Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Erasmus+ dasturi doirasida Polsha universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston Milliy universitetiga Polshaning Zelona-Gura universiteti professori va vakillari — Yakub Kostetskiy, Agneşka Yashchak hamda Tomas Dimniy tashrif buyurdilar.

Mazkur tashrifning asosiy maqsadi ekologiya yo‘nalishida Erasmus+ dasturi bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mazkur grant doirasidagi hujjatlarni imzolashdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida Erasmus+ dasturi doirasida professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun akademik mobillik imkoniyatlarini kengaytirish, ilmiy stajirovkalar hamda innovasion tadqiqotlar yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Zelona-Gura universiteti o‘rtasida Erasmus+ dasturi bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi hamda kelgusida amalga oshiriladigan qo‘shma loyihalar yuzasidan kelishuvga erishildi.