Zoologiya kafedrasi 1920-yilda universitetning Geologiya-geografiya fakulteti tizimida tashkil etilgan, bu Oʻzbekistonda hayvonot olamini va ularning bioxilma-xilligini oʻrganish davlat ahamiyatiga ega boʻlgan ulkan ilm tarmogʻiga aylanganligidan dalolat beradi. 2005-yilgacha kafedra ikki alohida kafedra boʻlgan, Umurtqasizlar Zoologiyasi kafedrasi va Umurtqalilar Zoologiyasi kafedrasi. 2005-yildan hozirgi kungacha yaxlit Zoologiya kafedrasi boʻlib faoliyat yuritib kelmoqda.
Oʻzbekiston Milliy universitetining Zoologiya kafedrasiga shu kungacha quyidagi olimlar mudirlik qilgan:
Umurtqasizlar Zoologiyasi kafedrasi:
1920-1941 – A.L. Brodskiy
1941-1986 – A.T. Toʻlaganov
1986-1997 – Z.N. Norboyev
1998-2005 – B.A. Moʻminov
Umurtqalilar Zoologiyasi kafedrasi:
1920-1935 – D.N. Kashkarov
1935-1981 – T.Z. Zoxidov
1981-2005 – I.Q.Qodirov
Zoologiya kafedrasi:
2005-2010 – I.Q.Qodirov
2010-2015 – G.A. Abduraxmonova
2015- v.h. M.Sh. Raximov