Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

ADABIY TA’LIM METODOLOGIYASI: XALQARO TAJRIBA VA ILMIY HAMKORLIK

O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN
VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BЕK NOMIDAGI O‘ZBЕKISTON MILLIY UNIVЕRSITЕTI
Michigan Davlat universiteti (AQSH)
Anqara Boshkent universiteti Alisher Navoiy tadqiqot markazi (Turkiya)
Al-Forobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti
Ozarboyjon milliy ilmlar akademiyasi
Nizomiy nomidagi Adabiyot instituti
O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

AXBOROT XATI

OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
“2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi PF-60-sonli Farmoni), “Raqamli
O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-sonli Farmoni),
“Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2020-yil 29-oktyabrdagi PF-6097-sonli Farmoni) ijrosini ta’minlash maqsadida
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti Michigan Davlat universiteti (AQSH), Anqara
Boshkent universiteti Alisher Navoiy tadqiqot markazi (Turkiya), Al-Forobiy nomidagi Qozoq milliy
universiteti, Ozarboyjon milliy ilmlar akademiyasi Nizomiy nomidagi Adabiyot instituti, Oʻzbekiston
Yozuvchilari uyushmasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda
O‘zbekiston milliy universiteti Axborot-resurs markazi konferensiyalar zalida

2024-yil 30-sentabr kuni soat 10:00 da
Professоr Hamidulla BOLTABOYEV tavalludining 70 yilligiga bagʻishlangan

ADABIY TA’LIM METODOLOGIYASI: XALQARO TAJRIBA VA ILMIY HAMKORLIK
mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Konferensiyada ishtirok etish uchun quyidagi masalalar bo‘yicha materiallar taqdim etiladi:

  • Adabiy ta’limdagi yetakchi konsepsiyalar.
  • Mumtoz adabiyotning nazariy muammolari.
  • Jadidchilik tarixi va jadid adabiyoti.
  • Badiiy matn tahlili va talqini.
  • Adabiy asarning lisoniy va uslubiy tahlili.
  • Oliy ta’lim tizimida filologik fanlarni oʻqitish masalalari.
  • Adabiy ta’limda xorijiy tajriba va hamkorlik istiqbollari.

Konferensiya rasmiy tillari: o‘zbek, ingliz, rus va barcha turkiy tillar.
Materiallar (maqola, tezislar) qabul qilish muddati: 2024-yilning 1-iyunidan 2024-yilning 10- iyuliga qadar https://t.me/+xxGE1GQ0nulmMDgy telegram guruhi va http://h.boltabayev_conference2024@yahoo.com, http://nodirjong8@gmail.com e-pochtasi orqali qabul qilinadi va OJS platformasida (www.myscience.uz) elektron ko‘rinish va kitob holida 2024-yil 28- sentabrda nashr etiladi.

Tashkiliy qo‘mita maqola va tezislarni tahrir qilish huquqiga ega. Matnda keltirilgan faktlarning to‘g‘riligi va aniqligiga mualliflar javobgardir. Talabga javob bermaydigan materiallar anjuman dasturiga va to‘plamga kiritilmaydi. Konferensiya materiallari Google Scholarda indekslanadi va anjuman ishtirokchilariga sertifikat beriladi.

Anjumanda ishtirok etish shakli: Anjuman an’anaviy shaklda hamda ZOOM platformasi orqali tashkil qilinadi. Xorijlik mutaxassislar va viloyatlardagi ishtirokchilarning ma’ruzalari oflayn\onlayn tarzda tinglanadi.

Anjuman materiallariga qo‘yiladigan talablar: Maqolalar 7-8 bet bo‘lishi talab etiladi. Maqola matni doc. formatida, satrlar oralig‘i 1,15 intervalda, Times New Roman 14 kegl shriftida tayyorlanadi. Maqola sarlavhasi, annotatsiyasi (200-250 so‘zdan iborat) va kalit so‘zlari (7-9 so‘zdan iborat) maqola berilayotgan tilda, rus va ingliz tilida beriladi. Muallifning familiyasi, ismi va sharifi maqola sarlavhasidan keyin keltiriladi, (*) havolasi ostida ilmiy darajasi, unvoni, tashkilot nomi va elektron manzili ko‘rsatiladi.

Havola va foydalanilgan adabiyotlarning berilish tartibi: manba havolasi katta qavs ichida, muallif familiyasi, nashr yili va sahifasi ko‘rsatilgan tartibda beriladi. Masalan: [Ne’matov, 2005: 56].
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati alifbo tartibida matn so‘ngida beriladi. Adabiyotlar soni 5 tadan kam bo‘lmasligi lozim.

 

NAMUNA

MAQOLA NOMI

Karimov Halim Salimovich
filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), katta oʻqituvchi
Oʻzbekiston Milliy universiteti

Annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya,
annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya.
Kalit so‘zlar: kalit so‘zlar, kalit so‘zlar, kalit so‘zlar, kalit so‘zlar, kalit so‘zlar, kalit so‘zlar.

Annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation,
annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation.
Keywords: Keywords, keywords, keywords, keywords, keywords, keywords, keywords.

Аннотация, аннотация, аннотация, аннотация, аннотация, аннотация, аннотация,

аннотация, аннотация, аннотация, аннотация, аннотация, аннотация, аннотация,
Ключевые слова: ключевые слова, ключевые слова, ключевые слова.
(Annotatsiya, kalit so‘zlar maqola berilayotgan tilda, ingliz va rus tilida bo’lishi shart)

Asosiy matn Asosiy matn Asosiy matn Asosiy matn Asosiy matn Asosiy matn Asosiy matn Asosiy matn Asosiy matn Asosiy matn Asosiy matn Asosiy matn Asosiy matn Asosiy matn Asosiy matn Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. [Hasanov, 2008: 200].

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Болтабоев Ҳ., 2009. Хорижда бобуршунослик, Tошкент, 128 б.
2. Halim Yorqin, 2006. «Boburiy xati»ning oʻrganilishi / Adabiyot koʻzgusi, Toshkent, 9-son.B. 31-33.
Murojaat uchun tashkiliy qo‘mita: 100174, Toshkent sh. Talabalar shaharchasi, Universitet ko‘chasi, 2-uy. O’zMU, O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi.
Mas’ul: Muzaffar Chorshanbiyev, Tel: +99893 5643472