Kafedra 1945 yilda professorlar N.L.Korjenevskiy, V.M.Chetirkin, V.L.Shuls, O.P.Sheglova kabi yirik olimlar tashabbusi bilan tashkil etilgan. Ushbu olimlar shu yillarda «Tog`li hududlar gidrologiyasi» ilmiy maktabiga asos soldilar.
O`tgan asrning 50-yillaridan boshlab kafedrada ilk bor geograf-gidrologlar, keyincharoq esa muhandis – gidrologlar tayyorlana boshladi.
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, 1995 yildan boshlab kafedrada Gidrometeorologiya bakalavrlari, 2001 yildan boshlab esa magistrlar tayyorlash yo`lga qo`yildi.
Kafedrada turli yillarda professorlar V.L.Shul’s, O.P.Sheglova, V.E.Chub, E.I.Chembarisov, dotsentlar Z.V.Djorjio, R.Mashrapov, P.M.Mashukov, N.K.Lukina, L.I.Shalatova, I.R.Alimuxamedov, A.R.Rasulov, E.M.Videneeva, M.A.Nosirov, G.E.Glazirin, G.N.Trofimov, Z.S.Sirliboyeva kabi taniqli olimlar faoliyat ko’rsatganlar.
O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi, Suv xo`jaligi vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo`mitasi va boshqa tashkilotlarning buyurtmalari asosida kafedrada 2020 yildan boshlab Gidrologiya magistrlari tayyorlana boshladi. Shu kunga qadar kafedrada 1500 dan ortiq muhandis-gidrologlar, gidrologiya bakalavrlari, hamda 50 dan ortiq gidrologiya magistrlari tayyorlandi. Ulardan 40 dan ortig’i fan doktori, 250 dan ortig’i fan nomzodlari ilmiy darajasiga erishdilar.
Hozirgi kunda kafedrada 1 ta fan doktori professor, 4 ta fan nomzodi dotsent, 2 ta katta o‘qituvchi, 2 ta o‘qituvchi va 1 ta tayanch doktorant ilmiy-pedogogik faoliyat olib bormoqdalar. Shuningdek o‘quv jarayonida talabalarga bilim berishda O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati huzuridagi Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot institutidan g.f.d. DSc G.Mamajonova, t.f.n., dots. B.E.Nishonovlar kabi olimlar ishtirok etadilar.
Kafedrada 65030800-Gidrologiya (Quruqlik gidrologiyasi) ta’lim yo‘nalishida kunduzgi va sirtqi ta’lim, 75030801-Gidrologiya (o’rganish ob’yektlari bo’yicha)magistratura mutaxassisligi, oliy o‘quv yurtidan keyingi 11.00.03-Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) uzluksiz ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Kafedra bitiruvchilari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida, Gidrometeorologiya xizmati markazida, Suv xo’jaligi vazirligi tizimida, O‘zbekgidroenergo aktsiyadorlik jamiyatida, Ekologiya va atrof muhit muhofazasi davlat qo‘mitasida, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlarida xizmat ko’rsatishadi.
Kafedraning asosiy o’quv kurslari – gidrologiyaga kirish, geofizika, gidravlika, gidrometriya, gidrografiya, gidrofizika, gidrokimyo, gidrologiya asoslari, gidrogeologiya, meliorativ gidrologiya, glyatsiologiya, quruqlik suvlari muxofazasi, gidrologiyada statistik usullar va matematik modellashtirish, okeanologiya, o‘zan oqimi dinamikasi va ulardan samarali foydalanish, iqlim o‘zgarishining O‘zbekiston tabiiy resurslar potensialiga ta’siri, daryo oqimini hisoblash, suv texnik izlanishlar, gidrotexik inshootlar, suv resurslaridan samarali foydalanish, gidrologiya va iqlimshunoslik hisoblanadi.
Mamlakatimiz xalq xo’jaligi barcha tarmoqlarining, ayniqsa, qishloq xo’jaligi va sanoatning barqaror rivojlanishi mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish bilan bevosita bog’liqdir. Shu nuqtai-nazardan kelib chiqib, kafedrada bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari mavzui: Orol havzasi yer usti suv resurslari; tog’ muzliklari; daryolar oqimining shakllanish qonuniyatlari; ko’llarning gidrometeorologik rejimi; suv omborlarining gidrologik rejimi qonuniyatlarini har tomonlama o’rganish va ularni muhofaza qilish masalalariga qaratilgan.
Quruqlik gidrologiyasi
Kafedra mudiri
YUNUSOV GOLIB XODJAYEVICH
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Fan nomzodi, PhD
Ilmiy unvoni:
Datsent
Qabul kunlari:
Manzil:
Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
Kafedra tarixi
Kafedra tarkibi
Ilmiy faoliyat
№ | Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh | Ilmiy darajasi, unvoni | Dissertatsiya ishi mavzusi |
1. | Erlapasov Narziqul Baxromovich | Tog‘ daryolarining yer osti suvlari hisobiga to‘yinishini xususiyatlari |
Xalqaro hamkorlik
Quruqlik gidrologiyasi kafedrasi O‘zgidromet huzuridagi Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti, xorijiy universitetilardan Germaniyaning Friburg universiteti, Qozoqg‘istoning Taraz universiteti, Rossiyaning Moskva davlat universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.