Matematik analiz kafedrasi 1938 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bu kafedraga prof. N.N.Nazarov asos solgan. Keyingi turli davrlarda kafedraga dotsent R.A.Shelkunov, prof. A.S.Arjanix, dotsent F.S.Xodjimullaev mudirlik qilganlar. 1966-1982 yillarda kafedraga professor L.I.Volkoviskiy mudir bo‘lgan. Bu davrda kafedrada professor L.I.Volkoviskiy boshchiligida Kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasining geometrik masalalari bo‘yicha ilmiy ishlar olib borildi. 1992-2001 yillarda kafedraga professor G.Xudoyberganov rahbarlik qildi. Bu davrda ham yuqoridagi ananalar davom ettirildi. 2001-2007 yillar oraligida fizika-matematika fanlari doktori B.A.Shoimqulov kafedraga rahbarlik qildi. 2012-2017 yillarda Matematik analiz kafedrasiga dotsent N.M. Jabborov mudirlik qildi. 1983-1992, 2007-2012 va 2017-2023 yillarda kafedraga akademik A.S.Sadullayev rahbarlik qilgan. A.S.Sadullayev rahbarligida Ko‘p kompleks o‘zgaruvchili funktsiyalar nazariyasi bo‘yicha ilmiy maktab yaratildi. O‘nga yaqin iqtidorli yosh mutaxasislar shu sohada ilmiy izlanishlar olib borib, xalqaro miqyosida tan olingan yutuqlarga erishdilar. 2023-yildan kafedrani professor B.A.Shoimqulov boshqarib kelmoqda.
Matematik analiz
Kafedra mudiri
SHOIMQULOV BAXODIR ALLABERDIYEVICH
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Fan doktori, DSc
Ilmiy unvoni:
Professor
Qabul kunlari:
Dushanba-Juma, 09:00 – 17:00
Manzil:
Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
Kafedra tarixi
Kafedra tarkibi
Ilmiy faoliyat
Kafedra azolari quyidagi bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.
Ulardan biri Ko‘p o‘zgaruvchili kompleks analiz va potentsiallar nazariyasi deb nomlanib, bu sohada professor G.Xudoyberganov, professor B.A.Shoimqulov, professor J.K.Tishabayev, professor S.A.Imomqulov, professor K.X.Raximov, dotsentlar T.T.Toychiev, E.M.Maxkamov, katta oqituvchilar N.X.Narzillaev, Sh.Y.Xursanov, S.I.Qurbonboyev faol ish olib bormoqdalar.
Keyingi yo‘nalish Kompleks analizning geometrik masalalari va dinamik sistemalar deb nomlanib, bu yo‘nalishda professor K.X.Raximov, dotsent N.H.Narzullayev, katta o‘qituvchilar Sh.Y.Xursanov, S.I.Qurbonboyev, Q.Q.Qo‘ldoshevlar samarali ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Matematik analiz kafedrasida hozirgi kunga qadar 10 dan ortiq fan doktorlari, 50 ga yaqin fan nomzodlari tayyorlandi.
Hozirgi kunda Matematik analiz kafedrasida 3 ta ilmiy seminar faoliyat korsatmoqda:
- Kompleks analizning zamonaviy muammolari (Akademik A.Sadullayev seminari)”.
Seminar otkazilish vaqti: har payshanba soat 12:00 da.
- Klassik sohalarda kompleks analiz
Seminar otkazilish vaqti: har seshanba soat 12:00 da.
Seminar rahbari: prof. B.A.Shoimqulov.
- Kompleks geomtriya va kompleks dinamik sistemalar
Seminar otkazilish vaqti: har juma soat 16:30 da.
Seminar rahbari: prof. K.X.Raximov.
Xalqaro hamkorlik
Bugungi kunda Matematik analiz kafedrasi xalqaro hamkorlik doirasida quyidagi nufuzli universitetlar va ilmiy markazlar bilan ilmiy aloqalar olib bormoqda:
- Rossiya Fanlar akademiyasining V.A.Steklov nomidagi matematika instituti,
- M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti,
- Amerika Qoshma Shtatlaridagi Indiana,
- Vashington (Sietll) universitetlari,
- Fransiyadagi P.Sabate (Tuluza),
- Provans (Marsel) universitetlari,
- Shvetsiyadagi Umeo universiteti,
- Mittag-Lefler, I
- taliyaning Piza universiteti,
- Singapur Milliy universiteti,
- Fransiayning Lill universiteti,
- Xitoyning SUSTech universiteti,
- Krasnoyarsk davlat universiteti,
- Fransiyaning CNRS ilmiy markazi.