Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Daniel Maks Gallmann

Daniel Maks Gallmann

Biografiya

Daniel Maks Gallmann

Sharqshunos, 2022-yildan O‘zMU Xorijiy filologiya fakulteti Nemis filologiyasi kafedrasida
DAAD’ning doimiy nemis tili o‘qituvchisi. Turli mamlakatlarda (Turkmaniston, Nepal, Turkiya,
Qozog‘iston) nemis tilidan dars bergan. Ingliz, turk (ravon), o‘zbek, turkman, rus, qozoq,
fors, arab, fransuz, nepal (asosiy), osmon tili (o‘qish)ni biladi. DAAD lektori sifatida
stipendiyalar bo‘yicha maslahat beradi.

Ma’lumoti
  • Avstriya til diplomiga imtihonchi litsenziyasi (A1–B2)
  • Gyote instituti: “Nemis tilini chet tili sifatida o‘qitish metodikasi” (sirtqi kurs)
  • Otto Fridrix Bamberg universiteti: sharqshunoslik diplomi
    Asosiy — turkologiya; ikkinchi — islamshunoslik, islom san’ati tarixi
  • DAAD stipendiyasi: Samarqandda “O‘zbek tili” kursi
  • Zingen, Robert Hervig nomli iqtisodiy gimnaziya


Ixtisoslashgan sohalari
Nemis tilini o‘qitish metodikasi
Mamlakatshunoslik
Nemis va jahon adabiyoti tarixi
Yevropa tarixi
Turkologiya
Islom san’ati tarixi