Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Kafedra mudiri

REJAPOV XAYRULLO XIKMATULLAYEVICH
REJAPOV XAYRULLO XIKMATULLAYEVICH

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi:

Darajasiz

Ilmiy unvoni:

Unvonsiz

Qabul kunlari:

Manzil:

Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

Kafedra tarixi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiыlash” to‘g‘risidagi PF-5847-son Farmoni, 2021 yil 24 dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-60 son qarori hamda universitet Kengashining 2022 yil 29 iyundagi 13-son yig‘ilish qaroriga asosan “Moliya va kredit” kafedrasi Iqtisodiyot fakulteti qoshida tashkil etilgan. “Moliya va kredit” kafedrasini faoliyatini tashkil etish, kafedraga biriktirilgan yo‘nalishlarning malaka talablari va namunaviy o‘quv rejalari, namunaviy fan dasturlarini shakllantirish mas’uliyati, kafedra mudiri iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Rejapov Xayrillo Xikmatullayevichga yuklatildi.
    Faoliyatining dastlabki yillarida kafedra Iqtisodiyot fakulteti bakalavriat talabalari uchun bir qator fanlar, jumladan, “Bank ishi”, “Pul, kredit va banklar”, “Moliya”, “Moliya va kredit”, “Amaliy buxgalteriya”, “Davlat budjeti va g‘aznachilik tizimi”, “Investitsion loyihalarni moliyalashtirish”, “Iqtisodiy tahlil”, “Moliya, pul kredit”, “Soliq va soliqqa tortish”, “Moliya bozori va investitsiyalar”, “Moliya va kredit”  hamda “Makroiqtisodiy tahlil” kabi fanlardan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borish bilan shug‘ullandi. Bundan tashqari kafedraga Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universiteti (RFHMU) (THE Impact Rankings 2021, 601-800, QS University Rankings by Subject 2020 — 351—400) va O‘zbekiston Milliy universiteti bilan ochilgan qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha 60310100 – “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” bakalavriatura ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan ayrim fanlar biriktirilgan. Jumladan, “Ma’lumotlar tahlili”, “Buxgalteriya hhisobi va audit”, “Moliya”, “Iqtisodiy tahlil”, “Statistika”, “Makroiqtisodiyot”, “Jamoada ishlash va jamoa tuzish bo‘yicha trening”, “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy aloqalar”, “Mutaxassislikka kirish” va “Moliya universiteti tarix va zamonaviyligi” fanlaridan  va boshqa fanlar biriktirilgan.
    Kafedra 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab 60410700-“Budjet nazorati va g‘aznachiligi” va 60410400-“Moliya va moliyaviy texnologiyalar” bakalavriatura ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qabul kunduzgi va 60410700-“Budjet nazorati va g‘aznachiligi” bakalavriatura yo‘nalishiga sirtqi ta’limga qabul amalga oshirildi.
    Hozirgi kunda “Budjet nazorati va g‘aznachiligi” bakalavriatura kunduzgi ta’lim yo‘nalishida 44 nafar, “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” yщnalishida 19 nafar talabalar tahsil olmoqdalar. Aytish joizki, ushbu yo‘nalish va mutaxassislik o‘quv rejalari ko‘plab yuqori reytingga ega bo‘lgan xorijiy universitetlar o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini o‘rganish asosida yaratildi.

Kafedra tarkibi

SHOHA’ZAMIY SHOHMANSUR SHOHNAZIR O‘G‘LI

Shoha’zamiy Shohmansur Shohnazir o‘g‘li

Professor(1,00 stavka)

Batafsil
JABBAROV KAMOLIDDIN YO‘LDOSHEVICH

Jabbarov Kamoliddin Yo‘ldoshevich

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
UMURZAKOVA MO‘’TABARXON NODIR QIZI

Umurzakova Mo‘’tabarxon Nodir qizi

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
AKIMNIYAZOV TIMUR BAZARBAYEVICH

Akimniyazov Timur Bazarbayevich

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
BAXTIYOROV BOBUR BAXODIR O‘G‘LI

Baxtiyorov Bobur Baxodir o‘g‘li

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
MAXKAMOVA NADIRA SAIDMURATOVNA

Maxkamova Nadira Saidmuratovna

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
NARMANOV ULUG‘BEK ABDUGAPPOROVICH

Narmanov Ulug‘bek Abdugapporovich

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
SOTVOLDIYEV ALISHER DILSHOD O‘G‘LI

Sotvoldiyev Alisher Dilshod o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
G‘AYBULLAYEVA ZILOLA RAXMATULLO QIZI

G‘aybullayeva Zilola Raxmatullo qizi

Stajer-o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
QAYUMOVA SHODIYA SOBIR QIZI

Qayumova Shodiya Sobir qizi

Stajer-o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
G‘AFUROV OLIMJON G‘OLIB O‘G‘LI

G‘afurov Olimjon G‘olib o‘g‘li

Assistent(1,00 stavka)

Batafsil

Ilmiy faoliyat

Uzbek Content

Xalqaro hamkorlik

Kafedrada xalqaro hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida bir qancha xorijiy mutaxassislar ishtirokida seminarlar o‘tkazilmoqda va ularni o‘quv jarayoniga ham jalb qilinmoqda. O‘zbekiston Milliy universitetining milliy va xalqaro reytinglardagi mavqeini oshirish maqsadida Moliya va kredit kafedrasiga Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universiteti (RFHMU) (THE Impact Rankings 2021, 601-800, QS University Rankings by Subject 2020 — 351—400) faoliyat yuritayotgan professor Sыganov Aleksandr Andreyevich(h-indeks-9, i10-indeks-6) va i.f.n. dotsent v.b. Selivanova Marina Aleksandrovna (h-indeks-7, i10-indeks-5)larni  qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha 60310100 – “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” yo‘nalishida taxsil olayotgan  talabalarga bilimlarni yanada mustahkam egallashlari uchun professor-o‘qituvchilar tashqi o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilindilar.