Sherimbetov Vafabay – Kafedra mudiri
100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00
97 762-29-70
vafo_uz@mail.ru
“Ekologiya” kafedrasi-1990 yildan boshlab Ekolog mutaxassislarini tayyorlash maqsadida Gidrobiologiya va Ixtiologiya kafedrasi Ekologiya va Ixtiologiya kafedrasi deb nomlandi.
Kafedraning ilmiy mavzusi:
– O’simliklarning qurg’oqchilikga, sanoat chiqindilari chidamliligini ilmiy asoslash.
– Foydali shifobahsh o’simliklar ekologiyasini o’rganish hamda degradatsiyaga uchragan yerlarda o’simliklar jamoasini tashkil etish.
– O’zbekistonda adir va cho’l mintaqasi o’simliklarining ekologik klassifikatsiyasi struktura – funksional va biologik belgilarini sistemali analiz qilish.
– O’zbekiston suv xavzalaridagi gidrobiontlar ekologiyasini o’rganish.
– Tabiatdan barqaror foydalanish, shaharlar ekologiyasi, barqaror rivojlanish mavzulari bo’yicha ilmiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Kafedra xodimlari
№ | Lavozimi, ilmiy unvoni, telefon va electron adresi: |
1 | Sherimbetov Vafabay Xalillullayevich Kafedra mudiri Biologiya fanlari falsafa doktori (Phd) Tel:+998977622970 E-mail: vafo_uz@mail.ru |
2 | Rahimova Turaxon Uzaqovna Professor, Biologiya fanlari doktori Tel: +998935656855 E-mail: t.rahimova@nuu.uz |
3 | Qo’lmatov Rashid Anvarovich Professor, Kimyo fanlari doktori Tel: +998 94 577 07 03 E-mail: rashidkulmatov46@gmail.com |
4 | Sherimbetov Sanjar Gulmirzayevich Professor, Biologiya fanlari doktori Tel: 977468642 E-mail: sanjarbeksherimbetov@gmail.com |
5 | Xolmatov Baxtiyor Rustamovich Professor, Biologiya fanlari doktori Tel: +99871 2890465 E-mail: biol_uz@mail.ru |
6 | Mirzayeva Gulnora Saidaripovna Biologiya fanlari doktori Tel: +998974031066 E-mail: mirzayeva.gulnora@mail.ru |
7 | Allaberdiyev Rustam Xamrayevich Dotsent, Biologiya fanlari nomzodi Tel:+998977031066 E-mail: a-rustam@rambler.ru |
8 | Yodgorova Dilfuza Shavkatovna Dotsent, Biologiya fanlari nomzodi Tel: +998 94 678 55 03 dilfuzayodgorova13@gmail.com |
9 | Xalillayev Sherzod Alimbayevich Dotsent vazifasi bajaruvchi, Biologiya fanlari falsafa doktori (PhD) Tel: +998 97 784 28 14 E-mail: sherzod85-85@mail.ru |
10 | Jabborov Bahrom Turg’unovich Dotsent vazifasi bajaruvchi, Biologiya fanlari falsafa doktori (PhD) Tel: +998911928692 E-mail: jabbarov@gmail.com |
11 | Eshonqulov Otabek Donyorovich Katta o‘qituvchi Tel:+998330350145 E-mail: otabekeshonqulov80@mail.ru |
12 | Mirzayev Jasur Ashiraliyevich Katta o‘qituvchi, Biologiya fanlari falsafa doktori (PhD) Tel: +998900066044 E-mail: jasur_mirza86@mail.ru |
13 | Qo’chqorob Nurbek Yuldashevich O‘qituvchi, Biologiya fanlari falsafa doktori (PhD) Tel:+998998208581 E-mail: quchkorov1981@mail.ru |
14 | Xurramov Nodir Norboy o’g’li O‘qituvchi Tel:+998338766962 E-mail: xurramov92@mail.ru |
15 | Rajabova Nilufar Davlatboy qizi Stajyor o’qituvchi Tel:+998 93 203 75 32 |
O‘qitiladigan fanlar
№ | Fanning nomi | Fan xaqida qisqacha ma’lumot |
1 | Ekologiya asoslari | Talabalarga tashqi muhit omillarining tirik organizmlarga ta’siri, jamoada organizmlar, ularning tashqi muhit bilan o’zaro munosabatlarining umumiy qonuniyatlari to’g’risida, jamoalar tuzilishi va dinamikasi, ekosistemalar hayotini belgilovchi qonuniyatlar va prinsiplari to’g’risida bilim berish |
2 | Biogeografiya | Talabalarda biogeografik bilimlarning nazariy asoslarini, asosiy tushuncha va qonuniyatlarini, organizmlarning geografik qobiq va uning turli hududiy birliklaridagi biologik hamda ekologik rolini ochib berish, yerning umumgeografik qonuniyatlari asosida organizmlarning tarqalishi va yashash hususiyatlari tamoyillarini o’rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko’nikmasini hosil qilishdan iborat. |
3 | Bioekologiya (o’simliklar ekologiyasi) | Bioekologiya (o’simliklar ekologiyasi) fani ekologik omillar klassifikasiyasi, ularning o’simliklarga ta’siri, ushbu fanning muammolari, o’simliklar olamini o’rab turgan muhit orasidagi bog’lanishlar, turli ekologik omillarning o’simliklarga ta’siri va unga moslashuvlar, antropogen omillarning ularga ta’siri va unga moslashuvlar, o’simliklarni muhofaza qilish, qizil kitobga kirgan turlar ularning klassifikasiyasi, o’simliklarning qurg’oqchilikka, sho’rlikka, issiqlikka va boshqa ekologik omillar ta’siriga moslashuvi haqida ilmiy va amaliy ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratiladi. |
4 | Tuproq va agroekologiya | Talabalarda tuproq va agroekologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, ilmiy asoslari, rivojlanish tarihi, asosiy bo’limlari, boshqa fanlar bilan o’zaro bog’likligi; fanning qishloq xo’jalikdagi hozirgi zamon muammolarni yechishdagi o’rni, tuproq qoplamida inson faoliyati natijasida madaniy agrolandshaftlar hosil bo’lishi hamda dehqonchilikda aronomiya fani yutuqlarini qishloq xo’jaligida tadbiq etib, agrosenozlar o’rtasidagi ekologik munosabatlarning shakllanishiga boh’liq bo’lgan masalalar bilan tanishtirish, shu bilan ularni amaliyotda tatbiq etish ko’nikmasini hosil qilishdan iborat. |
5 | Bioekologiya (hayvonlar ekologiyasi) | Bioekologiya (hayvonlar ekologiyasi) fani ekologik omillar klassifikasiyasi, ularning hayvonlarga ta’siri, ushbu fanning muammolari, hayvonot olamini o’rab turgan muhit orasidagi bog’lanishlar, turli ekologik omillarning hayvonlarga ta’siri va unga moslashuvlar, antropogen omillarning ularga ta’siri va unga moslashuvlar, hayvonlarni muhofaza qilish, qizil kitobga kirgan turlar ularning klassifikasiyasi, hayvonlarning qurg’oqchilikka, sho’rlikka, issiqlikka va boshqa ekologik omillar ta’siriga moslashuvi haqida ilmiy va amaliy ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratiladi. |
6 | Ijtimoiy ekologiya | Ijtimoiy ekologiya – atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va buzilgan tabiat majmualarini qayta tiklash jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tomondan tartibga solish va ekologik barqaror rivojlanishni, tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tomondan tartibga solishni o’rgatadi. |
7 | Hozirgi zamonning ekologik muammolari | Fan hozirgi zamonning ekologik muammolari nazariy asoslarini, asosiy tushuncha va qonuniyatlarni, insonlarning tabiatga ta’sirining hozirgi holati, bugungi kundagi ilmiy texnik revolyusiya va global ekologik inqirozlar sabablarini hamda tabiatni muhofaza qilishga doir bilimlarni amaliyotga tatbiq etish, hozirgi zamon ekologik inqirozi, mahalliy salbiy ekologik oqibatlar, iqlim o’zgarishi, potensial ekologik xavflar, tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi, ekologik muammolarning nazariy asoslari qonuniyatlarini o’rgatadi. |
8 | Oziq-ovqat va bioxafsizlik | Oziq-ovqat va bioxafsizlik fani insonning sog’lom turmush tarzi, ekologik tabiiy oziq-ovqat mahsulotlarining roli, ularning kimyoviy tarkibi, qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirishda biologik xavfsizlik chora tabdirlari va biologik xavfsizlikni ta’minlashda zamonaviy usullarni qo’llashning ahamiyati, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqishda ekologik, biotexnologik va mikrobiologik o’ziga hosliklari, usullari, oziq-ovqat mahsulotlari sifati monitoringi hamda ishlab chiqarish jarayonida biologik xavfsizlikni ta’minlash buyicha ma’lumotlar beradi. |
9 | Ekologik siyosat | Ekologik siyosat fani O’zbekistondagi mavjud ekologik siyosat bilan tanishtirish, tabiatdan oqilona foydalanish va muhofaza qilishning mazmuni ekologiya huquqini aks ettirish, mahalliy aholining ekologik ongi va madaniyatini o’stirishda ekologiya huquqi doirasida masalalarini o’rgatish, davlatimizning huquqiy hujjatlariga oid taktik reja va strategik dasturlar hamda rejalari bilan tanishtirish, ekologik siyosatning nazariy asoslarini ochib berish; ekologik konunchilik tizimini talqin qilish va mazmunini yuridik jihatdan ochib berish, ekologik-huquqiy dunyoqarash va madaniyatni shakllantirish, ekologik qonunchilikni amaliyotda qo’llash mehanizmini o’rgatadi. |
10 | Iqlim o’zgarishi va ekologik moslashuv | Iqlim o’zgarishi va ekologik moslashuv fani iqlim va ob-havo o’zgarishlarini ilmiy-nazariy asoslari, iqlim bilan bog’liq bo’lgan ekologik muammolar va ularni keltirib chiqaruvchi omillar, ularning makon va zamonda o’zgarishi, ekologik baholash, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning ekologik asoslarini o’rgatadi. |
11 | Ekomonitoring va ekoekespertiza | Ekomonitoring va ekoekespertiza fanlari ekomonitoring va ekoekspertizaning turlari va darajalari, tabiiy muhit va ekotizim monitoring tizimini, biologik monitoring asoslari, biosfera qo’riqxonalari monitoringini, yangi qabul qilinayotgan va ishlab turgan texnika va texnologiyalarni ekologik ekspertizasini tashkil qilish va o’tkazish; chiqindilarni inventarizasiya qilish; korxonaning atrof-muhitga ta’sirini baholash; tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini variantlarini tanlash va asoslab berish, chiqindilarning chegaraviy mumkin bo’lgan miqdorini hisoblash, sanoat chiqindilarini zararsizlatirish va utilizasiya qilish usullarini o’rgatadi. |
12 | Shahar va sanoat ekologiyasi | Fan shahar va sanoat ekologiyasi to’g’risida umumiy tushuncha berish, turar joylarni ekologik loyihalashtirish, shaharlar ekologik monitoringini olib borish, urbanizasiya jarayoni va uning oqibatlarini o’rganish; shahar havosining ekologik holatini yaxshilash; aholini toza ichimlik suv bilan ta’minlanishiga erishish, sanoat chiqindilari va ularni qayta ishlash; sanoat shaharlarni ekologik barqaror rivojlanishini ta’minlashni o’rgatadi. |
13 | Garbologiya va ekotaksikologiya | Garbologiya va ekotaksikologiya fani chiqindilarni yo’q qilishning xavfsiz usullarni izlash, mahsus ishlov berishni talab qiladigan zararli moddalarni, chiqindilarni aniqlash, chiqindining tarkibi to’g’risida ishonchli ma’lumot topish va bartaraf etish yo’llarini izlash, atrof muhitining o’zgarishlarni angropogen omil ta’sirida o’rganish, atrof muhitning oqibatlarini prognozlash va baholash, chiqindilarni yo’q qilish usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish, ekologik xavfsizlik, barqaror shahar rivojlanishini ta’minlash uchun ekologik, ijtimoiy va boshqa chiqindilarni ishlatishni nazariy va amaliy baholash, bashoratlash asoslari bilan tanishish va chiqindilarni qayta ishlash texnologiyalarni joriy etish, zaharli ta’sir etish va xavfni aniqlash (miqdor va sifat munosabatlari), xavfli holatlarni oldini olish, ekologik sistemalarni tiklash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ekologik omillar va tizimlar o’rtasidagi bog’lanish, biosferadagi insonning o’rni va genofondini saqlab qolish masalalarini o’rgatadi. |
14 | Ekologiyani o’qitish metodikasi | Ekologiya fanlarini o’qitish metodikasi fani talabalarga fanni fanining tarixi va ilmiy asoslari, bo’lajak pedagog sifatida ekologik ta’lim berishning metod va vositalari, ta’lim jarayonida qo’llash mumkin bo’lgan yangi pedagogik texnologiyalar, hamda interfaol metodlar, ekologik ta’limni o’qitishni amalda qo’llay olish, mustaqil bilim berish; DTSlar asosida yaratilgan o’quv dasturlari, darsliklar, o’quv qo’llanmalari bilan ishlay olish va ularni amaliy tatbiq etish, ekologiya fanlarini maktab, litsey va o’rta maxsus kasb-hunar muassasalarida o’qitishni tashkil etishning o’ziga xos tomonlari bilan tanishtirish, o’qitish usullari, vositalarini qo’llay olish haqida ilmiy bilimlar, amaliy o’quv va ko’nikmalar beradi. |
15 | Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va muqobil energetika | Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va muqobil energetika fani talabalarga tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning nazariy asoslari va amaliy masalalari hamda, insonning zaruriy hayot muhitini ta’minlash va yaxshilash, muqobil energiya turlari va manbalari, aholini ekologik toza yo’q qilish bilan ta’minlash hamda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish haqida ilmiy-amaliy bilim va ko’nikmalar beradi. |