Hurmatli talabalar va o‘qituvchilar!
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy xati va Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining ma’lumotiga ko‘ra, Yaponiyaning Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi (MEXT) 2025-yilda Yaponiya oliygohlarida tahsil olish va malaka oshirish uchun quyidagi o‘quv dasturlariga arizalar qabul qilishni e’lon qiladi:
🔹 “Yapon tili va madaniyati” dasturi – oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun.
🔹 “O‘qituvchilar uchun amaliyot dasturi” – boshlang‘ich, o‘rta maktab, litsey yoki kollej o‘qituvchilari uchun.
📌 Dastur doirasida quyidagilar qoplanadi:
Xalqaro aviachiptalar (borish va kelish);
Yashash xarajatlari;
Ta’lim olish xarajatlari.
⏰ Hujjat topshirishning oxirgi muddati: 2025-yil 24-yanvar.
📄 Tanlovda ishtirok etish uchun
Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining rasmiy veb-sahifasi orqali batafsil ma’lumotlar bilan tanishing.
Talabnomani to‘ldiring va barcha kerakli hujjatlarni mustaqil ravishda elchixonaga topshiring.
Bu imkoniyatni boy bermang va Yaponiyada o‘qish orzularingizni ro‘yobga chiqaring!
Xalqaro aloqlar bo`limi