Bugun, 2025-yil 14-mart kuni, Amerika Qo’shma Shtatlarining Shimoliy Dakota Shtati universiteti dotsenti (Associate Professor) O’zbekiston Milliy universiteti bitiruvchisi, xorijdagi nufuzli vatandosh olimlardan Baxtiyor Rasulov tashrif buyurdilar.
Ushrashuv mobaynida so’nggi bir necha yil mobaynida mazkur olim O’zbekiston Milliy universiteti talabalariga ma’ruza o’qib kelayotganligi va professor-o’qituvchilar bilan hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etib kelayotganligi e’tirof etildi.
Kelgusida Baxtiyor Rasulov ko’magida AQShning «FullBright» dasturi orqali nufuzli olimlarni O’zMUga jalb etish, O’zMU talaba va tadqiqotchilarini stajirovkalarini tashkil etish va xalqaro reytinglar doirasida hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Xalqaro aloqalar bo’limi