Geometriya kafedrasi 1971 yilda tashkil topgan. Uning ilk rahbari professor M.A.Sobirov hisoblanadi. Kafedraga dotsent A.V.Mironov (1975-1985), professor A.Y.Narmanov (1990-1993), professor A.Artikbayev (1993-2000), professor A.Y.Narmanov (2000-2016), professor R.B.Beshimov (2016-2022) mudirlik qilgan. Kafedra 2016 yil 25 maydan boshlab “Geometriya va topologiya” deb nomlandi. Hozirgi vaqtda kafedraga fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent A.M.Bayturayev mudirlik qilmoqda.
Professor M.A.Sobirov Moskva Davlat Universitetini bitirgan yirik olim va ma’rifatparvar inson edi. Uning hammuallifligida 1956 yili o‘zbek tilida birinchi marta differensial geometriya kursi bo‘yicha darslik chop etildi.
Hozirgi vaqtda “Geometriya va topologiya” kafedrasida “Qatlamalar nazariyasi va uning tadbiqlari”, “Topologik fazolarning kardinal xossalari” va “Noyevklid geometriya” yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
“Qatlamalar nazariyasi va uning tadbiqlari” ilmiy yo‘nalishiga fizika-matematika fanlari doktori, professor A.Y.Narmanov rahbarlik qiladi. Professor A.Y.Narmanov 2000 yil 2 sentabrdan “Geometriya va matematika tarixi” kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlangan. Ushbu kafedra 2011 yil 2 dekabrdan “Geometriya” kafedrasi deb nomlandi.
A.Y.Narmanov bakalavriatning matematika yo‘nalishi talabalariga analitik geometriya, differensial geometriya va topologiya fanlaridan, magistratura talabalari uchun qatlamalar nazariyasi, gomologiyalar nazariyasiga kirish fanlaridan ma’ruzalar o‘qib kelmoqda. Kafedrada A.Y.Narmanov rahbarligida ilmiy seminar muntazam faoliyat olib bormoqda. A.Y.Narmanov rahbarligida o‘n beshta nomzodlik (PhD) dissertatsiyasi, bir nafar doktorlik (DSc) dissertatsiyasi himoya qilingan. A.Y.Narmanov tomonidan ikkita darslik, monografiya, o‘nta o‘quv qo‘llanma va yuzdan ortiq ilmiy ishlar chop etilgan. Professor A.Y.Narmanov Amerika Matematika jamiyati a’zosi hisoblanadi.
“Topologik fazolarning kardinal xossalari” ilmiy yo‘nalishiga fizika-matematika fanlari doktori, professor R.B.Beshimov rahbarlik qiladi. R.B.Beshimov 2006-2011 yillari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Geometriya” kafedrasida dotsent lavozimida ishlagan. 2016-2022 yillarda “Geometriya va topologiya” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. R.B.Beshimov Germaniyaning “Zentralblatt Mathematica”, Amerikaning “Mathematical Reviews” va “International Journal of Mathematics and Statictics”, Buyuk Britaniyaning “British Journal of Mathematics and Computer Science” jurnallarining ilmiy eksperti hisoblanadi.
R.B.Beshimov bakalavriatning matematika yo‘nalishi talabalariga differensial topologiya, matematika o‘qitish metodikasi fanlaridan ma’ruzalar o‘qib kelmoqda. Kafedrada R.B.Beshimov rahbarligida ilmiy to‘garak muntazam faoliyat olib bormoqda. R.B.Beshimov rahbarligida beshta PhD dissertatsiyasi himoya qilingan. R.B.Beshimov tomonidan monografiya, ikkita o‘quv qo‘llanma va ellikdan ortiq ilmiy ishlar chop etilgan.
“Noyevklid geometriya” yo‘nalishi bo‘yicha professor A.Artikbayev rahbarligida ilmiy ishlar olib borilgan. Bugungi kunda professor A.S.Sharipov va shogirdlari tomonidan ilmiy ishlar olib borilmoqda.
Geometriya va topologiya
Kafedra mudiri
BAYTURAYEV ASHUR MAXMADALIYEVICH
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Fan nomzodi, PhD
Ilmiy unvoni:
Dotsent
Qabul kunlari:
Dushanba-Juma, 09:00 – 17:00
Manzil:
Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
Kafedra tarixi
Kafedra tarkibi
Ilmiy faoliyat
Kafedrada magistratura, falsafa doktori (PhD), doktorantura (DSc) mavjud bo‘lib, 5 yil ichida 10 ta falsafa doktori (PhD) va 80 ga yaqin magistrlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilindi. Magistrantlar orasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Davlat stipendiyasi, Jahon olimpiada qatnashchilari bor.
Kafedra talabalarining ilmiy maqolalari respublikamiz va chet el davlatlarining nufuzli jurnallarida e’lon qilinmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilarining tashabbusi bilan respublikamizda Xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy konferensiyalar o‘tkazilmoqda.
Kafedrada muntazam ravishda ilmiy seminar faoliyat ko‘rsatadi. Unda chet el olimlari ham ma’ruza qilib kelmoqdalar.
Kafedraning yarim asrdan ko‘proq davr mobaynida olib borgan ilmiy tadqiqotlari ko‘plab monografiya va darsliklarda, yuzlab ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalarda o‘z aksini topdi.
Darsliklar:
- Narmanov A.Y. Differensial geometriya va topologiya. Buxoro, “Durdona”, 2024.
- Sharipov A.S. Analitik geometriya. Toshkent, “Tilsim” nashriyoti, 2023.
- Narmanov A.Y. Analitik geometriya. Toshkent, “Innovatsiya-Ziyo”, 2021.
- Y.Narmanov. Differensial geometriya. Toshkent, Turon-Iqbol, 2016.
Monografiyalar:
- А.Я.Нарманов. Геометрия орбит векторных полей и сингулярные слоения. Ташкент,
- Байтураев А.М. Геометрия поверхностей уровня. Ташкент, “Metodist Nashriyoti”, 2023.
- Саитова С.С. Геометрия векторных полей Киллинга. Т. “Ma’rifat”, 2024.
- Сафарова Д.Т. Кардинальные и топологические свойства ковариантных функторов конечной степени. Т. “Ma’rifat”, 2024.
- Мухамадиев Ф.Г. Кардинальные инварианты пространства сцепленных систем. Т, Университет, 2021.
- Бешимов Р.Б. Кардинальные инварианты ковариантных функторов в категории топологических пространств. Ташкент, “Университет”, 2022.
- Бешимов Р.Б. Слабая плотность топологических пространств. Ташкент, “Университет” нашриёти, 2021.
Grantlar:
- F-4-04 Qatlamali ko‘pxilliklar geometriyasi va topologiyasi (ilmiy rahbar: Narmanov A.Y.) (2012-2016 yy.).
- Ф-4-27 Исследование топологических и кардинальных свойств некоторых ковариантных функторов действующих на категориях топологических пространств (ilmiy rahbar: Beshimov R.B.) (2012-2016 йй.).
- F-4-42. Yarim additiv tau-silliq va Radon funksionallar fazolarining kardinal va topologik xossalari (ilmiy rahbar: Beshimov R.B.) (2017-2020 yy.).
- YF-4-6. Killing vektor maydonlari geometriyasi (ilmiy rahbar: Saitova S.S.) (2016-2017 yy.).
- MRU-ON-2017: Развитие геометрических и аналитических методов в задачах теории управления и дифференциальных играх (ilmiy rahbar: prof. A.Y.Narmanov, 2018-2019 yy., O‘zbekiston-Rossiya).
- UT-OT-2020-2 “T – figuralarning evklid va psevdoevklid fazolarida geometrik va kinematik invariantlari” nomli O‘zbekiston-Turkiya Xalqaro granti (loyiha rahbari: akademik J.Xadjiyev, 2021-2022 yy., O‘zbekiston-Turkiya).
- Yevropa Ittifoqining Erasmus + dasturining “Key Action 1 – Mobility for learners and staff – Higher Education Student and Staff Mobility” (2020-2027 Loyiha koordinatori: f.-m.f.d. R.B.Beshimov, O‘zbekiston-Gretsiya).
Geometriya va topologiya kafedrasida hozirda 60540100-Matematika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat va 70540101-Matematika mutaxassisligi bo‘yicha magistratura talabalariga quyidagi fanlar o‘qitiladi:
| № | Fan nomi | Fan haqida qisqacha ma’lumot |
| 60540100-Matematika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha | ||
| 1 | Analitik geometriya | Analitik geometriya fani – algebraik funksiyalar yordamida aniqlangan geometrik obyektlar, ya’ni chiziqlar va sirtlarni о‘rganish uchun zaruriy metodlarni o‘rganuvchi fan |
| 2 | Differensial geometriya va topologiya | Differensial geometriya va topologiya fani talabalarda geometrik obyektlarni o‘rganishda topologik metodlar va differensial hisob-kitob usullarini tadbiq qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi |
| 3 | Differensial geometriya | Differensial geometriya fanining vazifasi differensiallanuvchi funksiyalar yordamida parametrlangan geometrik obyektlar, ya’ni chiziqlar va sirtlarning xossalarini о‘rganishdan iborat |
| 4 | Chiziqli algebra va analitik geometriya | “Chiziqli algebra va analitik geometriya” fani muhandislik, fizika, texnika sohalarini o‘rganishda, ularning masalalarini yechishda, turli jarayonlarning matematik modellarini tahlil qilishda muhim ahamiyatga ega fandir |
| 5 | Matematika o‘qitish metodikasi | Matematika o‘qitish metodikasi fani oliy о‘quv yurtlarida talabalarda umumta’lim о‘rta maktablarida, akademik litseylarda matematik fanlarni о‘qitishda hozirgi zamon talablariga doir nazariy va amaliy bilimlarning malaka va kо‘nikmalarini shakllantiradi |
| 6 | Differensial topologiya | Zamonaviy matematikaning muhim sohalaridan biri bo‘lib, algebra, matematik tahlil, differentsial geometriya, topologiya sohalarning zamonaviy muammolarini hal qilishda differensial topologiya usullari kuchli vosita sifatida qo‘llaniladi. Bu fan matematika yo‘nalishi talabalariga dolzarb matematikaning yo‘nalishlari, masalalari bilan tanishish va ulardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishlarida muhim o‘rin tutadi. |
| 70540101-Matematika mutaxassisligi bo‘yicha | ||
| 1 | Gomologiyalar nazariyasiga kirish | Bu fan zamonaviy geometriyaning eng muhim sohalaridan biri bo‘lgan gomologiyalar gruppasi, singular gomologiyalar va topologik fazolarning gomologik gruppalari haqida bilimlarni o‘rganuvchi fan |
| 2 | Qatlamalar nazariyasi | Qatlamalar nazariyasi fanining maqsadi magistrantlarda zamonaviy geometriya asoslari, vektor maydonlar va ularning tabiat qonunlari, fizika va texnikaning turli jarayonlarida ishlatilishi kabi bilimlarni shakllantirishdan iborat. |
| 3 | Ilmiy tadqiqot metodologiyasi | Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi innovasion yondashuvlarning qonuniyatlari, prinsiplari, tizimlari, ilmiy ijodiyot faoliyatining shakli, usuli va tamoyillarini oʻrganishdan, magistrantlarda ilmiy-tadqiqot, kasbiy kompetentlik koʻnikmalarini shakllantirishdan iboratdir. |
Xalqaro hamkorlik
Kafedra professor-o‘qituvchilari Yaponiya, Shvetsiya, Gretsiya, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Turkiya, Qirg‘iziston kabi davlatlarda bo‘lib o‘tgan Xalqaro konferensiya, kongress va maktab-seminarlarida muntazam qatnashib kelmoqdalar.
Kafedraning Moskva davlat Universiteti, Sankt-Peterburg Davlat Universiteti, Novosibirsk Davlat Universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika instituti, barcha viloyatlardagi oliy o‘quv yurtlari, Warwick Universiteti (buyuk Britaniya) va Yaponiya Universitetlari va CIMPA, ICTP kabi ilmiy markazlar bilan aloqalari mavjud.