Chexiyaning Gʻarbiy Bohemia universiteti vakillari bilan onlayn uchrashuv


Maʼlumki, Oʻzbekiston Milliy universitetning xorij universitetlari bilan olib borayotgan hamkorlik aloqalari yaqinda nufuzli QS World University Rankings tomonidan yuqori baholandi.

Mana shunday hamkorlik doʻstlik aloqalarini oʻrnatish maqsadida Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Raima Shirinova joriy yilning 17-fevral kuni Chexiya Respublikasining Plzen regionida joylashgan Gʻarbiy Bohemia universitetiga tashrif buyurgan edi. Universitet rahbariyati bilan hamkorlikning ilk bosqichi sifatida oʻzaro shartnoma imzolanib ,ayniqsa filologiya, sohasida oʻzaro aloqalar oʻrnatish , professor-oʻqituvchilarning birgalikda Scopus bazalarida indekslanuvchi jurnallarda maqolalar nashr etish jarayonlari muhokama qilingandi.

Bugun, Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Raima Shirinova, rus tilshunosligi kafedra mudiri Saodat Komilova, fakultetlararo rus tili kafedra mudiri Ravshana Isakovalar ishtirokida Chexiyaning Gʻarbiy Bohemia universiteti vakillari bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi. Suhbat davomida ikki universitet vakillari memorandumda koʻzda tutilgan ishlarnining amalga oshirilish bosqichlarini kelishib olishdi, ayniqsa talabalarning akademik almashinuv dasturlarnini yoʻlga qoʻyish, professor-oʻqituvchilarning hamkorlikda maqolalar chop etish jarayonlarini amalga oshirishga kelishib olindi.



Xalqaro aloqalar bo’limi