Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Kafedra mudiri

JABBAROV ZAFARJON ABDUKARIMOVICH
JABBAROV ZAFARJON ABDUKARIMOVICH

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi:

Fan doktori, DSc

Ilmiy unvoni:

Dotsent

Qabul kunlari:

Dushanba-Juma, 09:00 – 17:00

Manzil:

Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

Kafedra tarixi

        O‘zbekiston tuproqlarini aniq reja va maqsad bilan o‘rganish – bu O‘zbekiston Milliy universiteti (sobiq Turkiston, O‘rta Osiyo, Toshkent Davlat universitetlari) tashkil qilinishi bilan chambarchas bog‘liq. Darhaqiqat, bu universitet qoshida 1920 yilda Geobotanika va tuproqshunoslik ilmiy tadqiqot institutining tashkil topishi yuqoridagi fikrlarimizga asos bo‘ladi. Mazkur institutda 1920-1932 yillar davomida uning asoschisi professor N.A.Dimo, professor M.A.Orlov tadqiqotchi olimlar N.B.Bogdanovich, M.A.Pankov, D.M.Klavdienko va boshqalarni ishtirokida O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston kabi mamlakatlarning sug‘oriladigan yerlari mukammal o‘rganildi va turli maqsadlar uchun tuproq xaritalari tuzildi. Bu hududlarda tarqalgan asosiy tuproq tiplariga har tomonlama tavsif berildi. Bu xaritalar va tuproqlar to‘g‘risidagi barcha ilmiy ma’lumotlar albatta o‘sha davrda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda aniq rejalashtirilgan dehqonchilik tizimini vujudga keltirishga asos bo‘ldi.
  1935 yilda universitet Geologiya-geografiya fakulteti tizimida tuproqshunoslik kafedrasining tashkil topishi – O‘zbekistonda tuproqlarni o‘rganish davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ulkan ilm tarmog‘iga aylanganligidan  dalolat beradi. Tuproqshunoslik kafedrasi 1949 yilda Biologiya fakultetiga o‘tkazilgan, aynan shu yilda bu fakultetda “Agronomiya” kafedrasi tashkil qilindi va shu yildan boshlab fakultet Biologiya-tuproqshunoslik fakulteti nomi bilan yuritildi. Bu vaqt davomida tuproqshunoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan e’tiborga loyiq ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Jumladan, M.A.Orlov tuproqshunoslik kafedrasi asoschisi hisoblanib, uning butun ilmiy faoliyati sug‘orish va insonning dehqonchilik faoliyati ta’sirida hosil bo‘lgan antropogen (voha) va tuproqlar genezisi hamda xossalarini o‘rganishga qaratilgan edi. Akad. S.N.Rijov, keyinchalik dots. X.A.Abdullaev o‘zining tadqiqotlarida asosiy diqqatni sug‘oriladigan yerlarning madaniy holatini baholash, unumdorligini oshirishda gumusning ahamiyati, uni boshqarish muammolari bilan shug‘ullandilar.
       1960-1970 yillar davomida kafedra xodimlari – B.D.Mixaylov, Q.G‘ofurov, L.Tursunov, V.Sayfutdinova, L.Salkova, N.Kavxoyans va boshqa aspirantlar Zarafshon vodiysining o‘rta va quyi oqimi hududlarini, jumladan Kattaqo‘rg‘on, Xatirchi, Zirobuloq, Karnab cho‘llari, Buxoro va Qorako‘l vohalari tuproqlarini mukammal o‘rganish bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib bordilar. Bu davr ichida yuzlab xo‘jaliklarning tuproq, tuproq-erozion, tuproq-meliorativ xaritalari (1:10000, 1:25000) tuzilib, amaliyotda qo‘llash uchun topshirildi. Shu paytdagi to‘plangan ma’lumotlar asosida K.G‘ofurov, L.Tursunov, N.Yakubov, A.Niyozov, A.Abdievlar nomzodlik dissertatsiyalarini yoqladilar. Shu davrning e’tiborga loyiq tadqiqotlaridan yana biri kafedra dotsentlari V.Valiev, L.Tursunovlar rahbarligida Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani lalmi yerlarini o‘rganish bo‘yicha bajarilgan ilmiy ishlar hisoblanadi.
      1980 yildan boshlab kafedra dotsenti X.Abdullaev rahbarligida Chotqol tog‘ tizmalarining tuproqlari Chotqol biosfera qo‘riqxonasi misolida, dotsent L.Tursunov rahbarligida Turkiston tog‘ tizmalarining tuproqlari Zomin “Xalq bog‘i” hamda Zomin qo‘riqxonasi misolida va nihoyat Xisor, Nurota tog‘lari tuproqlari serqirra dastur asosida tadqiq qilindi. Tadqiqotlar davrida tog‘ tuproqlarining hosil bo‘lish qonuniyatlari va barcha tog‘ tuproq tiplarining xossalari har tomonlama o‘rganildi, tuproq erozion xaritalar tuzildi, hamda A.Nazarov, M.Faxrutdinova va S.Yusupov hamda X.Qo‘ng‘irovlar nomzodlik dissertatsiyalarini yoqladilar.
Ma’lumki, tuproq hosil bo‘lishida, uning keyingi genezisi, evolyusiyasi va xossalarini o‘rganishda insonning dehqonchilik faoliyatining roli salmoqli hisoblanadi. Kafedra xodimlari o‘zlarining diqqat e’tiborlarini bu masalani o‘rganishga ham qaratdilar. Jumladan, kafedra dotsenti H.Abdullaev rahbarligida kafedra o‘qituvchisi T.Abdraxmonov sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarning xossa va xususiyatlarini har tomonlama o‘rgandi, ko‘p yillar davomida olingan ma’lumotlar asosida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Jumladan, V.U.Sayfutdinova akademik S.N.Rijov rahbarligida lalmi tuproqlar misolida inson tomonidan foydalanilgan bu tuproqlarning tabiiy omillar ta’sirida o‘zining dastlabki holatini (evolyusiyasini) qancha muddatda tiklashi mumkinligini ko‘p yilar davomida tadqiq qildi va olingan ma’lumotlar asosida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. D.Kamilova esa tuproq xossalarini turli agrofonlarda  o‘zgarishini uzoq yillar davomida tadqiq qildi va to‘plangan ma’lumotlar asosida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.
   1961 yildan 1967 yilgacha qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor N.P.Malinkin agrokimyo kafedrasiga  rahbarlik qildi. G‘o‘zani o‘g‘itlash tizimini yaratilishida N.P.Malinkinning xizmati beqiyos. Bu ikki yirik olim universitetda ish faoliyati davomida juda ko‘p ilmiy kadrlar tayyorlab, o‘z maktablariga asos soldilar.
      1968 yildan to 1995 yilgacha bu kafedraga qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor, O‘zFA ning haqiqiy a’zosi, Nyu-York fanlar akademiyasining Xalqaro informatika akademiyasining a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimi, Xalqaro tuproqshunoslar jamiyati va Butun dunyo o‘g‘itlar markazi a’zosi Jo‘raqul Sattorovich Sattarov rahbarlik qilib keldi.
     2018 yil 1 dekabrdan tuproqshunoslik va agrokimyo kafedralari birlashtirilib, Tuproqshunoslik deb nomlandi. Tuproqshunoslik kafedrasida hozirda 1 nafar O‘zFA akademigi, 5 nafar fan doktorlari va 9 nafar fan nomzodlari va falsafa doktorlari (PhD) faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.


O‘zbekiston Milliy universitetining tuproqshunoslik kafedrasiga shu kungacha quyidagi olimlar mudirlik qilgan:

  • 1935-1962 yillarda – prof.M.A.Orlov
  • 1962-1968 yillarda – akademik S.N.Rijov.
  • 1968-1981 yillarda  – dos. X.A.Abdullaev.
  • 1981-1986 yillarda – dos.  V.U.Sayfuddinova.
  • 1986-2008 yillarda – prof. L.Tursunov
  • 2008-2011 yillarda –  dos.M.Faxrutdinova
  • 2011-2014 yillarda – dos.T.Abdraxmanov
  • 2014-2015 yillarda – dos.Z.Xaidmuxamedova
  • 2015-2015 yillarda – dos.  S.Sidiqov
  • 2020 yildan boshlab professor Z.Jabbarov rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedra tarkibi

Djalilova Gulnora Tulkunovna

Professor

Batafsil

Abdraxmanov Toxtasin Xxx

Professor

Batafsil

Kenjayev Yunus Chintoshevich

Professor

Batafsil

Gafurova Lazizaxon Akramovna

Professor

Batafsil

Sidikov Saidjon Xxx

Professor

Batafsil

Sattarov Djurakul Xxx

Professor

Batafsil

Zakirova Salomat Qasimbayevna

Dotsent

Batafsil

Mahammadiyev Samad Qilichevich

Dotsent

Batafsil

Abdushukurova Zamira Zaynitdinovna

Dotsent

Batafsil

Ergasheva Olimaxon Xaliqjonovna

Dotsent

Batafsil

Maxkamova Dilafruz Yuldashevna

Dotsent

Batafsil

Nabiyeva Gulchexra Mirergashevna

Dotsent

Batafsil

Isxakova Shoira Mirsadikovna

Dotsent

Batafsil

Faxrutdinova Mashkura Fazliddinovna

Dotsent

Batafsil

Aliboyeva Malika Alimovna

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Atoyeva Gulhayo Raxmonovna

Katta o‘qituvchi

Batafsil
KASIMOV UMEDILLO SALIMOVICH

Kasimov Umedillo Salimovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Abdullayev Shohruh Zafar o‘g‘li

Assistent

Batafsil

Ilmiy faoliyat

Tuproqshunoslik va agrokimyo kafedrasining professor-o‘qituvchilari o‘z darslarida AKT va innovatsion texnologiyalarni  samarali foydalangan holda, darslarini yuqori saviyada olib borishadi.          Kafedra xodimlari tomonidan shu xalqaro va davlat grantlari asosida tadqiqot ishlarini olib borilmoqda. Kafedraning qariyb 100 yil davomida olib borgan ilmiy tadqiqotlari o‘nlab monografiya va darsliklarda, yuzlab ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalar va risolalarda o‘z aksini topdi. Jumladan, quyidagi monografiyalar nashr etildi:

Monografiyalar:

  1. Ro‘zmetov M.I., Jabborov O.A., Qo‘ziyev R.Q., Abdullayev C.A., Jabborov Z.A. O’zbekiston sug’oriladigan yerlarining meliorativ holati va ularni yaxshilash. – T.: “Universitet”, 2018. 305 b.
  2. Jabborov Z.A. Tuproqlarni texnogen va ularning rekultivatsiyasi . – T.:. “Universitet”, 2020. 109 b.
  3. Abdullayev S., Jabborov Z.A., Zokirova S.K., Raxmatov Z., Tursunqulova A., Islomova Z. Kattaqoʻrgʻon suv omborining atrof tuproq qoplami ekologik-meliorativ holatiga taʼsiri va uni yaxshilash chora-tadbirlari. – T.: “Universitet”, 2020. 100 b.
  4. Jabborov Z.A., Jabborov B.T. Texnogen tuproqlar rekultivatsiyasi . – T.: “Universitet”, 2022. 141 b.
  5. Jabbarov Z.A., Atoyeva G. Maishiy bilan ifloslangan tuproqlarning unumdorlik ko’rsatkichlarini o’zgartiring . – T.: “Universitet”, 2023. 125 b. Tuproq resurslarining jahon referativ bazasi. Tuproqlarni tashxislash va tuproq xaritalaridagi izohlarni tuzish uchun tuproq tasnifining xalqaro tizimi: Tarjimaning ilmiy. muharriri Z.A.Jabbarov, G.T.Djalilova, L.A.Gafurova, T.Abdraxmanov, D.Yu.Maxkamova – 4-nashr. O‘zbekiston Milliy universiteti. Toshkent, 2025. – Toshkent: “Ma’rifat”, 2025 yil. – 242 b. ISBN: 978-9910-709-09-8
  6. Jabbarov Z., Abdraxmanov T., Suska M.Malavska, Vilkomirskiy B., Abdurahmonov N., Jabborova D., Adilov B., Djalilova G., Mahammadiyev S., Zakirova S., Maxkamova D., Nomozov O‘.,Idirisov K., Abdullayev Sh., Imomov O., Rahmatullayeva G., Yoqubov E.Sh. Orol dengizining qurigan tubidagi tadqiqotlar (1-TOM: sharqiy hududi tuproq gruntlarining xossalari va o‘simlik ekish imkoniyatlari). (Monografiya). ‒ T.: «Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2025, 308 bet.
  7. Jabbarov Z., Abdraxmanov T., Jakub Kostecki, Nan Xu, G.Djalilova, S.Mahammadiev, D.Mahkamova, O‘.Nomozov, Xoldorov, Sh.Abdullaev, O.Imomov, J.Abdukarimov Kattaqo‘rg‘on suv ombori atrofidagi tadqiqotlar: tuproqlarning ekologik-meliorativ holati va kartografik modellari. T.: “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi”, – 2026 424 b.
  8. Djalilova G.T.Soʻqoqsoy havzasida tuproq xossalariga eroziya jarayonlarini taʼsiri: GAT texnologiyasi asosida tahlil va ishlab chiqish. Monografiya: Toshkent: Umid Dizayn, 2025. -156 b. ISBN 978—9910-696-59-6
  9. Djalilova G.T. Geoinformatsion tahlil erozionnix protsessov v srednegoryax i nizkogoryax Uzbekistana (na primere pochv Chatkalskogo i Turkestanskogo xrebtov). Monografiya: Toshkent: Umid loyihalash, 2024.-228 s.
  10. Abdullayev S., Sidiqov S., Abdushukurova Z., Raxmatov Z. Jizzax choʻli tuproqlarining jadal yuklarini dehqonchilik oʻrnatish va uning unumdorligini nazorat qilish yoʻllari . Monografiya, Universitet, 2019 . 4. Sattorov J., Sidikov S. Mineral o’g’itlar ushlab turishni yo’llari Monografiya. Toshkent, Universitet, 2018. 40 b.t.

Darsliklar:

  1. Gafurova L., Jabbarov Z.A., Turapov I.T., Saidova M.E. Tuproq degradatsiyasi. T.: “Mumtoz so’z”, 2019. 276 b. Darslik. ISBN 978-9943-5561-8-8

2.Yuldashev G., Abdrahmonov T., Jabbarov Z.A. Tuproq kimyosi T.: “VNESHINVESTPROM”, 2019. 248 b. Darslik.  ISBN 978-9943-4235-1-4.

4.Jabbarov Z.A. Tuproqlar rekultivatsiyasi. T.: “Universitet”, 2021. 136 b.

5.Jabbarov Z.A., Abduraxmanova G., Jurayeva U., Jabborov B. Tuproq biologiyasi va ekologiyasi. T.: “Universitet”, 2021. 280 b.

  1. Sidiqov S., Jabborov Z.A., Idrisov X.A., Gaziyev M.A., Maxkamova D.Yu. Umumiy dehqonchilik. Darslik, Toshkent, 2024. “Umid disegn”, 300 b.
  2. Abdraxmanov T., Yuldashev G., Tursunov X.X., Jabborov Z.A., Isagʻaliyev M.T., Isoqov V.Yu., Djalilova G.T., Maxkamova D.Yu., Faxrutdinova M.F., Isxoqova Sh.M. Tuproqshunoslik. Darslik, “Maʼrifat”. 2024. Toshkent, 468 b.
  3. Gafurova L.A., Alyabina I.A., Nabiyeva G.M., Djalilova G.T., Mambetnazarov V.S. GIS texnologii va pochvovedenii. Uchebnik. Moskva: Maks Press, 2019.-184 s. ISBN 978-5-317-06097-8
  4. Gafurova L.A., Alyabina I.A., Nabieva G.M., Djalilova G.T., Mambetnazarov V.S. Tuproqsunoslikda GAT texnologiyasi. Darslik. T.: “Vneshinvestprom” nashriyoti, 2019. – 218 b. ISBN 978-9943-4885-4-0
  5. Pankova Ye.I., Molodsov V.A., Yamnova I.A., Gafurova L.A., Golovanov D.L., Mazikov V. M., Blagovolin N.S., Isayev V.A., Max ., D.Y.kam , Solovev D. , D.Y. Jizzax cho’li tuproqlarining sho’rlanish xususiyatlari va gipsliligi ( XX asrning 70- yillarida uning meliorativ rivojlanishi boshlanishidan oldin ) .-M.: Media-Press, 2023-264 b.
  6. Maxkamova D.Yu. Unumdorligi past, meliorativ holati og’ir gipsli tuproqlar va fayl biologik faolligi (Jizzax

viloyati Zarbdor tumani misolida. Toshkent, Monografiya. 2024. 125 b

  1. Sidiqov S., Kenjayev Yu., Mazirov M. Umumiy dehqonchilik. Toshkent, UMID DESIGN nashriyoti, 2022 y. -288 b. 18 b.t.
  2. J.Sattarov, S.Sidiqov, S.Maxammadiyev Nav, tuproq va o‘g‘it. Toshkent, “Universitet”. 2022. 268 b.

15.Sidiqov S.Obsheye zemledeliye. “UMID DEZIGN” nashriyoti, Toshkent, 2023. 312 s.

16.S.S.Tuproqi ishlab chiqarish oʻsimliklari oziqlanish manbai . Monografiya. Toshkent, “UMID DEZIGN” nashriyoti, 2023. 112 b. 17. Sattarov J.S., Kenjayev Yu.Ch, Sidiqov S., Mahammadiyev S.Q., Qosimov U.SO’simliklarni mineral oziqlanishining fiziologik asoslari. Toshkent, Universitet. 2022. 412 b. Tuproqshunoslik kafedrasi hozirga qadar 100 ga yaqin xalqaro va davlat grantlari hamda xo’jalik loyihalari bajarilgan va tegishli sohalarga qo’llanilgan , quyida ohirgi yillardagi grantlar keltiriladi :

Grantlar:

1 Erasmus Mundus, CACE/22/10 194139-EM-1-2010-1 NL-ERA MUNDUS-EMA21. “Central Asia Student International Academic exchange with European Union – CASIA” xalqaro loyihasi kotibi, 2011-2016 yy.

  1. Erasmus Mundus, 545730-EM-1-2013-1-NL-ERAMUNDUS-EMA21 “Training of Individuals through Mobility from Uzbek Republic to nternational Academic” exchange with European Union –TIMUR)” xalqaro loyihasi, 2014-2018 yy.
  2. NURSLING-561742-EPP-1-2015-PT-EPPKA2CBHE-SP – “Milliy kvalifikatsiya tizimi: kvalifikatsiyani rivojlantirish va tan olish bo’yicha yo’riqnoma” xalqaro loyihasi, 2015-2018yy .;

2 DAAD Exceed “SDG nexus Network” xalqaro loyihasi, (2022).

3 Uzb-Ind-2021–93-sonli “Stressli agro-ekotizimlardan sog’lom oziq ovqat ishlab chiqarish uchun yangi biochar va rizobakteriyalarga samarali bioinokulyat” nomli O’zbekiston-Hindiston qo’shma ilmiy loyihasi, (2021-2023).

4 Jahon bankining #REP-24112021/54 loyihasi “O‘zbekistonda dukkakli ekinlarni yetishtirish tizimlarida chegaralar : barqaror va resurslarni tejaydigan ishlab chiqarish uchun foydali mikroblarni ekspluatatsiya qilish ( FLegUZB )” xalqaro loyihasi.

5 OT-A-QX-2018-399-sonli “Kattaqoʻrgʻon suv omborining atrof-muhit qoplamining ekologik -meliorativ xolatiga taʼsiri va uni yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqish” amaliy loyihasi, 2018-2020 y.

6 IL 632204138-sonli “Orol dengizining qurigan tubi davolash biopreparatlarni joriy qilingan holda tuproq xossalarini yaxshilash va mineralizatsiyalangan kollektor-zovur suvlarini yaylov ekinlarini yetishtirishda borish orqali tuzga mahsulotlarni tanlash” innovatsion loyihasi,

7 FL-8323102111-sonli “Orol dengizining qurigan tubi holatidagi tuproq -gruntlarining sho’rlanganligi , fizik, tashqi ko’rinish va biologik xossalariga ko’ra o’simliklar ekishududlarini guruhlashning ilmiy asosini olish ” mavzusidagi fundamental loyihasi, 2024-2027 y.

8 IL – 9224094166 – sonli “Kattaqo’rg’on suvi atrofidagi tuproqlarning ekologik – meliorativ xolati bo’yicha kartografik modellarni ” mavzusidagi innovatsiya loyihasi, xalqaro loyihasi, 2025-2027 y.

Tuproqshunoslik kafedrasida hozirda 60810200-Agrokimyo va. tuproqshunoslik ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar va 70810203-Tuproqshunoslik mutaxassisligi bo’yicha magistrlar kelib chiqishi. Ularga fanlar o’qitiladi .

Fan nomi Fan haqida qisqacha ma’lumot
60810200-Agrokimyo va tuproqshunoslik ta’lim yo’nalishi bo’yicha
2 Botanika, o‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi Botanika, o‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi-o‘simliklarning hujayraviy tuzilishi, to‘qimalarning tuzilishi vegetativ va generativ organlarning morfologiyasi, anatomik tuzilishi, tuban va yuksak o‘simliklarning tuzilishi, oila, turkum,turlari; ularning tabiatda tarqalishi va o‘simliklar dunyosining tabiatdagi ahamiyati to‘g‘risidagi fandir.
4 Umumiy dexqonchilik va o‘simlikshunoslik Umumiy dexqonchilik va o‘simlikshunoslik -dehqonchilik va o‘simlikshunoslikning rivojlanish tarixi, ilmiy asoslari, begona o‘tlar va ularga qarshi kurash, almashlab ekish, yerni ishlash, urug‘chilik va ekin ekish, dehqonchilik tizimlari va ekologik muammolari,  madaniy o‘simliklar va ularning kelib chiqishi, madaniy o‘simliklarning tasnifi, botanik va biologik xususiyatlari,  navlari, turlari, ekinlarni yetishtirish usullari va agrotexnikasi bo‘yicha zamonaviy bilim berishdan iborat.
5 Tuproqshunoslik Tuproqshunoslik  – tuproqshunoslikning ilmiy asoslari, tuproqshunoslikning rivojlanish tarixi, tuproq qoplamining paydo bo‘lishi, tuzilishi, tarkibi va xossalari, geografik tarqalish qonuniyatlari, tabiatdagi funksiyasi va ahamiyati, unumdorligi, dala,  laboratoriya va kuzatuv sharoitida tuproq qoplamining xosil bo‘lishi, fizik xossalarini o‘rgatishdan iborat.
6 Tuproq fizikasi Tuproq fizikasi  – tuproq tiplarining  fizikaviy xossalarini va tuproqlarning umumiy fizik, suv–fizik va fizik-mexanik xossalarini, tuproq suv va issiqlik rejimini xamda aeratsiyasiga bog‘liq bo‘lgan asosiy muammolarini yechish bilimlarini o‘rgatishdan iborat.
7 O‘simliklar oziqlanishi va o‘g‘it O‘simliklar oziqlanishi va o‘g‘it-                       o‘simlik-tuproq-o‘g‘it o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, o‘g‘itlar va ularning turlari, olinish usullari, o‘simliklarning tarkibi, oziqlanishi, tuproqlarning o‘simliklar oziqlanishi va o‘g‘it qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lgan xossalari, asosiy oziq elementlari va ularning o‘simliklar hayotidagi roli, o‘g‘itlar, o‘g‘itlarning tasnifini o‘rgatishdan iborat.
9 Tuproq geografiyasi Fanni o‘qitishdan maqsad –talabalarda horij tajribasi asosida tuproqlarni geografik tarqalishi qonuniyatlari va ilmiy asoslarini o‘rgatish; O‘zbekiston va dunyo tuproq qoplami tavsifi; turli tuproq-iqlim mintaqalarining tuproqlari, O‘zbekiston va dunyo yer resurslari, ulardan unumli foydalanish, tuproqlarni muhofaza qilish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.
10 Tuproq kimyosi Fanni o‘qitishdan maqsad –xar xil tuproq tiplarining kimyoviy xossalari,  kimyoviy tarkibini, tuproq eritmasi, singdirish sig‘imi, turlari, oziq elementlar va ularning migratsiyasi, organik moddalar, tuproqlarning gumusli xolatini, tuproq kimyosining asosiy zamonaviy texnologiyalar yordamida   o‘rgatishdan iborat. Tuproq   kimyosining ilmiy nazariy asoslarini ta’lim yo‘nalishiga mos ravishda ularga bilim,  ko‘nikma va malakalarini berish.
11 Yer kadastri va tuproq bonitirovkasi asoslari Fanni o‘qitishdan maqsad –tuproqni tabiiy xosil bo‘lishi, unumdorligi, tuproq xo‘jaligi ishlab chiqarishning asosiy vositasi, baxolashning nazariy va amaliy muammolari, shuningdek tuproqni  sifat baxolashda tuproqshunoslik fanining rivojlanishi va shakllanishida tutgan o‘rni bilan tanishtirishdan iborat.
12 Tuproq melioratsiyasi va gidrologiyasi Fanni o‘qitishning maqsadi –talabalarga tuproq melioratsiyasi va gidrologiyasi, uning maqsad, vazifalari, tuproq unumdorligini oshirish hamda madaniy o‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishi uchun salbiy ta’sir etuvchi xususiyatlarni yaxshilash; tuproqning suv, havo, oziqa rejimlarini muvofiqlash, eroziyaga qarshi kurashish, sho‘rlangan tuproqlarning sho‘rini ketkazish, botqoq, qumli, toshli yerlarni o‘zlashtirish to‘g‘risida hozirgi zamon ta’limotini berishdir.
13 Tuproq va atrof muhitning ifloslanishi Fanni o‘qitishdan maqsad – tuproqlarni turli xil sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi, tuproqning xossa xususiyatlariga ta’siri, vujudga kelgan muammolari va ularning yechimlari haqida zamonaviy bilim berish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.
14 Tuproq va landshaftlar degradatsiyasi Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga tuproqlarning degradatsiyasi turlari, ta’sir etuvchi omillar, landshaftni tiklash va asrab avaylash, degradatsiya xodisalarining oldini olish va kamaytirish yo‘llari, tuproq va yerlarni baholash, qishloq xo‘jalik yerlari va muxofaza qilishning huquqiy asoslari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.
15 Tuproqshunoslikda GAT texnologiya Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga tuproqshunoslik sohasida geografik axborot tizimlaridan foydalanish imkoniyatlari va GATdan foydalanish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.
16 Tuproqlarni agrokimyoviy xaritalash Fanni o‘qitishdan maqsad –talabalarga tuproqni xaritaga tushirishning ilmiy asoslari; rivojlanish tarixi; yer qobig‘ining ma’lum maydonini tekshirish, tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari asosida xarita tuzish, harakatchan oziq elementlar miqdori bo‘yicha agrokimyoviy xaritanomalar tuzish to‘g‘risida hozirgi zamon ta’limotini berishdir.
17 Tuproqshunoslikda resurstejamkor texnologiyalar Fanni o‘qitishdan maqsad- “Tuproqshunoslikda resurstejamkor texnologiya” fani orqali talabalar Respublikamizda kechayotgan resurstejamkor texnologiyalarni tuproq unumdorligini oshirish bilan yaqindan tanishtirish kabi dolzarb masalalarga oid ta’limotni berishdir.
18 O‘zbekiston tuproqlarining agrokimyoviy tavsifi Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga O‘zbekistonda tarqalgan tuproq tiplari, ularning unumdorligi, xossa xususiyatlari, gumus va oziq elementlari bilan ta’minlanganligi hamda tuproq unumdorligini oshirish chora-tadbirlari haqida bilim berishdan iboratdir.
19 Agrokimyo va agrotuproqshunoslikda zamonaviy metod va uskunalar Agrokimyoviy taxlillarda zarur va kerakli uskunalar va zamonoviy metodlar haqida bilim beradi.
20 Agrokimyoning tarixi va metodologiyasi Agrokimyoning tarixi va uni o‘rganish metodologiyasi bo‘yicha zamonoviy bilimlarni berish uchun mo‘ljallangan.
21 Qishloq xo‘jalik biotexnologiyasi Fanni o‘qitishdan maqsad -“Qishloq xo‘jaligi biotexnologiyasi” fani orqali talabalarga biotexnologiyaning moxiyati tuproq unumdorligini oshirishdagi ahamiyati bilan yaqindan tanishtirish kabi dolzarb masalalarga oid ta’limotni berishdir.
22 Tuprokning organik qismi Bu fan tuproqning organik qismini holati, va ularni ko‘paytirish yo‘llari haqida zamonoviy bilimlar berish uchun mo‘ljallangan.
23 Agrokimyo va agrotuproqshunoslikda kompyuter texnologiyalari Hozirgi zamon talabi barcha sohalarni kompyuterlashtirish hisoblanadi. Ya’ni raqamlashtirish bu fan shu haqida bilim beradi.
24 Tuproqni xaritaga tushirish Fanni o‘qitishning maqsadi –talabalarga tuproqni xaritaga tushirishning ilmiy asoslari; rivojlanish tarixi; yer qobig‘ining ma’lum maydonini tekshirish, tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari asosida xarita tuzish, harakatchan oziq elementlar miqdori bo‘yicha agrokimyoviy xaritanomalar tuzish to‘g‘risida hozirgi zamon ta’limotini berishdir.
25 Tog‘ tuproqlari Fanni o‘qitishdan  maqsad – talabalarga tog‘ tuproqlari nima, O‘zbekistonda tarqalgan tog‘ tuproqlari, ularning tarqalishi, morfologik tuzilishlari, xossa va xususiyatlari va uni muxofaza kilish bo‘yicha ta’lim berishdir.
26 Eroziya va tuproq muhofazasi Fanni o‘qitishdan  maqsad – talabalarga tuproq eroziyasi, eroziyashunoslikning ilmiy asoslari, fanning rivojlanish tarixi, tuproq eroziyasini kelib chiqishi, eroziya jarayonini tuproq morfologiyasiga ta’siri, tarkibi va xossalari, geografik tarqalish qonuniyatlari, eroziya jarayonlarining tuproq unumdorligiga ta’siri, eroziyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi bilimlarni tadbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
27 Tuproqlarning biologik faolligi Fanni o‘qitishdan maqsadi – talabalarga biologik faollikning zamonaviy usullarini, nazariy asoslari va tuproqlarning ekologik-biodiagnostik  xolatini o‘rganishda mikroorganizmlar, fermentlarning ahamiyati hamda ularni amaliyotda tadbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
29 Qishloq xo‘jaligi ekinlarini o‘g‘itlash Qishloq xo‘jaligi ekinlarini o‘g‘itlash usullari, texnikalari va qo‘llash muddatlari to‘g‘risidagi zamonaviy bilimlar beradi.
30 Tuproqshunoslikda matematik modellashtirish Tuproqshunoslik modellashtirish va olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va modelli tajribalar olib borish bo‘yicha zamonaviy bilimlar beradi.
31 Aqlli dexqonchilik tizimlari va tuproq xossalari Aqlli dehqonchilik yuritish va xossalari haqida bilim beradi.

70810203-Tuproqshunoslik mutaxassisligi bo’yicha fanlar

Fan nomi Fan haqida qisqacha ma’lumot
1 Tuproqlar rekultivatsiyasi Tuproqlarning buzilishi, ifloslanishi, tuproqlarning xossalarini va rejimlarini o‘zgarishi, tegishli rekultivatsiya tadbirlari, ilmiy yechimlari, agrobiologik usullarini o‘rganadi.
3 Tuproqlarning biologik diagnostikasi  Tuproqning  biologik xossasini, undagi mikroorganizmlar faoliyati, fermentlar faolligi, tuproq nafas olishi, biologik faollik darajasi hamda ushbu ko‘rsatkichlar asosida tuproq unumdorligi va degradatsiya jarayonlarini aniqlashni o‘rganadi.
4 Maxsus fanlarni o`qitish metodikasi  Kasbiy  ta’lim muassasalarida maxsus fanlarni samarali o‘qitishning nazariy asoslari, tamoyillari, usullari va shakllari, o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish, dars jarayonini tashkil etish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, o‘quvchilarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish hamda bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash,   pedagogik mahoratini rivojlantirish va ta’lim jarayonini ishlab chiqarish yo‘llarini  o‘rganadi.
5 Tuproqshunoslikda ilmiy- tadqiqot uslublari  Tuproqni  o‘rganishda qo‘llaniladigan ilmiy izlanishlarning nazariy asoslari va amaliy metodlari unda dala va laboratoriya tadqiqotlarini tashkil etish, tuproq namunalari olish, fizik-kimyoviy va biologik tahlillar o‘tkazish, tajribalarni rejalashtirish, olingan natijalarni statistik qayta ishlash hamda xulosalar chiqarish usullarini o‘rganadi.
6 Antropogen tuproqlar Inson faoliyati ta’sirida shakllangan va o‘zgargan tuproqlarning kelib chiqishi, tarkibi, xossalari hamda tarqalish qonuniyatlari, sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va urbanizatsiya jarayonlari natijasida yuzaga keladigan tuproq o‘zgarishlari, ifloslanish turlari, degradatsiya jarayonlari va ularning ekologik oqibatlari,  tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilash, rekultivatsiya qilish va ulardan oqilona foydalanish usullarini o‘rganadi.
7 Tuproq monitoringi  Tuproqlarning  holatini muntazam kuzatish, baholash va bashorat qilishning ilmiy asoslari, tuproq unumdorligi, sho‘rlanish, eroziya, ifloslanish, namlik rejimi va boshqa muhim ko‘rsatkichlarning vaqt davomida o‘zgarishini aniqlash usullari,  monitoring ma’lumotlarini yig‘ish, tahlil qilish va xaritalashtirish orqali tuproq degradatsiyasining oldini olish,  yer resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish masalalarini  o‘rganadi.
8 Ilmiy tadqiqit  metadologiyasi  Ilmiy  bilishning nazariy asoslari, tadqiqot olib borish tamoyillari va metodlari,   ilmiy muammoni aniqlash, tadqiqot maqsadi va vazifalarini belgilash, gipoteza qo‘yish, tadqiqot rejasini tuzish, ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish,  ilmiy ishlarni rasmiylashtirish, maqola, dissertatsiya va hisobotlar yozish qoidalarini  o‘rganadi.
9 Raqamli tuproq xaritalashning nazariy va amaliy asoslari Tuproq  xossalari va turlarini zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida bashoratlash va xaritalash usullari,   GIS va masofadan zondlash ma’lumotlaridan foydalanish, statistik va geostatistik modellar tuzish, dala va laboratoriya ma’lumotlarini raqamli muhitda qayta ishlash, yuqori aniqlikdagi tuproq xaritalarini yaratish jarayonlari yoritih,   yer resurslarini boshqarish, qishloq xo‘jaligini rejalashtirish, ekologik baholashda foydalanish imkoniyatlarini o‘rganadi.
10 Tuproqhunoslikda modellashtirish asoslari Tuproqning  fizik, kimyoviy va biologik jarayonlarini matematik va kompyuter modellar yordamida o‘rganish,  tuproq xossalarini tahlil qilish, baholash va bashoratlash,  tuproq unumdorligi va degradatsiya jarayonlarini modellashtirish,   modellashtirish ko‘nikmalarini o‘rganadi.
11 Gumus hosil bo`lishining biokimyoviy asoslari Tuproqda  organik qoldiqlarning mikroorganizmlar va fermentlar ishtirokida biokimyoviy parchalanishi, qayta sintezi va polimerlanishi jarayonlarini, gumus moddalari (gumin, gumat va fulvokislotalar)ning hosil bo‘lish mexanizmlari, ularning molekulyar tuzilishi, energetik va ekologik ahamiyati,  tuproq unumdorligi va barqarorligidagi rolini o‘rganadi.
12 Tuproqlarning zamonaviy konsepstiyasi va muammolari Tuproq  haqidagi hozirgi ilmiy qarashlar, tuproqni  murakkab biogeokimyoviy tizim sifatida talqin etuvchi konsepsiyalarni,   degradatsiyasi, iqlim o‘zgarishi,  tuproq unumdorligini saqlash va barqaror boshqarish bilan bog‘liq dolzarb muammolarni o‘rganadi
13 Tuproq unumdorligini oshirishda innovatsiyon texnologiyalar  Tuproqning  fizik, kimyoviy va biologik xossalarini optimallashtirishga qaratilgan bio- va agrotexnologiyalar, raqamli modellashtirish, aniq dehqonchilik (precision agriculture), biostimulyatorlar, mikrobiologik preparatlar hamda resurs tejamkor usullarning samaradorligini,  tuproq unumdorligini barqaror oshirish va agroekotizimlar barqarorligini ta’minlashni o‘rganadii.

Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar to‘g‘risida

   Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh Ilmiy darajasi, unvoni   Dissertatsiya ishi mavzusi
1   Jabbarov Zafarjon Abdukarimovich biologiya fanlari doktori, professor Tuproqlarning kimyoviy ifloslanish va ularning rekultivatsiyasi
2 Sattarov Jo‘raqul Sattarovich Qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor Agrokimyoning fundamental muammolari
3 Gafurova Laziza Akramovna biologiya fanlari doktori, professor Tuproqshunoslikning fundamental muammolari
4 Faxrutdinova Mashkura Fazliddinovna biologiya fanlari nomzodi, dotsent Turkiston tog‘ tizmalari shimoliy qismi tuproqlari (Zomin «Xalq bog‘i» xududi tuproqlari misolida)
5 Djalilova Gulnora Tulkunovna biologiya fanlari doktori, dotsent O‘zbekiston o‘rta va past tog‘laridagi eroziya jarayonlarini geoaxborot tahlili (Chotqol va Turkiston tog‘lari tuproqlari misolida)
6 Maxkamova Dilafruz Yuldashevna biologiya fanlari falsafa doktori Jizzax cho‘li gipsli tuproqlari va ularning biologik faolligi
7 Mahammadiev Samad Qilichevich qishloq  xo‘jaligi fanlari falsafa doktori Kuzgi bug‘doy don sifatini oshirishda nav va o‘g‘itning ahamiyati
8 Abdushukurova Zamira Zaynitdinovna qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi “Sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlarning agrofizikaviy xossalari va tuz tartiboti” (Jizzax cho‘li shimoli-g‘arbiy qismi misolida)
9 Zakirova Salomat Qasimbaevna qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori Qashqadaryo quyi oqimi taqirsimon va taqirli-o‘tloqi tuproqlarning antropogen omil ta’sirida o‘zgarishi
10 Is’hoqova Shoira Mirsodiqovna qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, dotsent «Veщestvennыy sostav osnovnыx pochv nizovev Amudari i vliyanie na nix protsessov orosheniya i opustыnivaniya»
11 Sidiqov Saidjon qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, dotsent Sug‘oriladigan tuproqlar gumusi tarkibi va miqdorini agrotexnik fon hamda o‘simlik qoldiqlari xillariga bog‘liqligi
12 Ergasheva Olimaxon Xaliqjonovna biologiya fanlari falsafa doktori Shimoliy Turkiston tog‘ tizmasining pedofaunasi va eroziyaga uchragan tuproqlar biodiagnostikasining ahamiyati
13 Nabieva Gulchexra Mirergashevna biologiya fanlari  doktori, dotsent Degradatsiyaga uchragan yaylov tuproqlari va ular unumdorligini oshirish texnologiyalarini takomillashtirish
14 Kasimov Umedillo Salimovich qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori Mineral  o‘g‘itlar samaradorligini oshirish usullari (Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarda g‘o‘za misolida)
15 Atoeva Gulxayo Raxmonovna biologiya fanlari falsafa doktori ktori Maishiy chiqindixonalar atrofidagi tuproqlarning imloslanishi
17 Aliboeva Malika Alimovna biologiya fanlari falsafa doktori Tog‘ tuproqlari ekologiyasi
18 Abdullaev Shoxrux Zafar o‘g‘li Orol dengizining qurishi va tuproqlarning shakllanishi

Xalqaro hamkorlik

Tuproqshunoslik kafedrasi mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan yuqori darajada faoliyatni yo‘lga qo‘ygan, jumladan respublikadagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar  instituti, “TUPROQSIFATTAHLIL” DUK, Farg‘ona davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, Andijon davlat universiteti, Guliston davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti, Urganch davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Agrar davlat universiteti, «IFODA AGRO KIMYO HIMOYA» MChJ QK, respublika agrokimyo stansiyasi, Botanika bog‘i va boshqa tashkilotlar bilan ilmiy, amaliy, innovatsion hamkorlik bo‘yicha ishlarni olib bormoqda. Xorijiy davlatlardan Polsha, Chexiya, Germaniya, Slovakiya, Sloveniya, Xitoy, Rossiya, AQSh, Hindiston, Yaponiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston,  Niderlandiya va boshqa davlatlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.