O‘quv-metodik ta’minot bo‘limi

O‘quv-metodik ta’minot bo‘limi boshlig'i

Sayfulloyev Shohruh Amin o‘g‘li

  • 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
  • Dushanba-Juma, 14:00-17:00
  • sayfulloyev_sh@nuu.uz

O‘quv-metodik ta’minot bo‘limi faoliyati:

O‘quv-metodik ta’minot bo‘limi oliy ta’lim muassasasida o‘quv jarayonini sifatli metodik materiallar bilan ta’minlash, ularning mazmuni va samaradorligini oshirish hamda zamonaviy talablar asosida takomillashtirishga qaratilgan quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

– O‘quv-metodik hujjatlarning (o‘quv rejalari, fan dasturlari, ishchi dasturlar, metodik ko‘rsatmalar, o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar va boshqalar) yagona tizimini shakllantirish va yuritish;

– Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar kesimida o‘quv-metodik ta’minot holatini o‘rganish, tahlil qilish hamda uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

– O‘quv adabiyotlari va metodik qo‘llanmalarni tayyorlash jarayonida kafedralarga metodik yordam ko‘rsatish, ularni nashrga tavsiya etish va elektron bazaga joylashtirishni muvofiqlashtirish;

– Darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-metodik majmualar va boshqa metodik materiallarning ekspertizasini tashkil etish hamda ularning me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini ta’minlash’

– O‘quv-metodik qo‘llanmalar, metodik tavsiyalar, multimedia materiallari, test topshiriqlari, grafik organayzerlar va elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish va takomillashtirish jarayonini tashkil etish;

– Kafedralarda tayyorlanayotgan o‘quv-metodik materiallarning davlat ta’lim standartlari va amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini nazorat qilish;

– Fanlar kesimida o‘quv-metodik ta’minot darajasi va sifatini monitoring qilish, tahliliy ma’lumotlar hamda hisobotlar tayyorlash;

– Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan o‘quv-metodik materiallar yaratishni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash;

– O‘quv jarayonini raqamlashtirish, elektron axborot-resurslar bazasini shakllantirish va ularni samarali qo‘llashni tashkil etish;

– O‘quv-metodik ishlarni rejalashtirish, boshqarish, hisobga olish hamda statistik ma’lumotlarni yuritish;

-Metodik seminarlar, tajriba almashish anjumanlari va o‘quv-uslubiy tadbirlarni tashkil etish orqali professor-o‘qituvchilarning metodik salohiyatini oshirishga ko‘maklashishdan iborat.