Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

DIQQAT, E’LON!

XALQARO TANLOVDA ISHTIROK ETISHGA TAKLIF ETAMIZ!

Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligi, Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamkorligida “Tovarlar va xizmatlar savdosini rivojlantirish” mavzusida xalqaro tanlov e’lon qilinadi.

Tanlov O‘zbekiston va Rossiya talabalari o‘rtasida o‘tkaziladi va xalqaro darajadagi ilmiy-amaliy yondashuvlarni rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

📌 Tanlov mavzusi:
“Tovarlar va xizmatlar savdosini rivojlantirish”

📌 Ishtirokchilar:
Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari

📅 Qabul muddati:
2025-yil 15-iyungacha

📝 Tanlovga oid barcha ma’lumotlar quyidagi onlayn platformada keltirilgan:
🌐 https://rouz.vavt.ru/

Iqtidorli va faol talabalarni ushbu xalqaro tanlovda ishtirok etishga chorlaymiz! Bu — bilim va g‘oyalarni namoyon etish, xalqaro tajriba almashish va yangi yutuqlarga erishish uchun ajoyib imkoniyat!