Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Kafedra mudiri

AXMADJANOV TURGUNALI
AXMADJANOV TURGUNALI

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi:

Fan nomzodi, PhD

Ilmiy unvoni:

Dotsent

Qabul kunlari:

Dushanba-Juma, 09:00 – 17:00

Manzil:

Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

Kafedra tarixi

Fotonika kafedrasi Fizika fakulteti Kvant radiofizika va Optika kafedralari negizida shakllangan. Kafedra lazer fizikas, optika, optoelektronika sohalarida mutaxassislarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi uchun pedagog kadrlarni tayyorlaydi.
Radiofizika (kvant radiofizikasi) kafedrasiga 1964–1969 yillarda dots. I.I. Gofman, 1969–1980 yillarda dots. X.X. Xadjimuxamedov, 1980–2002 yillarda prof. A.T. Mirzaev, 2002–2005 yillarda prof. M.M. Mirinoyatov rahbarlik qilgan.
2005–2011 yillarda birlashgan “Optika va lazerli fizika” kafedrasiga prof. Sh. Otajonov, 2011–2016 yillarda dots. T. Ahmadjanov rahbarlik qilgan. Yangi “Fotonika” kafedrasiga 2016 yil iyun–oktabr oylarida prof. I.A. Raxmatullayev, 2016–2019 yillarda dots. A.X.Ramazonov rahbarlik qilgan, 2019 yildan boshlab kafedraga dots. T. Ahmadjanov rahbarlik qilmoqda.
Kafedraning rivojlanishiga o‘z vaqtida professorlar S.S. Abdullaev, B.Yu. Sokolov, A.N. Yakubov, I.A. Kulagin, M. Kosimjonov, D. Djuraev, dotsentlar R. Karimov, A.A. Ayvazova, Sh. Muxamedxanova, V.Ya. Yaskolko, A.N. Krasnaya, f.-m.f.n. A.A. Klachkov, A.T. Mirzaev, M. Mamatqulov, I.K. Rasulov, I.A. Solovyev, Z.I. Imonqulov, E. Sagatov, A. Uzakov, B.A. Niyazov, D. Talipov, katta ilmiy xodimlar M.Sh. Shoraximov, A.Sh. Gongadze, L. Rajapov, Sh. Zokirov, R.F. Shayaxov va ilmiy xodimlar R. Sabitova, A.X. Abdumalikov, S. Ablayev o‘z munosib hissasini qo‘shgan.



Kafedrada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha magistratura mavjud:

  • Fizika
  • Fotonika

Kafedrada ikki ilmiy maktab faoliyat yuritadi:

  • Kvant radiofizikasi
  • Optika va spektroskopiya

So‘nggi yillarda kafedrada bazaviy doktorantlar (PhD), doktorantlar (DSc) va mustaqil izlanuvchilar tayyorlash samarali yo‘lga qo‘yilgan. Prof. U.V. Valiyev rahbarligida 12 ta ilmiy nomzodlik va 2 ta doktorlik dissertatsiyasi, prof. Sh. Otajonov rahbarligida 8 ta ilmiy nomzodlik va 1 ta doktorlik dissertatsiyasi himoya qilingan.
Kafedrada darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va o‘quv-uslubiy materiallar tayyorlashga katta e’tibor beriladi. So‘nggi yillarda taxminan 10 ta monografiya, 2 ta darslik, 20 dan ortiq o‘quv qo‘llanma va 50 ga yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanma chop etilgan va o‘quv jarayoniga joriy etilgan.
Bugungi kunda kafedrada professorlar, dotsentlar, katta o‘qituvchilar va o‘qituvchilar, shuningdek, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti yetakchi olimlari bilan birga faoliyat yuritmoqda, bu esa ta’lim va ilmiy faoliyatning yuqori sifatini ta’minlaydi.

 

Kafedra tarkibi

Otajonov Shavkat Xxx

Professor

Batafsil
MAXMANOV UROL KUDRATOVICH

Maxmanov Urol Kudratovich

Professor

Batafsil

Ergashоv Yoqub Suvonovich (Fizika-Matematika Fanlari Doktori, Professor)

Professor

Batafsil

Abduraxmanov Gulmurza Xxx

Dotsent

Batafsil

Ramazanov Asror Xamroyevich

Dotsent

Batafsil

Vildanov Ramil Rifgatovich

Dotsent

Batafsil
SHAYMARDANOV ZAFAR SHAPAATOVICH

Shaymardanov Zafar Shapaatovich

Dotsent

Batafsil

Jalolov Rivojiddin Ruxitdin o‘g‘li

Dotsent

Batafsil

Eshonqulov G‘ofur Boboqulovich

Dotsent

Batafsil

Turotov Furkat Kuldosh o‘g‘li

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Akramov Mashrab Ergashali o‘g‘li

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Malisheva Mariya Yevgeniyevna

Katta o‘qituvchi

Batafsil
NIYOZKULOV JUMANIYOZ KODIR O‘G‘LI

Niyozkulov Jumaniyoz Kodir o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil

Reymbayeva Sanabar Rejepbayevna

Assistent

Batafsil

Xamidov Tursunali Olimjon o‘g‘li

Assistent

Batafsil

Ilmiy faoliyat

Ilmiy yo’nalishlar

Kafedrada ilmiy tadqiqotlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilmoqda:

  1. Lazer o‘lchov tizimlari.
  2. Nodir yer birikmalarining optikasi va magnitooptikasi.
  3. Termoelektrik energiya o‘zgartirgichlari.
  4. Kondensirlangan muhitlarda relaksatsion jarayonlarni optik usullar yordamida tadqiq etish.
  5. Optik tolali tizimlar.
  6. Lazer plazmasining spektral xossalari.

Mazkur ilmiy yo‘nalishlar so‘nggi yillarda kafedrada amalga oshirilayotgan fundamental va amaliy grant loyihalari doirasida faol rivojlantirilmoqda.

Kafedrada bajarilayotgan ilmiy loyihalar

  • ERASMUS-EDU-2022-CBHE-STRAND-2 (101083224) – “INMACOM: Innovative Master’s program in photonics and optical communications to meet the needs of the telecommunications labour market in Uzbekistan (2021-2026)
  • Nodir yer elementlari bilan faollashtirilgan oksidli va ftoridli kristallarning optik xossalarini magnit maydon yordamida boshqarish (U.V. Valiyev, R.R. Vildanov, 2022–2026).
  • Uzb-Bel-IL-4821091667:“Oksid yarimoʻtkazgich betartib materiallarda dielektrik-metall oʻtishlari va elektr oʻtkazuvchanligi mexanizmlari” (2022-2024 yy.)
  • Uzb-Ind-2021-78: “Metall oksidlari bilan legirlangan silikatlarning termoelektrik hossalari va o‘z-o‘zidan tashkil bo‘lish jarayonlari» (2021-2023 yy)
  • F-OT-2021-237 –“Quyosh nuri ta’sirida suvni fotokatalitik parchalab vodorod olish: nanostrukturali fotokatalizatorlarni sintezlash va xossalarini nazariy va eksperimental tadqiq etish”.
  • UNESCO tashkiloti granti № 14-022 RG/MATH/AS_G; UNESCO FR: 324028610 (2014–2017 yy.).
  • TWAS fondi tomonidan moliyalashtirilgan RG/PHYS/AS_I-FR3240287086 15-198 grantlar (2014-2017 yy.)
  • Ko‘p komponentli oksid kristallarning spektral xossalariga optik va ionlovchi nurlanishlarning ta’sirining fizik asoslari (U.V. Valiyev, 2017–2020).
  • Nodir yer ferrit-granatlarida magnit yo‘naltiruvchi fazaviy o‘tishlar (B.Yu. Sokolov, 2009–2011, 2012–2016).
  • Sochiluvchi muhitlarni diagnostika qilish uchun lazerli foton-korrelyatsion spektrometrni ishlab chiqish (R.R. Vildanov, G.B. Eshonqulov, 2009–2011).
  • STCU Project 3505: “Legirlangan kupratlarda metall–dielektrik o‘tishlarning nazariy va eksperimental tadqiqotlari” (B.Yu. Sokolov, R.R. Vildanov, 2004–2006).
  • Deformatsion siljishlarni masofadan lazer yordamida o‘lchash qurilmasini ishlab chiqish (R.R. Vildanov, 2000–2002, 2003–2005, 2006–2008).

Xalqaro hamkorlik

Kafedradagi ilmiy yo‘nalishlar doirasida Xorijiy va Mustaqil davlatlar xamdo‘stligi mamlakatlarining yetakchi ilmiy tadqiqot institutlari, xamda oliy o‘quv yurtlari bilan xamkorlik aloqalari mavjud.

  • Texas universiteti (San-Antonio, AQSH)
  • Endryus universiteti (Merilend, AQSH)
  • Uxan Universiteti (Xitoy)
  • Pachxunga universiteti (Xindiston)
  • Rossiya FA, P.L.Lebedev nomidagi Fizika instituti
  • Quyi temperaturali fizika instituti (Ukraina)
  • Ryazan Davlat universiteti (Rossiya)
  • Kiyev milliy universitetining (Ukraina)
  • Beloruss Davlat universiteti (Belorussiya)
  • Ilmenau University of Technology (Germany)
  • Institute of Nuclear Physics, Czech Academy of Sciences (Czech Republic)
  • University of Sfax (Tunisia)
  • Ankara University (Turkey)