Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Kafedra mudiri

BEGMATOVA DILFUZA ABDULLAJONOVNA
BEGMATOVA DILFUZA ABDULLAJONOVNA>

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi:

Fan nomzodi, PhD

Ilmiy unvoni:

Dotsent

Qabul kunlari:

Manzil:

Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

Kafedra tarixi

   1969 yili tashkil etilgan “Fakultetlararo umumiy fizika”, 1976 yilda tashkil etilgan “Fizikani o‘qitish uslubi va tarixi” va 1955 yili faoliyatini boshlagan “Atmosfera fizikasi” kafedralari 2005-yili birlashtirilib, “Umumiy fizika, fizikani o‘qitish uslubi va atmosfera fizikasi” kafedrasi tashkil etildi va 2011 yildan “Umumiy fizika” kafedrasi deb yuritilmokda Universitet tashkil etilgan kundan boshlab Fizika kafedrasi o`z faoliyatini boshlagan. Kafedra ishini rivojlantirishga taniqli olimlar N.N.Zlatovratskiy, A.E.Levashev, N.V.Krimenevskiy, L.N.Dobretsov katta hissa qo`shganlar. Fizikaviy elektronika kafedrasining shakllanishida buyuk olimlar A.N. Dobretsov, S.V. Starodubsev, U.A. Arifov va G.N.Shuppelarning xizmatlari juda kattadir. Kafedra 1936 yilda tashkil etilgan bo‘lib, u eksperimental fizika, elektronika, elektro–fizika nomlari bilan yuritilgan. 1957 yildan esa Fizikaviy elektronika nomi bilan atalgan. Fizikaviy elektronika kafedrasiga 1957-1966 yillarda G.N. Shuppe, 1966-1972 va 1980-1991 yillarda prof. V.I. Veksler, 1972-1980 va 1991-1993 yillarda dots. A.A. Adilov, 1993-1995 yillarda akad.O‘.X.Rasulev mudirlik qilgan. 1995-2009 yillarda kafedraga dots.N. Norqulov, 2009-2011 yillarda prof U.SH.Begimqulov mudirlik qilgan.
1969–91 yillar davomida “Fakultetlararo umumiy fizika” kafedrasini “Qattiq jismlar fizikasi va kimyosi” sohasidagi atoqli olim prof. M.A. Ma’rupov boshqardi. “Fakultetlararo umumiy fizika” kafedrasining mudiri prof. M.A. Ma’rupovning universitetlarda va umuman oliy maktabda fizika fanini o‘kitishni takomillashtirish borasidagi xizmatlari alohida diqqatga sazovor. Shuningdek, o‘nga yaqin fan nomzodlari tayyorladi va o‘ziga xos ilmiy maktab yaratildi.
   1976 yili professor E.N. Nazirov tashabbusi bilan “Fizika metodikasi va tarixi” kafedrasi O‘zbekistonda birinchi marta tashkil etildi. E.N. Nazirov ushbu kafedra mudiri lavozimiga tayinlandi va umrining oxirigacha (1976-2004) ushbu vazifada fidokorona faoliyat ko‘rsatdi.
Umumiy fizika kafedrasiga 1991 yildan 2012 yilgacha professor U.Abdurahmanov, 2012–2013 yillarda professor A.V.Umarov mudirlik qilgan bo‘lsa, 2013 yildan boshlab dotsent D.A.Begmatova kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
   Kafedra professor-o‘kituvchilari fizika, astronomiya, tibbiyot fizikasi hamda universitetning kimyo, matematika, kompyuter texnikasi, biologiya, geologiya va tuproqshunoslik, falsafa fakultetlari talabalariga umumiy fizika fani bo‘yicha ta’limni amalga oshiradi. Professor-o‘qituvchilar ilmiy tadqiqot ishlari bilan bir qatorda fizika fanini o‘qitish uslubini takomillashtirishga, ilmiy metodik ishlarni rivojlantirishga, yangi laboratoriya ishlarini yaratishga va ularni o‘quv jarayonida qo‘llashga, dars jarayonida texnik vositalardan foydalanishga katta e’tibor berib kelmoqda.
Keyingi yillarda kafedrada katta ilmiy-xodim izlanuvchilar instituti faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, prof. U.Abdurahmonov rahbarligida 4 ta fan nomzodi, prof. K.A.Tursunmetov rahbarligida 9 ta fan nomzodi, prof. M.Qurbonov rahbarligida 7 ta pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 1 ta pedagogika fanlari doktori (DSc), dots. D.A.Begmatova rahbarligida 3 ta fan nomzodi himoya qilishdi. Hozirgi kunda kafedradagi professor-o‘qituvchilar ustoz-shogird tizimi asosida 12 ta tayanch doktorant va mustaqil tadqiqotchilar bilan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.
Kafedrada darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va o‘quv uslubiy materiallar tayyorlashga katta e’tibor berib kelinmoqda. Jumladan, kafedra jamoasi 1990-2021 yillarda 7 ta monografiya, 20 dan ortiq o‘quv qo‘llanma va 30 ga yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlashdi va chop ettirishdi hamda darsliklar, qator yangi o‘quv laboratoriya qurilmalari ishlab chiqildi.

Kafedra tarkibi

Tursunmetov Kamiljan Axmetovich

Professor

Batafsil

Abduraxmanov Umarbek Xxx

Professor

Batafsil

Kurbanov Mirzaaxmad Xxx

Professor

Batafsil

Ergashоv Yoqub Suvonovich (Fizika-Matematika Fanlari Doktori, Professor)

Professor

Batafsil

Kamilov Sherzad Xashimovich

Dotsent

Batafsil

Sodiqova Shoxida Mirzaaxmadovna

Dotsent

Batafsil

Raxmanov G‘aniboy Todjiyevich

Dotsent

Batafsil

Zaxidova Mavlyuda Abdukarimovna

Dotsent

Batafsil

Nurmatov Nebadir Abduvaxabovich

Dotsent

Batafsil

Abdullayev Raxmatulla Mirasatovich

Dotsent

Batafsil

Turgunbayev Farxad Yusupjanovich

Dotsent

Batafsil

Narkulov Nemat Xxx

Dotsent

Batafsil

Yunusov Anvar Xolmatovich

Dotsent

Batafsil

Ro‘ziyev Zuhriddin Jamoliddinovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Eshquvatov Husan Eshtemirovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Kosbergenov Yernazar Jusipbay Uli

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Xudoyberdiyeva Malika Karomat qizi

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Abdullayev Nuraddin Quranboyevich

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Alimov Ravshan Abdurasulovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Raximova Yayra Maxmudovna

Katta o‘qituvchi

Batafsil
XAMIDJONOV ISLOMJON XOLMATOVICH

Xamidjonov Islomjon Xolmatovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Sayfulloyev Shohruh Amin o‘g‘li

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Sultonov Odiljon Ziyomiddinovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Shamayev Xushbak Maxammadiyevich

Assistent

Batafsil
BOZORBAYEV ILYOSBEK ISRAILOVICH

Bozorbayev Ilyosbek Israilovich

Assistent

Batafsil

Xolboyev Yunusali Xasan o‘g‘li

Assistent

Batafsil
UROLOV IKROM ZAYNIDDINOVICH

Urolov Ikrom Zayniddinovich

Assistent

Batafsil

Saitqulov Dostonjon Rustam o‘g‘li

Assistent

Batafsil
VOXIDOV ERKIN RUZIMAXAMMADOVICH

Voxidov Erkin Ruzimaxammadovich

Assistent

Batafsil

Ilmiy faoliyat

Ilmiy yo’nalishlar

  • Har xil aralashmali moddalarning elektrofizik xususiyatlarini tatqiq qilish;
  • Oliy o‘quv yurtlarida fizikani nazariy va eksperimental o‘qitish muammolari;
  • Metallar va qotishmalarning emission va adsorbsion xossalarini o‘rganish;
  • Umumiy fizika bo‘limlarini va yarimo‘tkazgichlar fizikasini o‘qitish metodikasini takomillashtirish.

 

Kafedrada bajarilayotgan ilmiy loyihalar

  • «Yong‘indan xabar beruvchi issiqlik sezgir bildiruvchi va uni qabul qiluvchi qurilmalarning tajriba namunalarini tayyorlash» (2003-2005)
  • “Tabiiy polimerlar asosida nanokompozit va polikompleks kompozitlarni yaratish” (2017-2020)

Xalqaro hamkorlik

– Sankt-Peterburg Pedagogika universiteti (Rossiya)
– Moskva Davlat universiteti (Rossiya)
– Chelyabinsk pedagogika institut (Rossiya)