Ijtimoiy fanlar fakulteti tarkibidagi «Pedagogik ta’lim» kafedrasi universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy) talabalariga «Umumiy pedagogika», «Umumiy psixologiya», «Inklyuziv ta’lim. Gospital pedagogika» va «Davolash pedagogikasi» o‘quv fanlaridan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda pedagogik jarayonning ilmiy asoslarini, inklyuziv ta’lim sharoitida faoliyat yuritishni, pedagogik o‘z-o‘zini boshqarish psixologiyasini, ta’lim jarayonini innovatsion boshqarishni o‘rgatadi, pedagogik va deontologik kompetensiyani shakllantirish orqali mustaqil pedagogik faoliyatga tayyorlash vazifasini bajaradi.
Kafedra tarixi Turkiston jadidchilik harakatining rahbari yangi usuldagi milliy maktab asoschisi, adib, shoir, murabbiy, muharrir, jamoat arbobi, ma’rifatparvar Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘li nomi bilan bog‘liq. Shuningdek, kafedrada 20-yillarning o‘rtalarida mashhur o‘zbek ma’rifatparvari, shoir va jamoat arbobi Abdulla Avloniy faoliyat olib borgan.
Turli yillar mobaynida kafedraga Yusuf Tohiriy (50-yillarning oxiri va 60-yillarning o‘rtalarigacha bo‘lgan davrda); O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi, dotsent Nikolay Porfirevich Arxangelskiy (1960-1964 yy.); professor Yusuf Umarov (1964-1971 yy.); professor Raximjon Usmonov (1971-1985 yy.); oliy ta’lim a’lochisi, dotsent Leonid Petrovich Jdarkin (1985-1991 yy.); oliy ta’lim a’lochisi, dotsent Rahmonjon Yodgorov (1991-1992 yy.); oliy ta’lim a’lochisi, professor Naim G‘aybullaev (1992-2004 yy.), professor Nurali Saydahmedov (2004-2006 yy.); professor Botir Qodirov (2006-2008 yy.); dotsent Nabi Majidov (2008-2013 yy.); dotsent Nilufar Dalimova (2013-2016 yy.); dotsent Mamadjon Mavlonov (2016-2018 yy.); dotsent Abror Askarov (2018-2021 yy.); dotsent Ulug‘bek Sodikov (2021-2023 yy.)lar rahbarlik qilganlar.
Mustaqillik yillaridan boshlab kafedrada pedagogika fanlari doktori, professor Naim G‘aybullaev rahbarligidagi ilmiy maktabga asos solindi, yigirmaga yaqin fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlandi.
2018-2020 yillarda universitetda 13.00.02-ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tabiiy va aniq fanlar) ixtisosligi bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.28.12.2017.Ped.01.09-raqamli Ilmiy Kengash ishi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu Ilmiy Kengashda kafedra mudiri dotsent A.Askarov – Ilmiy Kengash kotibi, kafedra a’zolaridan: professor Sh.Abdullaeva – Ilmiy Kengash a’zosi, D.Maxmudova – Ilmiy seminar a’zosi sifatida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, 2018-2020 yillarda kafedraning P3-20170929789 sonli «O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish» mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida: «Oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi: amaliyot va istiqbollar» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilgan (2018y.); «Umumiy pedagogika» fanidan axborot-resurs maydonchasi (pedagogika.masofa.uz) ishlab chiqilib, foydalanishga topshirildi.
2021 yil 6 oktabrda pedagog olim Xol Jumaevich Xudayqulov tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan «Yangi O‘zbekistonda pedagogika fanini innovatsion rivojlantirish istiqbollari: nazariya va amaliyoti» mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Konferensiya ishida zamonaviy ta’limni rivojlantirishda pedagogik va axborot texnologiyalarning o‘rni, islohotlar tizimida yoshlar ta’lim-tarbiyasiga zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha fikr yuritildi hamda ushbu yo‘nalishlarda aniq takliflar shakllantirildi.
2024 yil 27 mart kuni «Zamonaviy pedagogika va psixologiyaning dolzarb masalalari» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiya doirasida pedagogika va psixologiyaning dolzarb muammolarini hal etishga, ta’lim tizimida ilg‘or pedagogik va raqamli texnologiyalardan unumli foydalanishga qaratilgan hamda innovatsion yondashuvlarni qamrab olingan taklif va tavsiyalar berildi.
2024 yil 22 may kuni «O‘zbekistonda mediata’lim: muammolar, yechimlar va istiqbollar» mavzusida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston hamda respublikamiz oliy ta’lim tashkilotlarining salohiyatli professor-o‘qituvchilari va doktorantlari ishtirok etishdi. Konferensiyada mediata’limning dolzarb masalalari tahlil qilindi, PR-texnologiyalarning ta’lim tashkilotlari imidjini oshirishdagi o‘rni va media madaniyatni shakllantirishning pedagogik-psixologik jihatlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Pedagogik ta’lim
Kafedra mudiri

BABASHEV FARXAD AYTMURATOVICH>
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Fan nomzodi, PhD
Ilmiy unvoni:
Dotsent
Qabul kunlari:
Manzil:
Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
Kafedra tarixi
Kafedra tarkibi







































Ilmiy faoliyat
№ | Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh | Ilmiy darajasi, unvoni | Dissertatsiya ishi mavzusi |
1 | Axrarova Zebuniso Baxramovna | Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent | “Jadid pedagogikasining ilmiy-nazariy asoslari va zamonaviy-didaktik mazmuni” |
2 | Sadikova Shoira Odeljanovna | Katta o‘qituvchi | “Universitet talabalarini pedagogik faoliyatga tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish” |
3 | Xudaynazarov Tursunali Alinazarovich | Katta o‘qituvchi | “Rag‘batlantirish va jazolash fenomenlari, talabalarning o‘quv faoliyati samaradorligini ta’minlashning psixologik omili” |
4 | Sattarov Timur Sabirovich | o‘qituvchi | “Moliya tashkilotlari faoliyatida mamlakatlar ishtirokining qiymati va semantik determinantlari” |
5 | Nig‘matova Shoxsanam Nabi qizi | o‘qituvchi | “Psixologik konsultatsiya jarayonida o‘zini-o‘zi anglash kvalimetriyasi” |
Xalqaro hamkorlik
Kafedra 2019 yildan xalqaro hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqdi. Jumladan, Qozon federal universiteti (Rossiya), Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti (Rossiya), Qaynar Akademiyasi (Qozog‘iston), Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti, Al Forobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti, Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universiteti, Dulatiy nomidagi Taraz davlat universiteti va Tojikiston ta’lim Akademiyalari bilan ilmiy-pedagogik hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Shartnomaga ko‘ra hamkor xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bilan ilmiy seminar, simpozium va konferensiyalarni o‘tkazish; innovatsion, ilmiy-texnik va ta’lim sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish; professor-o‘qituvchilar va doktorantlar uchun ilmiy stajirovkalarni tashkil qilish kabi majburiyatlar belgilangan.