Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Iqtisodiyot fakulteti tarkibida “Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment” kafedrasi 1991 yilda “Iqtisodiyot va ishlab chiqarishni boshqarish” nomi bilan tashkil etilgan.
1991–2002 yillarda kafedraga respublikada taniqli iqtisodchi i.f.d., prof. R.M.Muhiddinov, 2002-2005 yillarda i.f.n., dos. I.A.Sodiqova, 2006-2011 yillarda i.f.d., prof. A.A.Mamatov rahbarlik qilgan. “Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment” kafedrasi 2011 yilda “Mintaqaviy iqtisodiyot” va “Menejment” kafedralarini birlashtirish natijasida tashkil etilgan. “Mintaqaviy iqtisodiyot” kafedrasiga 2002-2011 yillarda g.f.d., prof. Qayumov A.A. rahbarlik qilgan.
2011-2012 yillarda kafedraga i.f.n., dos. N.G.Muminov, 2012-2016 yillarda g.f.n., dos. A.A.Xalmirzayev, 2016-2017 yillarda i.f.n., dots. R.N.Raxmonov, 2017–2018 yillarda i.f.n., dots. P.Z.Xashimov, 2018 – 2021 yillarda i.f.d., prof. A.M.Sodiqov, 2021 yildan i.f.d., prof. B.E.Tagayev rahbarlik qilmoqda.
Kafedra “Inson resurslarini boshqarish”, “Menejment”, “Mintaqaviy iqtisodiyot” yo‘nalishli bo‘yicha bakalavr va magistrlarni hamda 2025-2026 yil o‘quv yilidan “Biznesni boshqarish” (MBA-Master of Business Administration) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlamoqda.
Bugungi kunda kafedrada 2 ta fan doktori, professorlar, 4 ta fan nomzodi, dotsentlar hamda 1 ta PhD va 2 ta katta o‘qituvchilar hamda xorijlik yuqori malakali pedagog xodimlar faoliyat olib bormoqda.
Kafedrada falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash bo‘yicha “Menejment”, “Mintaqaviy iqtisodiyot” ixtisosliklari mavjud bo‘lib, bugungi kunda mahalliy tadqiqotchilar bilan bir qatorda 6 ta xorijlik mustaqil izlanuvchilar ilmiy tadqiqot olib borishmoqda.
Kafedrada iqtidorli talabalar uchun “Iqtisodchilar uchun menejment” to‘garagi tashkil etilgan bo‘lib, to‘garak aʼzolari respublika va xalqaro olimpiadalarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Kafedra dunyoning yetakchi oliy taʼlim muassaslari, shu jumladan, Germaniya, Rossiya, Belarus, Malayziya, Yaponiya, Xitoy va boshqalar bilan xalqaro aloqalar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.