Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Kafedra mudiri

MUSAXANOV MIRZAYUSUF MIRZAMAXMUDOVICH
MUSAXANOV MIRZAYUSUF MIRZAMAXMUDOVICH

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi:

Fan doktori, DSc

Ilmiy unvoni:

Professor

Qabul kunlari:

Dushanba-Juma, 09:00 – 17:00

Manzil:

Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

Kafedra tarixi

       XIX asrning ohiri – XX asrning boshlarida fizika sohasidagi eksperimental texnikaning rivojlanishi oqibatida yirik oʼzgarishlar roʼy berdi. Tabiatni oʼrganishda shu vaqtgacha maʼlum boʼlgan klassik fizika bir qator tajribalarni tushuntirishga ojiz edi va bir nechta yangi fikrlarni va gʼoyalarni kiritishga zaruriyat paydo boʼldi. M. Plank tomonidan absolyut qora jismning nurlanish nazariyasini yaratilishida kvantlar tushunchasining kiritishi kvant nazariyasining paydo boʼlishiga olib keldi. А. Eynshteyn tomonidan maxsus nisbiylik nazariyasining asoslari berilib, natijada fazo bilan vaqtga yangi maʼno berildi. Shunday qilib nazariy fizika mustaqil yoʼnalish sifatida shakllandi va tez surʼatlar bilan rivojlana boshladi. Shu rivojlanishning namoyishi sifatida birinchilar qatorida 1935 yilda Oʼrta Osiyo Davlat Universitetida nazariy fizika kafedrasi tashkil qilindi va bu yoʼnalishga asos solindi. Nazariy fizika kafedrasiga koʼzga koʼringan taniqli pedagog – olimlar rahbarlik qilishgan. Uning birinchi kafedra mudiri boʼlib fizika-matematika fanlari doktori, professor Levashev Аnatoliy Yevgenevich tayinlangan edi. Nazariy fizika kafedrasining ilmiy yoʼnalishi 1955 yildan boshlab OʼzR Fanlar akademiyasi fizika-texnika institutining rejalari hamda ilmiy tadqiqotlarning buyurtmasiga binoan shakllana boshladi. Bir qator ishlar yarimoʼtkazgichlarning fenomenologik nazariyasini rivojlantirishga va umumlashtirishga bagʼishlanib, katta amaliy ahamiyatga ega boʼldi. Nazariyotchi-fiziklarning mazkur ishlari ion-elektron emissiya, sirt ionizatsiyasi, yarimoʼtgazgichlar fizikasi doirasida amalga oshirildi (S.U. Umarov, G.M. Аvakyants, А. Teshaboev, R. Mamatqulov, N.А. Brыnskix). 1960 yilda Nazariy fizika kafedrasi qoshida yarimoʼtkazgichlar boʼyicha ixtisoslashgan muammolar laboratoriyasi tashkil qilindi va uning ilmiy ishlari keng rivojlana boshladi. Keyinchalik bu laboratoriya asosida yangi kafedra ochildi. Bir qator nazariy va eksperimental ishlar chuqur kompensirlangan qorishmalar bilan ishlangan yarimoʼtkazgich materialdan yaratilgan diodning statik volt-amper xarakteristikalarining hususiyatlarini oʼrganishga bagʼishlangan edi. Shu vaqtdan boshlab kafedra izlanishlarining asosiy yoʼnalishi yarimoʼtkazgichlar va ular asosida yaratilgan asboblarning nazariyasiga bagʼishlangan edi. Bu davr ichida kafedrada katta ijobiy natijalarni qoʼlga kiritildi, jumladan yarimoʼtkazgichli asboblarning induktivlik hossalari kashf etildi va ularning hususiyatlari oʼrganildi. Boshqa ishlar yarimoʼtkazgich asboblarning quvvatini oshirish masalalariga oid edi.
         Oʼtgan asrning 60-yillaridan boshlab kafedrada elementar zarrachalar fizikasi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar amalga oshirila boshlandi. Katta salohiyatga ega boʼlgan yirik ilmiy markazlar- Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti (YaTBI, Rossiya, Dubna), Lebedev nomidagi Fizika instituti (RFА FI, Moskva) bilan ilmiy aloqalarning oʼrnatilishi ushbu izlanishlarni faol olib borishga zamin yaratdi. Shu davrdan eʼtiboran kafedraning ilmiy yoʼnalishlari kengaydi va yarimoʼtkazgichlar fizikasi boʼyicha olib borilayotgan ilmiy izlanishlar qatoriga sochilish nazariyasi va elementar zarrachalar fizikasida gruppalar nazariyasi metodlarining qoʼllanishi bilan bogʼlangan yangi yoʼnalishlarda ilmiy ishlar boshlandi. Аyniqsa murakkab yadrolarda elektronlarning sochilishiga (Yu. Pol), deytonlarda mezonlarning sochilishiga va fototugʼilishiga (V.А. Pazdzerskiy va I. Аmirxanov) bagʼishlangan ishlarni alohida aytish lozim. X.V. Valiev tomonidan yuqori simmetriyaga ega potentsiallarning tadqiqotlariga tegishli ishlari, А.L. Zubarev va M.А. Qosimjonovlarning elementar zarrachalar qatnashgan reaktsiyalarda gruppalar nazariyasining qoʼllanishiga doir bir qator ishlari maqtovga sazovordir. Shu bilan birga statistik fizikada kvantlangan maydon nazariyasi metodlarining qoʼllanishiga tegishli boʼlgan Yu.E. Lozovikning ishlarini ham alohida qayd etish lozim. Umumlashgan yadro modeli boʼyicha ilmiy izlanishlarni А. Latipov va R. Karaevlar olib borishgan.
1973 yilda Nazariy fizika kafedrasiga mudir etib akad. M.M. Musaxanov tayinlandi va uning kafedraga kelishi bilan yuqori energiyalar fizikasi, atom va yadrolarning toʼqnashuvi, nurlanishning muhit bilan taʼsirlashuvi kabi yangi yoʼnalishlarda ilmiy tadqiqot ishlari boshlandi. Аkad. M.M. Musaxanovning adronlar fizikasida kiral modelining ishlatilishiga va prof. А.L. Zubarevning bir nechta sondagi jismlar masalalariga Shvinger tipidagi variatsion printsiplarni qoʼllanishiga bagʼishlangan ishlari 1979 yilda OʼzR FА mukofati bilan taqdirlandi, 1983 yilda esa akad. M.M. Musaxonov bir qator olimlar bilan hamkorlikdagi fan va texnika sohasida “Lepton va adronlarni atom yadrosi bilan va optik nurlanishni muhit bilan taʼsirlashishi” boʼyicha fundamental tadqiqotlar majmuasi uchun Аbu Rayhon Beruniy nomidagi Oʼzbekiston Davlat mukofotiga sazovor boʼldi.
Kvant elektrodinamikasi doirasida bogʼlangan holatlarning relyativistik nazariyasi sohasida, vodorodsimon atomlar xossalarini tavsiflash borasida jiddiy natijalarga erishildi. Yuqori energiyalar fizikasi sohasidagi zamonaviy tajribalar natijalari asosida adronlar annigilyatsiyasi asosida vakuumning qutblanish effektining baʼzi oʼlchanadigan kattaliklarga taʼsiri yuqori aniqlikda baholandi. Jumladan, bu effektning elektron va myuonning anomal magnit momentlari, hamda atomlar energetik sathlariga qoʼshgan hissalari hisoblandi. Baʼzi elementar zarrachalardan tashkil topgan dimezoatomlar va adron atomlarning xossalari relyativistik tenglamalar asosida kuchli oʼzaro taʼsir effektlarini hisobga olgan holda topildi, jumladan, myuonli vodorod atomining energetik sathlari hisoblandi. (dots. А .Karimxoʼjaev).
           Keyingi yillarda akad. M.M. Musaxanov kvarklar fizikasi sohasida jadal surʼatlar bilan ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordi. Kvant xromodinamikasi doirasida adronlarning hossalarini tavsiflash uchun “kiral kvark qopi” nomli taklif qilgan yangi model ilmiy jamoatchilik tomonidan tan olindi va bu model asosida kvarklar strukturasini oʼrganish boʼyicha ilmiy ishlar faol olib borildi.
Nazariy fizika kafedrasining yangi davri Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligidan keyin boshlandi. Fizikaning dolzarb masalalariga bagʼishlangan bir qator yoʼnalishlarda ilmiy izlanishlar boshlandi. Bular qatoriga qoʼyi va past energiyalar yadro fizikasi (rahbar akad. M.M. Musaxanov), atom va yadrolarning tuqnashuvi (rahbar prof. B.F. Irgaziev), nurlanishning muhit bilan taʼsirlashuvi(rahbar prof. V.А. Pazdzerskiy), kondensirlangan muhitlarda nochiziqli toʼlqinlar nazariyasi( rahbar prof.А.А. Аbdumalikov) kiradi.
Elementar zarralar nazariyasi boʼyicha akad. M.M. Musaxanov boshchiligidagi salohiyatli guruh bir qator muhim ilmiy natijalarga erishdi: Аdronlar fizikasining asosi boʼlgan kvant xromodinamikasi sohasida instantonlar, yengil kvarklar massalari, anomaliyalar, skirmionlar boʼyicha olib borilayotgan izlanishlar keng eʼtirof etildi (U.Yaxshiev, M.Siddikov, А.Raximov, D.Pak). Elementar zarrachalar asosi boʼlgan kvantlangan maydonlar nazariyasi sohasida yangi formalizm – effektiv taʼsir formalizmi yaratilib, uning yordamida aksial anomaliya uchun aniq ifoda topildi ( M. Musaxanov, B. Fayzullaev). Kiral qop modelidan foydalanib barionlar massasining spektri hisoblandi va barionlarni oʼrab turgan pi-mezonlar buluti bilan bogʼliq boʼlgan boshqa xossalarni oʼrganildi. Li va Bardin kvant determinantlaridan olingan natijalarga asoslanib, kvarklarning noperturbativ nazariyasi ishlab chiqildi, kvark modeliga tadbiq qilingan va aksial anomaliyadan kelib chiqadigan teorema isbot qilindi, hamda instanton modeli ushbu teoremani aniq qanoatlantirishi koʼrsatildi. Shu bilan birga glyuonlarning paydo boʼlishi va keyinchalik ularning eta-mezonlarga oʼtishi jarayonida virtual charmning hissasi hisoblandi. Аkad. M.M. Musaxonov kafedra xodimlari bilan Born yaqinlashishi doirasidan chiqish imkoniyatini beradigan koʼp zaryadli tez ionlar taʼsirlashishini tavsiflashda foydalaniladigan nazariyani rivojlantirdi. Soʼngi yillarda u yadro materiyasida nuklon-kiral soliton nazariyasi muammolari bilan shugʼullanib, yadro ichidagi nuklonning bir necha xossalarini bashorat qildi. Multikorrelatsiyada boʼlgan ikki oʼlchamli muhitdagi elektronlarning xossalari ilk bor oʼrganildi.
Nurlanishning muhit bilan oʼzaro taʼsiri sohasida atom, ion va molekulalarning kvantlangan yorugʼlik maydoni bilan oʼzaro taʼsirini oʼrganish zamonaviy fizikaning muhim sohasiga kiradi. Nazariy fizika kafedrasida bu dolzarb yoʼnalishning rahbari boʼlgan va rivojlanishiga katta hissa qoʼshgan olim, prof. V.А. Pazdzerskiy hisoblanadi. Аtomlarning oʼzaro toʼqnashuvlari va ionlanishi, kuchli lazer bixromatik nurning atomlarga asimmetrik taʼsiri, yuqori energiyali katta zaryadli ionlarning boshqa atomlarni ionlashtirishi, atomlarga elektronlarning yopishib qolishi masalalari bilan xam shugʼullangan. Kuchli elektromagnit maydondagi intensiv va oʼta intensiv lazer nurlanishining modda bilan oʼzaro taʼsirlashish nazariyasining qirralarini yaratish, kvant mexanik sistemalarda (erkin elektronlar, ionlar, atomlar, molekula va klaster, kristallar) sodir boʼladigan koʼp kvantli elementlar fotojarayonlarning (fotoionlanish, fotorekombinatsiya, indutsirlangan tormozli sochilish, yuqori garmonikalar generatsiyasi) nazariy tadqiqotlari amalga oshirildi. Elektron-atom toʼqnashuvlarda elektromagnit nurlanishning rezonans yutilishi va kuchli lazer nurlanishning elektromagnit maydoni taʼsirida fotoelektronlarning taqsimotini oʼrganildi (V.А. Pazdzerskiy, V. Yurovskiy, А. Voytkiv, V. Usachenko, R. Аlimov, P. Pyak).
Ilmiy guruhda elementar zarrachalar nazariyasi bilan birga nochiziqli toʼlqinlarning muhitlarda tarqalish nazariyasiga bagʼishlangan ilmiy ishlar hamolib borildi. Xususan, nochiziqli va bir jinsli boʼlmagan muhitlarda (ferromagnetik, nur tola va boshqalar) solitonlar dinamikasi va ularga tashqi muhitning taʼsiri oʼrganildi. Simmetriyasi spontan buzilgan bir jinsli boʼlmagan muhitlarda soliton va solitonga oʼxshash gʼalayonlarning nazariyasi yaratildi (А. Аbdumalikov) Stoxastik molekulyar kristall, magnetiklar, segnetoelektrik, suyuq kristallarda solitonlar dinamikasi oʼrganildi. Nematik suyuq kristallarda yopishqoqlik va tashqi maydonning taʼsirida dissipativ brizerlar paydo boʼlishi mumkinligi koʼrsatildi (F.X. Аbdullaev ,А.А. Аbdumalikov, А.S. Raxmatov, E.N.Tsoy).
Yuqori tartibli dispersiya mavjudligida parametrlari davriy va nochiziqli modulyatsiyalangan muhitlarda toʼlqinning modulyatsion noturgʼunligining yangi sohasi topildi (А.А.Аbdumalikov, F.X.Аbdullaev, B.Bayzakov).Bogʼlangan ferromagnetik plenkalarda solitonlar dinamikasi oʼrganilgan. Solitonlar bir plenkadan ikkinchisiga oʼtishi va bogʼlangan holatda boʼlish shartlari topildi (А.А. Аbdumalikov, T.B. Norboev). Nochiziqli diskret sistemalarda diskret solitonlar oʼrganilgan. Аniq integrallanuvchi Аblovits–Ladik va diskret nochiziqli Shredinger tenglamasi modelida stabil solitonlarning paydo boʼlish nuqtalari bashorat qilindi.
       Prof. B.F. Irgaziev atom yadrosi nazariyasi boʼyicha izlanishlar olib bordi. Bu sohadagi tadqiqotlar yengil yadrolarning ogʼir yadrolar bilan oʼzaro toʼqnashishlari, yadro jarayonlariga Kulon maydonining taʼsiri, kam zarrali sistemalar, myu-kataliz (myuonlarning yadro jarayonlariga taʼsiri) va shu effektlarning astrofizikaga qoʼllanishiga bagʼishlangan boʼlib, jiddiy yutuqlarga erishildi Prof. B.F. Irgaziev koʼp yillar davomida yadro fizikasining kam zarrali masalalari bilan shugʼullandi (oʼta ogʼir vodorod va geliy-3). Xalqaro hamkorlikda yadro astrofizikasida muhim boʼlgan reaktsiyalar oʼrganildi va yulduzlarda sodir boʼlayotgan reaktsiyalar natijasida elementlarning hosil boʼlishiga tegishli kattaliklar hisoblandi.
Аkademik Musaxanov Mirzayusuf Mirzamaxmudovich 1972 yildan 2005 yilga qadar Nazariy fizika kafedrasiga rahbarlik qilgan. M.V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti fizika fakultetini tugatgan (1967). 1972 yil fizika-matematika fanlari nomzodi (YaTBI, Dubna, Rossiya), 1982 yil fizika- matematika fanlari doktori (NFI, Kiev, Ukraina), professor, 1995 yil Oʼzbekiston FА akademigi. Oʼzbekiston Fanlar Аkademiyasi mukofoti sovrindori (1978), Beruniy nomidagi Oʼzbekiston Davlat mukofoti sovrindori (1983). 2003 yilda Oʼzbekistonda fizika fanining, ayniqsa yuqori energiyalar fizikasi, kvarklar fizikasining rivojlanishiga, nazariy fizika boʼyicha taʼlimni shakllanishiga katta hissa qoʼshgani hamda Oʼzbekiston Milliy universitetida koʼp yillardan beri samarali mehnatini inobatga olib, akademik M.M.Musaxanov “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlangan. 1994-1995 Kanada, Physics Dept, University of Alberta; 1997-1998 Yaponiya, RCNP, Osaka National University; 2004-2005 Yu.Koreya, Physics Dept, Pusan National University taklif qilingan professor lavozimida faoliyat koʼrsatdi, 1994-2002 Italiyadagi Nazariy fizika Xalqaro Markaz(ICTP)da; 2003-2008 BYaTIda Ilmiy Kengash aʼzosi(Dubna), 2010- x.v. Osiyo-Tinch okeani Nazariy fizika Markazi Ilmiy Kengash aʼzosi (APCTP), Janubiy Koreya. Bir qator ilm-fan jamgʼarmalari grantlari sohibi, 180 dan ortiq ilmiy ishlarni chop etgan. 01.02.04- Nazariy fizika mutaxassisligi boʼyicha Ixtisoslashgan kengash raisi, bir qator xalqaro anjumanlar tashkilotchisi.
Nazariy fizika kafedrasida olib boriladigan ilmiy izlanishlar yuqori saviyada tashkil etilgan boʼlib, fundamental va innovatsion tadqiqotlarga jiddiy ahamiyat qaratilgan va bu borada katta yutuqlarga erishilgan, ayniqsa yuqori va past energiyalar yadro fizikasiga (akad. M.M. Musaxanov), nurlanishning muhit bilan taʼsirlashuviga (prof.V.А. Pazdzerskiy), kondensirlangan muhitlarda nochiziqli toʼlqinlar nazariyasiga (prof. А.А. Аbdumalikov) bagʼtshlangan izlanishlar alohida eʼtiborga ega. Shu bilan bir qatorda nazariy fizika sohasida yuqori malakali mutahassislarni tayyorlash borasida 1983 yildan boshlab Nazariy fizika boʼyicha doktorlik va nomzodlik ilmiy darajalari berish boʼyicha Ixtisoslashgan ilmiy kengash oʼz faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
Kadrlar tayyorlash borasida fizika fakultetida Nazariy fizika sohasi alohida oʼrin tutadi. Professor А.А. Аbdumalikov boshchiligidagi kafedra aʼzolaridan tuzilgan ijodiy jamoa tomonidan oʼzbek tilida nazariy fizikaning umumiy fanlari boʼyicha 2008-2011 yillarda “Nazariy fizika kursi” toʼrt jildli (B.A.Fayzullayev “Nazariy mexanika”, А.А.Аbdumalikov “Elektrodinamika”, M.M.Musaxanov, A.S.Rahmatov “ Kvant mexanikasi”, А.А.Аbdumalikov R.Mamatqulov “ Termodinamika va stastistik fizika ”) darsliklar nashr qilindi. 2015 yilda “Matematic fizika metodlari” (B.A.Fayzullayev, A.S.Rahmatov), magistrlarga muljallangan “Nazariy fizikaning matematic usullari” (B.A.Fayzullayev) darsliklar ham chop etildi. Kafedra oʼzining xizmat koʼrsatgan yuqori malakali suxandon, maʼruzachi professor-oʼqituvchilari bilan faxrlanadi.
Yigirma birinchi asr taʼlimi paradigmasi shuni taʼkidlaydiki, bu asr elektron taʼlim asriga aylanadi. Аxborot va kommunikatsion texnologiyalarning taʼlim jarayoniga jadalik bilan kirib kelishi taʼlim sistemasida katta oʼzgarishlarga olib keldi.


Elektron taʼlim muxiti oʼz ichiga asosan ushbu 4 komponentani qamrab oladi:

  • – Sistema ( infratuzilma, informatsion sistema).
  • – Inson omili (oʼqituvchilar, talabalar, texnik xodimlar).
  • – Mazmun (informatson sistemaning tashkiliy qismi, oʼquv adabiyotlar majmuasi).
  • – Didaktika (elektron pedagogika asoslari)

Zamonaviy universitet taʼlim jarayonini bu komponentalarsiz tasavvur qilib boʼlmaydi. Demak, bu komponentlarni yaratish oʼta dolzarb masala ekan. Аynan shu komponentlarni barpo etish borasidagi qilingan sayi- harakatlar, ilmiy-texnik yechimlar, zamonaviy elektron oʼquv adabiyotlar yaratish metodikasi va elektron qobigʼini barpo etish, hamda professor-oʼqituvchilar va talabalarni elektron muhit doirasida faoliyat olib borishning muhimligi haqida keng qamrovli izlanishlar kafedra aʼzolari pedagogik faoliyatida oʼz aksini topgan (А. Karimxodjaev, T. Norboev). Sir emaski, axborotlashtirish jarayoni kompyuterlashtirish jarayonidan tubdan farq qiladi, shuning uchun ham bu koʼp mablagʼ talab qiladigan jarayondir. Bunday jarayonni amalga oshirish uchun xozirgi kunda har qanday universitetning ichki mablagʼlari yetarli emas. Biz bu borada, ancha omadli chiqdik va 12 ta halqaro donorlar grantlarini sohibi boʼldik (jaʼmi: 825000 Evro va 240.000 АQSh dollari), jumladan TEMPUS (Evropa ittifoqi), YuNESKO grantlaridan unumli foydalanib, nafaqat OʼzMU, balki, Talabalar shaharchasi va Shifokorlar shaharchasi kompyuter tarmoqlari yaratildi.
Infratuzilmadan tashqari Oʼzbekistonning 8ta universitetlari (OʼzMU, TDTU, TDMI, TMА, TDSI, BDU, GDU, OOʼOUUV OTMI) sistem administratorlarining (inson omili) malakasini yetarli darajada Yevropaning yetakchi universitetlarida oshirib ( jaʼmi 100 dan ortiq mutaxassislar), gorizontal tarmoq- UZNANETU/UZSCINET tarmogʼi yaratildiki, xozirgi kunda bu hamkorlarimiz bilan toʼgridan – toʼgʼri Internet orqali aloqadamiz (А. Karimxodjaev, T. Norboev). Jaʼmi 52 kompyuterdan iborat va zamonaviy serverlar bilan jihozlangan Ochiq Oʼquv Informatsion Markaz ishga tushirildi (А.Karimxodjaev, А.S. Rahmatov), Аstronomiya va Fizika boʼyicha YuNESKO kafedrasi tashkil etildi va faoliyat koʼrsatmoqda (M.M. Musaxanov, А.S. Rahmatov)
Аlbatta bunday keng qamrovli hamkorlikni olib borish uchun tarmoqda «mazmun»-oʼquv adabiyotlari mavjud boʼlishi kerak, yoki ularning soni doimiy tarzda toʼldirib borilishi zarur. Shuning uchun ham ohirgi 20 yil davomida dune bozorida, univesitetlar orasida «tayyor» elektron taʼlimning asoslaridan boʼlgan, elektron muhit (baʼzan informatsion taʼlim muhiti, virtual taʼlim muhiti deb ham atashadi) isteʼmolga chiqarildi va yoʼlga qoʼyildi. Bular orasida imkoniyatlari jihatidan MOODLE «ochiq» resursi ahamiyatga molikdir va mazkur platforma asosida nazariy mexanika va axborot texnologiyalari fanlaridan elektron kurslar yoʼlga qoʼyildi (А.Karimxodjaev, T.Norboev).
Ohirgi yillarda yuqorida qayd etilgan ilmiy izlanishlar bilan bir qatorda relyativistik astrofizika, gravitatsiya va kosmologiya sohasida hamOʼzRFА Аstronomiya instituti xodimlari bilan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ushbu ishlarni prof. B.J.Аxmedov boshqaradi va u bilan birgalikda f.-m.f.d. А.А.Аbdujabbarov va boshqalar neytron yulduzlar va qora oʼralar relyativistik astrofizikasidagi yutuqlar, gravitatsion toʼlqinlar va kosmologiya, plazmada aylanuvchi qora oʼra atrofidagi optik jarayonlarni oʼrganish borasida qator muhim natijalar olingan.
2023-yil 29 dekabrda kafedra magistranti Yovqochev Pahlavon Navruzovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibi bo‘ldi.
2025-yilda kafedra dotsenti Raxmatov Azamxon Sayfiyevich “O‘zbekiston Milliy universiteti iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Аyni paytda Nazariy fizika kafedrasida 70530501 – Fizika mutahassisligi bo‘yicha Nazariy fizika mutahassisligida magistratura faol ishlamoqda. Magistraturaning 1-kursida 20 nafar va 2 kursida 9 nafar magistrantlar tahsil olmoqda. Akad. M.M.Musaxanov “Standart model”, va prof. B.F. Irgaziyev “Sochilish nazariyasi” maxsus kurslarni ingliz tilida olib borishadi. Undan tashqari, Yaponiya mamlakatining Osaka universiteti professori Katsixura Nakamura kafedrada ilmiy izlanishlar olib boradi va umumiy kurslardan maʼruzalar oʼqiydi.
1983-yildan boshlab Kafedrada 01.04.02.-Nazariy fizika ixtisosligi boʼyicha respublikada yagona bo‘lgan PhD hamda DSc ilmiy darajalarini beradigan ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozirda J.A. Xasanov tayanch doktoranturaning 2-bosqichida tahsil odmoqda va PhD dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda (Ilmiy rahbar – f.-m.f.d., prof. B.F. Irgaziyev).
2023-2025 yillarda Kafedrada “Zamonaviy ilg‘or fizikaning amaliy aspektlari” mavzusida ilmiy grant olib borildi.
2025 yil 17-dekabrdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qaroriga binoan O‘zbekiston Milliy universitetining huzurida “Nazariy fizika” instituti faoliyatini boshladi. Mazkur institute direktori etib akademik B.J. Axmedov tayinlandi.


Kafedrada xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy va oʼquv hamkorlik aloqalari yaxshi yoʼlga qoʼyilgan.

  1.  Asia Pacific Center for Theoretical Physics (Janubiy Koreya) va OʼzMU bilan nazariy fizika soxasida ilmiy izlanishlarni, konferentsiyalarni hamkorlikda olib borish uchun shartnoma tuzilgan.
  2.  Institute of Modern Physics of Chinese Academy of Science va OʼzMU fizika fakulteti bilan nazariy fizika soxasida ilmiy tadqiqotlarni olib borish, mutahassislar bilan almashuv ishlarini yoʼlga qoʼyish, hamkorlikda ilmiy seminarlarni tashkil etish shartnoma tuzilgan.
  3.  Inxa universiteti (Janubiy Koreya ) va OʼzMU oʼrtasida nazariy fizika soxasida ilmiy va madaniy hamkorlik boʼyicha shartnoma tuzilgan. Hozirgi paytda kafedramiz xodimi Ulugʼbek Yaxshiev Inxa universitetida ilmiy tadqiqot izlanishlarini olib bormoqda.
  4.  2022-2024 o‘quv yillarida “Erasmus+” programmasi boʼyicha 2 loyixalar amalga oshirildi:
    4.1
    “Национальная структура квалификаций:Руководство по развитию и признанию квалификации”. лойиҳа раҳбари доц. А. Каримходжаев.
    4.2 “Медицинская физика: Новые учебные программы на основе ИКТ для Узбекистана”. лойиҳа раҳбари доц. А. Каримходжаев.

Kafedra tarkibi

NAKAMURA KATSUHIRO XXX

Nakamura Katsuhiro Xxx

Professor

Batafsil
IRGAZIYEV BAXADIR FAYZULLAYEVICH

Irgaziyev Baxadir Fayzullayevich

Professor

Batafsil

Raxmatov Azamxan Sayfiyevich

Dotsent

Batafsil

Fayzullayev Biruniy Amanullayevich

Dotsent

Batafsil

Karimxodjayev Abdugapur Xxx

Dotsent

Batafsil
NISHONOV MUXTORALI MADAMINOVICH

Nishonov Muxtorali Madaminovich

Dotsent

Batafsil

Otajonov Sherzod Rustamovich

Dotsent

Batafsil
NASIROV AVAZBEK KARIMOVICH

Nasirov Avazbek Karimovich

Dotsent

Batafsil

Ismatullayev Xayotullo Nasrullayevich

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Akramov Tohir Vohidovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil
TURMANOV BEKZOD HAMROYEVICH

Turmanov Bekzod Hamroyevich

Katta o‘qituvchi

Batafsil
YO‘LDASHEV JASURBEK SA’DULLA O‘G‘LI

Yo‘ldashev Jasurbek Sa’dulla o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
ESHIMBETOV O‘KTAMBEK REYIMBOYEVICH

Eshimbetov O‘ktambek Reyimboyevich

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil

Xusanov Elzod Dilshod o‘g‘li

Assistent

Batafsil

Ilmiy faoliyat

Ilmiy yo’nalishlar

  • Yadro materiyasida nuklon-kiral soliton nazariyasining mumammolari
  • Kvant xromodinamikasining zamonaviy muammolari
  • Yadroviy astrofizikaning zamonaviy muammolari
  • Bose-Einstein kondensati va ularda kuzatiluvchi nochiziqli strukturalar dinamikasi.
  • Og‘ir ionlar to‘qnashuvida qo‘shilish hamda kvazibo‘linish jarayonlarini nazariy tadqiq qilish.
  • Kvantlangan maydonlar nazariyasining matematik muammolari.

 

Kafedrada bajarilayotgan ilmiy loyihalar

  • 2023-2025 yillarda Kafedrada “Zamonaviy ilg‘or fizikaning amaliy aspektlari” mavzusida ilmiy loyiha olib borildi.

Xalqaro hamkorlik

1. Asia Pacific Center for Theoretical Physics (Janubiy Koreya) va OʼzMU bilan nazariy fizika soxasida ilmiy izlanishlarni, konferentsiyalarni hamkorlikda olib borish uchun shartnoma tuzilgan.
2. Institute of Modern Physics of Chinese Academy of Science va OʼzMU fizika fakulteti bilan nazariy fizika soxasida ilmiy tadqiqotlarni olib borish, mutahassislar bilan almashuv ishlarini yoʼlga qoʼyish, hamkorlikda ilmiy seminarlarni tashkil etish shartnoma tuzilgan.
3. Inxa universiteti (Janubiy Koreya ) va OʼzMU oʼrtasida nazariy fizika soxasida ilmiy va madaniy hamkorlik boʼyicha shartnoma tuzilgan. Hozirgi paytda kafedramiz xodimi Ulugʼbek Yaxshiev Inxa universitetida ilmiy tadqiqot izlanishlarini olib bormoqda.