Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Ma’lumotlar bazasi (back office) bo‘limi

Ma’lumotlar bazasi (back office) bo‘limi boshlig'i

GIYASOV SARVAR A’ZAMOVICH

  • 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
  • Dushanba-Juma, 14:00 – 17:00
  • +998 71 246 54 64
  • giyosov@nuu.uz

Bo‘lim universitetda akademik faoliyatni samarali va tizimli tashkil etish, ta’limning kredit-modul tizimini boshqarish, ta’lim jarayonlarini  avtomatlashtirish va muvofiqlashtirish, ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda tahlil qilish orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan qarorlar qabul qilish jarayonini optimallashtirish kabi faoliyatni amalga oshiruvchi Registrator ofisining tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.


Bo‘lim tarkiban 1 nafar bo‘lim boshlig‘i va 12 nafar mas’ul dekan o‘rinbosarlardan iborat. Bo‘lim o‘z faoliyatini quyidagi asosiy funksional vazifalar orqali amalga oshiradi:

  • yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari bilan ishlashni belgilangan tartibda tashkil etish, talabalarga doir tegishli buyruqlarni rasmiylashtirish, hisobini yuritish va ijrosini ta’minlash;
  • “HEMIS” axborot tizimiga talabalarga doir tegishli ma’lumotlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri kiritish, hisobini yuritish, tahlil va monitoring qilish hamda axborot tizimi orqali o‘quv jarayonini muvofiqlashtirib borish;
  • “HEMIS” axborot tizimi orqali o‘quv rejada mavjud fanlarni semestrlarga biriktirish, o‘quv rejalarini yaratish va ularni tahrirlash, fanlar bazasini shakllantirish;
  • talabalarga qayta o‘zlashtirish va topshirishlarni tashkil qilish, fanlar farqi va fanlardagi kreditlar farqini aniqlash, ruxsatnomalar berish va hisobini yuritish;
  • talabalarning shaxsiy yig‘ma jildlarini qabul qilish, saqlash, hisobini yuritish, tegishli hujjatlar to‘liqligini ta’minlash va belgilangan muddatlarda universitet arxiviga topshirish;
  • qat’iy hisobdagi hujjatlarning shakllarini (diplom va uning ilovasi blankalari va boshqalar) belgilangan tartibda qabul qilish, saqlash, rasmiylashtirish, nashr etish, tasdiqlatish va taqdim etish;
  • bitiruvchi talabalarga berilgan diplomlarning haqiqiyligi yuzasidan  https://otm.mehnat.uz va http://d-arxiv.edu.uz  platformalari orqali tashkilot va muassasalar bilan muntazam yozishmalarni amalga oshirish hamda yo‘qotilgan diplom va ilovalar o‘rniga dublikatlarni o‘rnatilgan tartibda berish;
  • talabalar, resurslar, shartnomalar, mashg‘ulotlar, talabalarning o‘zlashtirishi haqidagi va bo‘lim faoliyatiga oid boshqa turli xil statistik ma’lumotlarni umumlashtirish, tahlil qilish va hisobini yuritish;

bo‘lim o‘z faoliyati doirasida yuqoridagi funksional vazifalardan tashqari boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.