Ilmiy tadqiqot ishlarining salmog`i, ularning ilmiy va amaliy ahamiyati, mutaxassislar tayyorlash sohasidagi yutuqlar 1970 yili respublikada birinchi Yarimo`tkazgichlar va dielektriklar fizikasi kafedrasining tashkil topishiga asos bo`ldi. Kafedraning tashkilotchisi va birinchi mudiri prof. A.T.Teshaboev (1970-1981 yillar) bo`ldi. 1981-1996 yillari ushbu lavozimda prof. S.Z.Zaynobidinov faoliyat ko`rsatgan bo`lsa, 1996 yildan 2012 yilgacha prof. S.I.Vlasov mudirlik qildi.
1994-yilda akad. S.SH.Rashidova tashabbusi bilan “Polimerlar fizikasi” kafedrasi tashkil qilingan. 2011-yilning dekabrida “Yarimo’tkazgichlar va dieliktriklar fizikasi” kafedrasi va “Polimerlar fizikasi” kafedrasi birlashtirilib “Yarimo’tkazgichlar va polimerlar fizikasi” nomi bilan atalib kelinmoqda.
Ushbu kafedraga 2012 yildan 2017 yilgacha dots. D.E.Nazirov , 2017-2019 yillar dots. A.A.Nasirov 2019-2022-yillarda prof. A.A.Xolmuminov mudirlik qilgan. 2022 – yildan boshlab dots. A.A.Nasirov kafedraga mudirlik qilmoqda.
Umuman olganda, yarimo‘tkazgichlar fizikasi ixtisosligi va kafedra tashkil topgandan buyon professor-o‘qituvchilar, ilmiy maktab vakillari va ularning shogirdlari, bitiruvchilari, kafedraning aspirant va doktorantlari tarkibidan 30 dan ortiq doktorlik, 100 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari tayyorlandi va himoya qilindi.
Kafedrada bugungi kunda dots.A.Nasirov (kafedra mudiri), prof. Sh.U.Yuldashev, prof.v.b. M.Isayev, dotsentlar P.B.Parchinskiy, M.Karabayeva, J.Xaqqulov, o‘qituvchi Z.Temirov, A.O.Arslanovlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.


