Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

“Davlat xizmatiga ishga kirish tartibi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

Bugun, O‘zbekiston Milliy universitetida “Yoshlar bandligi oyligi” doirasida bitiruvchi kurs talabalariga “Davlat xizmatiga ishga kirish tartibi” mavzusida seminar o‘tkazildi.

 

 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar filiali vakili O‘tkir Abdukarimov, O‘zMU Marketing va akademik faoliyatni prognozlash bo‘limi boshlig‘i Mansur Mamanazarov ishtirok etdilar.

Talabalarga davlat tashkilotlariga ishga kirish jarayonlari hamda “vacancy.argos.uz” tizimidan foydalanishni tartibi haqida to‘liq ma’lumot berildi. Tadbir yakunida talabalar mavzuga doir o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga batafsil ma’lumot olishdi.