davlat universiteti, Kazan Federal universiteti, Belorus davlat universiteti, Germaniyaning Martin-Luther nomidagi Halle-Wittenberg universiteti, Yaponiyaning Kyota universiteti, Xitoyning Xinjiang univesiteti, M.Auvezov nomidagi Janubiy-Qozog’iston davlat universiteti, Ozarbayjon Respublikasining Baku davlat universiteti, Amerika qo‘shma shtatlarining Chikago universiteti, Vashington universiteti, Kolumbiya univerisitetlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.