Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha iqtisodiy o‘qish tashkil etildi

30-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida markaziy apparat, hududiy boshqarmalar, tizim tashkilotlari hamda oliy ta’lim muassasalari xodimlari uchun iqtisodiy o‘qish bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Milliy universiteti prorektori Yoqub Ergashov, Jismoniy va yuridik shaxlarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i Abdug‘affor Insopov hamda ijroga mas’ul hodimlar onlayn ishtirok etdilar.

Iqtisodiy o‘qish ijro intizomi tizimini takomillashtirish va ish jarayonini yanada samarali tashkil etishga qaratildi. Tadbirda Adliya vazirligi, “Unicon soft” mutaxassislari ijro intizomini mustahkamlash, “Ijro.gov.uz” va “Edo.ijro.uz” elektron tizimining o‘rni, ahamiyati hamda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish tartibidagi yangiliklar, o‘zgarishlar haqida ma’ruza qilib, sohadagi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, uzluksiz texnologik jarayonlarni tashkil etish va elektron tizimdagi yangi imkoniyatlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Shu bilan birga, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini ta’minlash, har bir xodimning shaxsiy javobgarligini belgilash maqsadida “Ishni jamoa bajaradi – mas’uliyat esa shaxsiy” prinsipi asosida ishlarni tashkil etish lozimligi tushuntirildi.

Iqtisodiy o‘qish doirasida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, savollarga javob oldilar.