Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Indian Institute of Technology Roorkee universiteti vakillari tashrifi

Bugun Oʻzbekiston Milliy universitetiga Indian Institute of Technology Roorkee universitetining vakillari Dr. Ram Jiwari va Dr. Vikas Kumar tashrif buyurdilar.

 

Malumki mazkur universitet bilan uch yil oldin hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan boʻlib, bular asosan matematik olimlarimiz bilan ilmiy hamkorlik olib bormoqdalar. Bugungi tashrifda endilikda universitet bilan akademik mobillik hamda Erasmus loyihalari doirasida hamkorlik qilish  boʻyicha takliflar muhokama etildi. Dr. Ram Jiwari Indian Institute of Technology Roorkee universitetining oʻquv, ilmiy va xalqaro hamkorlik toʻgʻrisida taqdimot qildi.

 

Uchrashuv soʻngida, mazkur universitet bilan talabalarning akademik almashinuvi, ilmiy maqolalarni hamkorlikda chop etish hamda xalqaro ilmiy loyihalarda ishtirok etish masalalarini yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi.



Xalqaro aloqlar bo’limi