“Eng yaxshi qo‘shiq” tanlovi yuqori saviyada o‘tkazildi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan talaba-yoshlar o‘rtasida “Eng yaxshi qo‘shiq” tanlovi tashkil etildi. Mazkur tadbir milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish hamda ularning san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida o‘tkazildi.

Tanlovda universitetning turli fakultetlaridan iqtidorli talabalar ishtirok etib, jonli ijroda milliy va zamonaviy qo‘shiqlarni mahorat bilan kuyladilar. Ishtirokchilarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan ijro mahorati, sahna madaniyati hamda tomoshabinlar bilan muloqot darajasiga ko‘ra baholandi.

Yakunda eng yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, talaba-yoshlar qalbida bayramona kayfiyatni yanada mustahkamladi.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

🥇 1-o‘rin — Djumabayeva Sabrina Odiljon qizi (Biologiya va ekologiya fakulteti)

🥈 2-o‘rin — Xusniddinov Sirojiddin G‘ayrat o‘g‘li (Ijtimoiy fanlar fakulteti)

🥉 3-o‘rin — Rustamov Avazbek Sobir o‘g‘li (Ijtimoiy fanlar fakulteti)