Bugungi kunda Jurnalistika fakulteti tarkibidagi O‘zbek tilshunosligi kafedrasi 1991-2016 yillarda, ya’ni mustaqillikning 25 yili davomida O‘zbek filologiyasi fakulteti tarkibida bo‘lgan. O‘zbek tilshunosligi (kaf. mudiri prof. K.Nazarov, Yo.Tojiev, R.Sayfullaeva, prof. M.Qurbonova), Umumiy tilshunoslik (kaf. mudiri prof. Sh.Raxmatullaev, dotsent M.Qodirov, A.Juraev, X.Dadaboev, dotsent B.Abdushukurov), Fakultetlararo o‘zbek tili va turkologiya (kaf. mudiri I.Qo‘chqortoev, dotsent A.Rafiev, X.Qahhorova) kabi 3 kafedra tilshunoslik fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib borgan. Ayub G‘ulomov o‘zbek tilshunosligining poydevorini yaratdi. O‘zbekistonda yirik tilshunoslik maktabini barpo etdi. Respublikamizdagi qator oliy o‘quv yurtlarida, nufuzli ilmiy tekshirish institutlari va boshqa ilmiy markazlarida, ana shu maqtab vakillari, olimning shogirdlari o‘zbek tilshunosligining sardorlari sifatida ijod qilmoqdalar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 11 maydagi “O‘zbekiston Milliy universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2527-sonli qarorining ilovasiga asosan O‘zbek tili va nutq madaniyati kafedrasi tashkil etildi. Kafedra universitetning 10 ta fakultetida bakalavriatning 36 yo‘nalishi va magistraturaning 67ta mutaxassisligi bo‘yicha talabalarga o‘zbek, rus tillari hamda nutq madaniyati fanlaridan saboq berib keldi. Kafedrani 2016 yilning sentyabr oyidan f.f.n. dos. M.T.Abduraxmanova boshqardi. 2017 yil sentyabr oyidan kafedra “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi deb qayta nomlandi. 2018 yildan keyin O‘zbek filologiyasi kafedrasi qayta tiklandi, Filologiya tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) kechki, sirtqi yo‘nalishi, Lingvistika (o‘zbek tili) va Kompyuter lingvistikasi mutaxassisliklari, 10.00.11 – Til nazariyasi va kompyuter lingvistikasi, 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi ochildi.
2019-yil noyabr oyidan O‘zbek tilshunosligi kafedrasi alohida kafedra sifatida faoliyat yurityapti. Hozirgi kunda kafedra mudiri professor Kurbanova Muhabbat boshchiligida kafedrada 23 ta asosiy va 7 ta o‘rindosh professor-o‘qituvchilar dars berib kelishmoqda.
Kafedra o‘z tarixi davrida bir necha kitoblarni chop ettirdi. Professor Yo.Tojievning “O‘zbek tilida affiksal sinonimiya” (fe’l yasalishi,fe’l yasovchilar, fe’l shakllari hosil qiluvchilar 1992), “O‘zbek tili morfemikasi” (1992), “O‘zbek tili grammatikasi” 1999), “O‘zbek nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari” (Darslik, hammualliflikda 1994, 2006),
Professor R.Sayfullaeva… «Hozirgi o‘zbek adabiy tili” (R.Sayfullaeva va b.), professor M.Qurbonovaning “Zamonaviy morfologiya” (jamoa bilan hamkorlikda) 2009, “O‘zbek dialektologiyasi” , “Kompyuter lingvistikasi” (A.Po‘latov), “Xorijiy sotsiolingvistika” ( H.Dadaboev, Sh.Usmonova), “Turkiy tillarning etimologik lug‘ati” (Sh.Rahmatullaev), “Hozirgi adabiy o‘zbek tili” (Sh.Rahmatullaev), “Ona tili o‘qitish metodikasi” (M.Qodirov va b.), “Tilshunoslik nazariyasi” (Z.Xolmanova, 2019), “O‘zbek tili” (M.Abdurahmanova va b.2018 ), “Hozirgi o‘zbek tili” (R.Sayfullaeva va boshqalar. 2010), “Hozirgi o‘zbek tili” (R.Sayfullaeva va boshqalar. 2021) darslik va o‘quv qo‘llanmalari yaratilgan oliy ta’lim tizimida faol qo‘llanilmoqda.
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professor o‘qituvchilari filologiya sohasidagi jahonning yetakchi ilmiy maktablari bilan aloqa o‘rnatgan, Anqara universiteti (Turkiya), Baku-Slavyan universiteti Gumilev nomidagi Yevrosiyo universiteti va Al Farobiy nomidagi Milliy universiteti va boshqa ilmiy markazlar bilan hamkorlikda ilmiy va pedagogik ishlar olib borilmoqda. Ular natijasida bir necha xalqaro ilmiy konferensiyalar o‘tkazilmoqda, qo‘shma dasturlar asosida til va adabiyot bilimlari o‘qitilmoqda.
O‘zbek tilshunosligi
Kafedra mudiri
KURBANOVA MUXABBAT MATYAKUBOVNA
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Fan doktori, DSc
Ilmiy unvoni:
Professor
Qabul kunlari:
Manzil:
Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
Kafedra tarixi
Kafedra tarkibi
Ilmiy faoliyat
№ | Tadqiqotchi Professor- o‘kituvchining F.I.Sh | Ilmiy darajasi, unvoni | Dissertatsiya ishi mavzusi |
1 | Qurbonova Muhabbat Matyakubovna | F.f.d.,prof | O‘zbek tilshunosligida formal-funksional yo‘nalish va sodda gap qurilishining talqini |
2 | Sayfullaeva Ra’no Raupovna | F.f.d.,prof | Hozirgi o‘zbek tilida qo‘shma gaplarning formal-funksional talqini |
3 | Abduraxmanova Muqaddas Tursunalievna | F.f.n.,dotsent | O‘zbek va turk tillarida ot kategoriyalarining qiyosiy tadqiqi. Turkiy tillar. |
4 | Keldiyorova Gulchehra Saydievna | F.f.n.,dotsent | O‘zbek badiiy nutqida antiteza |
5 | Alavutdinova Nodira Ganievna | P.f.n | Ona tili darslarida mustaqil fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish metodikasi(5-sinf misolida) |
6 | Ubaydullaev Alisher Abdusalomovich | F.f.n., v.b.dos. | «Lug‘ati turkiy»ning leksikografik tadqiqi |
7 | Fattaxova Dilorom Abduraxmanovna | P.f.n | Metodika obucheniya sredstvam rechevoy vыrazitelnosti uzbekskogo yazыka russkoyazыchnыx studentov yazыkovыx vuzov |
8 | Bekmuxamedova Nargiz Islamovna | o‘qituvchi | Reklama matnlarining sotsiopragmatik hususiyatlari |
9 | Inogamova Nargiza Shavkatovna | o‘qituvchi | Iqbol Mirzo asarlarining lingvopoetik tahlili |
10 | Xalmuxamedova Umida Rasulovna | o‘qituvchi | O‘zbek tilli guruh talabalari nutqini o‘stirish omillari |
11 | Isroilova Saodat Turopovna | o‘qituvchi | «Ko‘k» leksemasi semantikasi va tezaurusi |
12 | Topildieva Feruza Rahimjonovna | o‘qituvchi | Farida Afro‘z ijodida lingvokulturologik xususiyatlar |
13 | Yulbarsov Ochilbek Obidjon o‘g‘li | o‘qituvchi | Huquq sohasi tezaurusini yaratishning lingvistik tamoyillari |
14 | Aliev Faxodbek Mirzoulug‘bek o‘g‘li | o‘qituvchi | Navoiyning nasriy asarlarida Qur’on oyatlari va hadislarning berilishi |
15 | Xomidova Mahfuzaxon Farhodjon qizi | o‘qituvchi | O‘zbek tili. Badiiy matn persepsiyasida intertekstuallik(PhD) |
16 | Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizi | f.f.f.d.(PhD), dotsent | Inglizcha matnlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish dasturining lingvistik ta’minoti |
17 | Nasrieva Dilnoza Muhiddinovna | o‘qituvchi | Isajon Sulton asarlari lingvopoetikasi |
18 | Qobilova Nargiza Eshimovna | o‘qituvchi | Badiiy matnda abzasning pragmalingvistik xususiyati |
19 | Baxodirova Shaxlo Baxodirovna | o‘qituvchi | Og‘zaki nutqni shakllantirishning psixolingvistik asoslari |
20 | Xo‘jamqulova Maxbuba Bobonazarovna | o‘qituvchi | Sodda gapda kommunikatsiya va pragmatika munosabati |
21 | Abdusagatova Firuza Xamidovna | o‘qituvchi | O‘zbekiston radiosida mustaqillik yillarida milliy qadriyatlar masalasining yoritilishi |
22 | Rasulov Namoz Murodulloevich | o‘qituvchi | O‘zbek tili evfemizmlarida olam lisoniy manzarasining aks etishi |
23 | Tairov Zair Tairovich | F.f.n., dotsent.,prof | O‘zbek tilida pragmatik semalarning hosil bo‘lishi va ularda sub’ektiv munosabatlarning yuzaga chiqishi |
Xalqaro hamkorlik
Joriy yilda Universitet reytingini oshirish maqsadida barcha kafedralar tomonidan ko‘plab xorijlik professor-o‘qituvchilar o‘quv jarayoniga jalb etildi va bu jarayon hanuz davom etmoqda. O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Turkiya davlati Anqara universiteti professori Aynur O‘z O‘zjon, Turkiya davlati Niyda Xolisdemir universiteti professori Hikmat Korash, Turkiya davlati Bartin universiteti professori Zilola Xudoybergenova, Baku Slavyan universiteti professori Nurida Navro‘zova, Turkiya davlati Firat universiteti professori Erjan Alkaya, L.N.Gumilev nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti professori Qarlig‘ash Sarakenova, Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti professori Raushangul Avakovalarning soatbay asosida kafedrada o‘tiladigan fanlar bo‘yicha ma’ruza darslarini olib bormoqda. Federal 300 talikka kiritilgan Qozon Davlat universiteti professori Gayrat Samiullinni chaqirishni rejalashtirganmiz. Bu universitetlardan Baku Slavyan universiteti, Turkiya davlati Firat universiteti , L.N.Gumilev nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti professori Qarlig‘ash Sarakenova , Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetlari bilan Memorandum imzolangan.
Universitetning milliy reytingini oshirish uchun kafedramiz jamoasi hamda xamkor universitetlar doirasida xalqaro ilmiy konferensiyalar o‘tkazilmoqda. O‘zbek tilshunosligi kafedrasi tomonidan avgust oyida “Ta’lim jarayonida nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish masalalari” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.