🔴 “INMACOM – Innovative Master’s program in photonics and optical Communications to meet the needs of the telecommunications labour market in Uzbekistan (ERASMUS-EDU-2022-CBHE-STRAND-2 (101083224)” loyihasi rejasiga muvofiq 2025-yil 28-29-aprel kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida, 2025-yil 30-apreldan 2-maygacha O’zbekiston Milliy universitetida “TRAINING OF UZBEK TEACHERS ON LABORATORY EXPERIMENTS” haftalik o’quv kursi bo’lib o’tdi.
🔴 Trening gibrid formatda tashkil etildi: INMACOM konsorsiumi vakillari: UGENT universiteti (Belgiya), VRIJE Bryussel universiteti( Belgiya), Polito Turin politexnika instituti (Italiya) – onlayn tarzda, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, O’zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, TATUning Urganch filiali o’qituvchilari esa oflayn rejimda ishtirok etishdi.
🔴 Fotonika va optik aloqalar bo‘yicha laboratoriya tajribalarini o‘tkazish metodikasi bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi va uning natijalariga ko‘ra ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.