Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Kafedra mudiri

MAZLITDINOVA DILNOZA TUYGUNOVNA
MAZLITDINOVA DILNOZA TUYGUNOVNA

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi:

Darajasiz

Ilmiy unvoni:

Dotsent

Qabul kunlari:

Manzil:

Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

Kafedra tarixi

   Nofilologik yoʼnalishlarda chet tillarni oʼqitish barcha oliygohlarda oʼz ahamiyatiga ega boʼlganidek, Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universitetida ham mazkur yoʼnalish oʼzining tarixiy oʼrniga ega. Universitet tashkil etilib, avvaliga tabiiy va aniq fanlar boʼyicha fakultetlar faoliyatini boshlaganidan eʼtiboran ularning har birining tarkibida chet tillar kafedrasi ham oʼz faoliyatini boshlagan. Keyinchalik universitetda ijtimoiy yoʼnalishlar boʼyicha ham qator fakultetlar tarkib topishi natijasida, chet tillar kafedralari soni ortib borgan va universitet tuzilmasini optimallashtirish maqsadida universitet qoshida tillar markazi tashkil etilib, fakultetlar tarkibidagi mavjud chet tillar kafedralari yoʼnalishlarga, yaʼni tabiiy fanlar boʼyicha chet tillar, aniq fanlar boʼyicha chet tillar, biznes va huquqshunoslik yoʼnalishlari boʼyicha chet tillar, hamda ijtimoiy-gumanitar yoʼnalishlar boʼyicha chet tillar kafedralariga ajratilgan va ushbu toʼrt kafedra tashkil etilgan Tillar Markazi tarkibiga kiritilgan. Mazkur markaz 1999 yildan 2009 yilgacha Isakova Ravshana Karimdjanovna tomonidan boshqarilgan.
      2009 yilga kelib Tillar markazi tugatildi va ikkita kafedra – tabiiy yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillar kafedrasi, hamda ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillar kafedrasi tashkil etildi va mazkur ikki kafedra universitetning Xorijiy filologiya fakulteti tarkibiga kiritildi. Tabiiy yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillar kafedrasi f.f.n., dotsent Qosimova Mavluda Halimovna, 2013-2014 o’quv yilida esa ushbu kafedra Mazlitdinova Dilnoza Tuygunovna tomonidan, Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillar kafedrasi f.f.n., dotsent Shirinova Raima Xakimovna tomonidan boshqarildi.
Mazkur kafedralarda malakali professor-o‘qituvchilar R.Hoshimova, A.Abdalina, B.Kerbolayeva, D.Aliqulova, D.Jo‘raboyeva, M.Qosimova, R.Shirinova, J.Djumabayeva, N.Sa’dullayeva, M.Soliyeva, M.Bolibekova, Sh.Jalolova kabi fan nomzodlari va dotsentlar faoliyat olib borganlar.
   2014 yil 25 sentabr O‘zMU ilmiy kengashining №01-362 sonli qaroriga asosan Tabiiy yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillar kafedrasi, hamda Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillar kafedrasi birlashtirilib, “Ingliz tili” kafedrasi deb nomlandi va kafedra dotsent S.R.Babayeva tomonidan boshqarildi.
2020 yil 25 iyun O‘zMU Ilmiy Kengashining № 01-337 – sonli buyrug‘iga asosan kafedra “Fakultetlararo ingliz tili” kafedrasi deb nomlandi va 2020 yil sentabr oyidan hozirgacha kafedra Mazlitdinova Dilnoza Tuygunovna rahbarligida faoliyatini olib bormoqda.

    Fakultetlararo ingliz tili kafedrasi O‘zMU tarkibidagi barcha fakultetlarda Xorijiy til (ingliz tili) fanidan amaliy mashg‘ulotlarni olib boradi. Ingliz tilini o’qitish o’quv rejasiga muvofiq bakalavriatning barcha nofilologik yo’nalishlarida birinchi kurs talabalari bilan amalga oshiriladi.
F.f.n., dotsent Y.Abdalina va f.f.n., dotsent R.Xoshimova, dotsent D.Mazlitdinovalar tomonidan yaratilgan “Ingliz tili darsligi” (nofilologik yo’nalishlar uchun) hamon o’z dolzarbligini yoqotmagan. Hozirda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan mutaxassislikka oid lug‘atlar va har bir nofilologik yo’nalish uchun o‘quv qo‘llanmalar yaratilib, talabalarga foydalanish uchun taqdim etilgan.
Xorijiy tilni o’qitish sifatini yanada oshirish maqsadida kafedrada oyda ikki marta yosh o’qituvchilarga uslubiy seminarlar va mahorat darslari tashkil etiladi.
Fakultetlararo ingliz tili kafedrasi jamoasi o’qituvchilarning davlatimiz rahbari tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganini har qadamda his etmoqda. Bunda universitet rahbariyati Prezidentimizning xorijiy tillarni o’qitishni rivojlantirish bo’yicha oldimizga qo‘ygan vazifalari ijrosini ta’minlash borasida barcha imkoniyatlarni yaratgan.
   Yildan yilga kafedra professor-o‘qituvchilarining fakultetlarning yetakchi kafedralari bilan fanlararo aloqalarini mustahkamlashi, jamoa tomonidan turli til o’rganish to’garaklarining olib borilishi, ma’rifiy tanlovlarning o’tkazilishi talabalarga o‘z mutaxassisligi bo‘yicha tilni puxta egallash imkonini bermoqda.

Kafedra tarkibi

TAXIROVA NARGIZA BAXTIYOROVNA

Taxirova Nargiza Baxtiyorovna

Katta o‘qituvchi

Batafsil
NARIMANOVA ZIYODA KABILDJANOVNA

Narimanova Ziyoda Kabildjanovna

Katta o‘qituvchi

Batafsil
ALIMOVA XILOLA RUSTAMOVNA

Alimova Xilola Rustamovna

Katta o‘qituvchi

Batafsil
KAXAROVA NAFISA IKRAMOVNA

Kaxarova Nafisa Ikramovna

Katta o‘qituvchi

Batafsil
PIDAYEVA SHAXNOZA BAXTIYOROVNA

Pidayeva Shaxnoza Baxtiyorovna

Katta o‘qituvchi

Batafsil
IRSALIYEVA MADINAXON ANVARBEK QIZI

Irsaliyeva Madinaxon Anvarbek qizi

Katta o‘qituvchi

Batafsil
MAMATOVA FERUZA BAXTIYOROVNA

Mamatova Feruza Baxtiyorovna

Katta o‘qituvchi

Batafsil
OTAJONOVA SHAXNOZA SHAVKATOVNA

Otajonova Shaxnoza Shavkatovna

Katta o‘qituvchi

Batafsil
NAZAROVA DILSHODAXON OCHILDINOVNA

Nazarova Dilshodaxon Ochildinovna

Katta o‘qituvchi

Batafsil
KAXAROVA NAFISA IKRAMOVNA

Kaxarova Nafisa Ikramovna

Katta o‘qituvchi

Batafsil
AMONOVA DILFUZA RAHIMNAZAR QIZI

Amonova Dilfuza Rahimnazar qizi

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
ESHBOYEVA SHOIRA AZAMATOVNA

Eshboyeva Shoira Azamatovna

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
XAYITOVA AZIZA RAXIMOVNA

Xayitova Aziza Raximovna

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
MAMASOLIYEVA ZULAYHO NIZOMIDDIN QIZI

Mamasoliyeva Zulayho Nizomiddin qizi

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
XAYITOVA AZIZA RAXIMOVNA

Xayitova Aziza Raximovna

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
MAMASOLIYEVA ZULAYHO NIZOMIDDIN QIZI

Mamasoliyeva Zulayho Nizomiddin qizi

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
JO‘RAYEVA ZARINAXON BAXODIR QIZI

Jo‘rayeva Zarinaxon Baxodir qizi

Assistent

Batafsil
OLIMOVA DILAFRUZXON BAXTIYORJON QIZI

Olimova Dilafruzxon Baxtiyorjon qizi

Assistent

Batafsil
XOLBOYEVA DILDORA BAXTIYOROVNA

Xolboyeva Dildora Baxtiyorovna

Assistent

Batafsil
LOLAYEVA ZARIMA ABDIXOLIQ QIZI

Lolayeva Zarima Abdixoliq qizi

Assistent

Batafsil
RAXMATULLAYEVA UMIDA XOMIDOVNA

Raxmatullayeva Umida Xomidovna

Assistent

Batafsil

Ilmiy faoliyat

Kafedra o’quv-uslubiy ishlar bilan bir qatorda ilmiy-tadqiqot ishlarini ham jadal suratda olib boradi.

2020 yildan hozirga qadar kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan SCOPUS bazasidagi jurnallarda, xorijiy OAK jurnallarida 46 ta, mahalliy OAK jurnallarda 32 ta, xorijiy va respublika ilmiy-amaliy konferensiya to’plamlarida 60 dan ziyod ilmiy maqola va tezislar nashr etilgan.

Hozirgi kunda kafedraning quyidagi o’qituvchi-tadqiqotchilari dissertatsiya ustida ish olib bormoqdalar:

  1. Mazlitdinova “Badiiy tarjimada milliy kontseptosferaning qayta yaratilishi (O.Sharafiddinov, I.G’ofurov, X.To’rabek tarjimalari misolida)”;
  2. M.Irsaliyeva “Kadzuo Ishiguro asarlarida ayol obrazi tipologiyasi”;
  3. U.Raxmatullayeva “Noverbal muloqot vositalarining gender tahlili (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”;
  4. D.Xolboyeva «Ingliz va o‘zbek tillarida turizm terminologiyasining structural-semantik xususiyatlari»;
  5. A.Xayitova ««Нофилологик йўналишларда инглиз тилини арт терапия методи орқали ўргатишда интегратив ёндошув»
  6. Olimova “Turli tizimli tillarda ijobiy baho ifodalovchi verbalizatorlarning semantik struktur va lingvo-kulturologik xususiyatlari”;

Sh.Eshboyeva «Mediatexnologiyalar asosida ingliz tilini o‘qitishda ustoz-shogird munosabatlarining professional ahamiyati (nofilologik OTMlar misolida)».

Xalqaro hamkorlik

      2021 yilda kafedra Haydarobodning Osmaniya universiteti (top 1000 talikka kiruvchi universitet) bilan memorandum imzolab, hamkorlik aloqalarini o’rnatdi. Bu hamkorlikdan maqsad ta’lim yo’llari orqali o’zaro do’stlik, totuvlik rishtalarini chambarchas mustahkamlashdir.
   Osmaniya universiteti professori Vislavath Rajunayak O’zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti talabalariga amaliy mashg’ulotlarni olib bormoqda. Kafedra o’qituvchilari va Osmaniya universiteti o’qituvchilari hamkorlikda onlayn treninglar ham tashkillashtirib kelmoqdalar.
   2022 yil O‘zMU va Indoneziyaning Dayanu Ihsanuddin universiteti o‘rtasida Memorandum va Kelishuv imzolandi. Imzolangan kelishuv asosida mazkur universitetning professorlari Sayfullah va Nur Melansari universitet talabalariga amaliy mashg’ulotlarni olib bormoqda.