Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

CNRS Ilmiy tadqiqotlar markazi

2024 yil , 2-aprel kuni Fransiyaning CNRS Ilmiy tadqiqotlar markazi direktori Ruszard Lobinski boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekiston milliy universitetiga tashrif buyurdi.

Asosan bu delegatsiya analitik kimyo va mikrobiologiya sohasida olimlarimiz bilan hamkorlik qilish taklifini bildirdi. Maʼlumot oʻrnida, fransuz olimoari universitetning biologiya fakulteti professorlaribilan uzoq yillardan buyon ilmiy hamkorlik qilib kelmoqdalar.

Uchrashuvda esa mazkur hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun hamkorlik memorandumi imzolash va unga asosan ilmiy va oʻquv sohada hamkorlikni yanada kengaytirish borasida fikr yuritdilar. Professor Ruszard Lobinsk oʻz tashrifi doirasida biologiya fakulteti talabalari va soha olimlariga maʼruza darsi oʻtib berdi.